• Merganlar - O'zbek Tilida
  • Zulmatdan Ovoz - O'zbek Tilida
  • Hevenhyorst - O'zbek Tilida
  • Yitqichni Izlab - O'zbek Tilida
  • Bo'rilar Jasorati - O'zbek Tilida
  • Yalmog'iz Dunyoni Qutqaradi - O'zbek Tilida
  • Ilonli Botqoq - O'zbek Tilida
  • Begona - O'zbek Tilida
  • Vahshiy Ona - O'zbek Tilida
  • Uddalab Bo'lmas Topshiriq 7 - O'zbek Tilida
  • Kompaniya - O'zbek Tilida
  • Hech Kimga Aytma - O'zbek Tilida
  • Najot Tongi - O'zbek Tilida
  • Stoun Yuragi - O'zbek Tilida
  • Avlod - O'zbek Tilida
  • Berkin - O'zbek Tilida
  • Solomon Keyn - O'zbek Tilida
  • Raketachilar Klubi - O'zbek Tilida
  • Enaga - O'zbek Tilida
  • Meg 2 - O'zbek Tilida
Наш опрос
SAYTGA NIMALAR KO'PROQ KERAK?
Всего ответов: 1877
Статистика


Яндекс.Метрика


Сейчас онлайн: 9
Гостей: 9
Пользователи 0

faxriddin
Tre
Submarine
Sher80
Tohirjon
hbahodir1980
Umida4008
17797
Nodirjon
Yagshisaxet
Главная » 2020 » Iyun » 29 » Namanganda 9-sinf o‘quvchisi mashinada 3 ayolni urib yubordi, ulardan biri vafot etdi
20:36
Namanganda 9-sinf o‘quvchisi mashinada 3 ayolni urib yubordi, ulardan biri vafot etdi

Namangan viloyati Norin tumanida yashovchi, 2004-yilda tug‘ilgan maktab o‘quvchisi onasining nomida bo‘lgan Damas’da uch nafar ayolni urib yubordi va ulardan birining o‘limiga sabab bo‘ldi. Bu haqda Namangan viloyati IIB xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, 2020-yilning 28-iyun kuni soat 12:10 Norin tumanida yashovchi, 2004-yilda tug‘ilgan, tumandagi 15-sonli maktabning 9-sinf o‘quvchisi onasining nomida bo‘lgan Damas mashinasini boshqarib borayotganda YTH sodir etgan.

O‘smir mashinani boshqarish chog‘ida harakat xavfsizligini ta’minlay olmay, o‘zidan oldinda ketayotgan piyodalar, Norin tumanida yashovchi, 1982, 1976, va 1977-yillarda tug‘ilgan uch nafar ayolni urib yuborgan.

Natijada piyodalar og‘ir tan jarohati olgan, ayollardan biri voqea joyida vafot etgan. Ikki nafari turli xil darajadagi tan jarohatlari bilan shifoxonaga yotqizilgan.

Ushbu holat bo‘yicha Norin tuman IIB tomonidan 28-iyun kuni Jinoyat kodeksining 266-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Категория: Har-Hil | Просмотров:419 | Добавил: moderator | Теги: yangilik | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]
Профил
Время:00:58
Добро Пожаловать, Mexmon
Поиск
Калькулятор
Календарь