• Merganlar - O'zbek Tilida
  • Zulmatdan Ovoz - O'zbek Tilida
  • Hevenhyorst - O'zbek Tilida
  • Yitqichni Izlab - O'zbek Tilida
  • Bo'rilar Jasorati - O'zbek Tilida
  • Yalmog'iz Dunyoni Qutqaradi - O'zbek Tilida
  • Ilonli Botqoq - O'zbek Tilida
  • Begona - O'zbek Tilida
  • Vahshiy Ona - O'zbek Tilida
  • Uddalab Bo'lmas Topshiriq 7 - O'zbek Tilida
  • Kompaniya - O'zbek Tilida
  • Hech Kimga Aytma - O'zbek Tilida
  • Najot Tongi - O'zbek Tilida
  • Stoun Yuragi - O'zbek Tilida
  • Avlod - O'zbek Tilida
  • Berkin - O'zbek Tilida
  • Solomon Keyn - O'zbek Tilida
  • Raketachilar Klubi - O'zbek Tilida
  • Enaga - O'zbek Tilida
  • Meg 2 - O'zbek Tilida
Наш опрос
QAYSI TAS-IX TIZIMI QULAY?
Всего ответов: 288
Статистика


Яндекс.Метрика


Сейчас онлайн: 17
Гостей: 17
Пользователи 0

faxriddin
Tre
Submarine
Sher80
Tohirjon
hbahodir1980
Umida4008
17797
Nodirjon
Yagshisaxet
Главная » 2020 » Iyun » 27 » Namanganda 16,3 trillion so‘mlik loyihalar hisobiga 55 ming yangi ish o‘rni yaratiladi
20:13
Namanganda 16,3 trillion so‘mlik loyihalar hisobiga 55 ming yangi ish o‘rni yaratiladi

O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev ishtirokida Namangan shahrida viloyat va tuman hokimlari, soha va tarmoqlar rahbarlari, jamoatchilik vakillari bilan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar bermoqda.

Yig‘ilishda Namangan viloyatida kambag‘allikni qisqartirish, ta’lim muassasalari bitiruvchilarini kasb-hunarga qamrab olish va aholi daromadlarini ko‘paytirish bo‘yicha hozirgi ahvol puxta tahlil qilinib, amalga oshiriladigan dolzarb vazifalar belgilab berildi.

Bugungi kunda viloyatda o‘sish nuqtalarini aniqlash va ishga solish, shu orqali aholi farovonligini oshirish olib borilayotgan iqtisodiy islohotlarning eng muhim sharti hisoblanadi. Prezident bu borada viloyatda tashkil etilishi zarur bo‘lgan ishlarga alohida e’tibor qaratdi.

Jumladan, sanoat, kichik va o‘rta biznes, hunarmandchilik, xizmat ko‘rsatish sohalari viloyat iqtisodiyotini rivojlantirish va aholi daromadlarini oshirishning eng muhim drayverlari bo‘la oladi. Ushbu sohalar bo‘yicha Namanganda katta tajriba bor. Shunga muvofiq, viloyatda tadbirkorlikni rivojlantirish orqali muhtoj oilalarning 12 mingdan ortiq ishsiz a’zolarini band qilish va yil oxiriga qadar kambag‘al oilalar safidan chiqarish bo‘yicha mutasaddilarga ko‘rsatmalar berildi.

Xususan, savdo va xizmat ko‘rsatish sohasidagi 600 ta tadbirkor faoliyatini tiklash orqali 2 mingta xodim ish joyiga qaytadi.

Davlat rahbari tuman va shaharlar kesimida viloyatda xizmat ko‘rsatish sohasini rivojlantirish dasturini ishlab chiqish va ushbu loyihalar uchun 80 milliard so‘m mablag‘ ajratilishini qayd etdi.

Ushbu mablag‘ga qo‘shimcha ravishda yana 100 milliard so‘m ajratiladi. Karantin sharoitida tushumi kamaygan tadbirkorlarni aylanma mablag‘ bilan ta’minlashga 2,3 trillion so‘m, joriy yilda oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirishga 350 milliard so‘m kreditlar yo‘naltiriladi.

Viloyatda zargarlik sanoatini rivojlantirish, Namangan shahrida 2 yilda 4 mingta yangi ish o‘rni yaratilgan zamonaviy zargarlik markazi tashkil etish, bu yerda "ustoz – shogird” tamoyili asosida ishsiz yurgan yoshlarni hunarmandchilikka jalb qilish bo‘yicha topshiriqlar berildi.

2020–2021-yillarda Chortoq tumanini kompleks rivojlantirish, hududdagi foydalanilmay yotgan 3 ming gektar yerni o‘zlashtirish va tuproq-iqlim sharoitiga mos ekinlarni joylashtirish choralari ko‘riladi.

Viloyatda 2020–2021-yillarda qiymati 16,3 trillion so‘m bo‘lgan 1953 ta hududiy loyiha amalga oshirilib, 55 ming yangi ish o‘rni yaratiladi. Shundan joriy yilda umumiy qiymati 8,3 trillion so‘m bo‘lgan 1652 ta loyiha hayotga joriy etilib, 35 mingta yangi ish o‘rni tashkil etiladi.

Bugungi kunda Yevropadagi mashhur brendlar Namanganning kostyum-shimlarini tan olmoqda. Shu bois, yirik to‘qimachilik korxonalariga yer ajratilib, viloyatda paxtani chuqur qayta ishlash va tayyor mahsulot ishlab chiqarishga o‘tilmoqda.

Prezident paxta-to‘qimachilik klasterlari ushbu e’tiborga munosib harakat qilishi, ko‘proq daromad olib, odamlarni ish bilan ta’minlashi zarurligini ta’kidladi.

Viloyatda quyonchilik, asalarichilik, chorvachilik, parrandachilik bo‘yicha istiqbolli loyihalarni amalga oshirish belgilandi. Xususan, Namangan tumanida 4806 ta xonadonda issiqxonalar tashkil etish, yil oxirigacha chorvachilik yo‘nalishida qiymati 386 milliard so‘m bo‘lgan 84 ta loyihani amalga oshirishni yakunlash topshirildi.

Bunda chetdan 13 ming bosh naslli qoramol, 13 ming bosh jo‘n yo‘nalishidagi echki va shuncha qo‘y olib kelinib, Pop va Chust tumanlaridagi xonadonlarga tarqatiladi. Yillik quvvati 10 ming tonna sut va ming tonna go‘shtni qayta ishlash bo‘yicha yangi quvvatlar ishga tushiriladi.

Yig‘ilishda uy-joy, infratuzilma qurilishi, aholini ichimlik suv bilan ta’minlash, ta’lim, madaniyat sohalarini rivojlantirish, inqirozga qarshi xalqaro moliya institutlari mablag‘larini jalb qilish, yangi korxonalarni barpo etish bo‘yicha investitsiya loyihalarini ko‘paytirish, eksportni kengaytirish yuzasidan vazifalar belgilandi.

Tadbirda Bosh vazir o‘rinbosarlari, vazirlar, iqtisodiyot tarmoqlari mutasaddilari, hokimlar hisoboti eshitildi.
Категория: Har-Hil | Просмотров:486 | Добавил: moderator | Теги: yangilik | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]
Профил
Время:00:25
Добро Пожаловать, Mexmon
Поиск
Калькулятор
Календарь