• Merganlar - O'zbek Tilida
  • Zulmatdan Ovoz - O'zbek Tilida
  • Hevenhyorst - O'zbek Tilida
  • Yitqichni Izlab - O'zbek Tilida
  • Bo'rilar Jasorati - O'zbek Tilida
  • Yalmog'iz Dunyoni Qutqaradi - O'zbek Tilida
  • Ilonli Botqoq - O'zbek Tilida
  • Begona - O'zbek Tilida
  • Vahshiy Ona - O'zbek Tilida
  • Uddalab Bo'lmas Topshiriq 7 - O'zbek Tilida
  • Kompaniya - O'zbek Tilida
  • Hech Kimga Aytma - O'zbek Tilida
  • Najot Tongi - O'zbek Tilida
  • Stoun Yuragi - O'zbek Tilida
  • Avlod - O'zbek Tilida
  • Berkin - O'zbek Tilida
  • Solomon Keyn - O'zbek Tilida
  • Raketachilar Klubi - O'zbek Tilida
  • Enaga - O'zbek Tilida
  • Meg 2 - O'zbek Tilida
Наш опрос
SAYTNI QAYERDAN TOPDINGIZ?
Всего ответов: 705
Статистика


Яндекс.Метрика


Сейчас онлайн: 18
Гостей: 18
Пользователи 0

faxriddin
Tre
Submarine
Sher80
Tohirjon
hbahodir1980
Umida4008
17797
Nodirjon
Yagshisaxet
Главная » 2021 » Iyun » 6 » Namanganda 13 mlrd so‘mga qurilgan 1000 dona issiqxona bir yilga bormay tashlandiq joyga aylangani haqidagi xabarlarga munosabat bildirildi
15:01
Namanganda 13 mlrd so‘mga qurilgan 1000 dona issiqxona bir yilga bormay tashlandiq joyga aylangani haqidagi xabarlarga munosabat bildirildi

Namangan viloyatining Chortoq tumani hokimligi "Baland adir” massividagi issiqxona holati haqida ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan videolavha yuzasidan rasmiy bayonot berdi. Videoreportajda issiqxona foydalanishga topshirilib, Shavkat Mirzyoyevga namoyish etilganidan bir yil o‘tib xarobaga aylangani aytilgan.

Tuman hokimligining ma’lum qilishicha, 1000 ta kichik hajmdagi issiqxona haqiqatan ham 2020-yilda "Golden Nuts Namangan” tomorqa agroxizmati MChJ ishtirokida qurilgan. Buning uchun jami 13,4 milliard so‘m mablag‘ sarflangan va unda 1000 ta yangi ish o‘rni yaratilib, "temir daftar”, "ayollar daftari” va "yoshlar daftari”da turgan fuqarolar ishga joylashtirilgan.

Shuningek, kelib-ketuvchilarga qulaylik yaratish maqsadida tuman markazidan "Baland adir” massiviga bepul avtobus qatnovi yo‘lga qo‘yilgani ta’kidlangan.

"Issiqxonalarda mingga yaqin tomorqachi dehqonlar ishlashmoqda. Pomidorning Bo‘ron navini ekkanmiz. U ikki haftadan so‘ng pishadi. To‘laligicha Rossiyaga eksport qilamiz. Shu kunga qadar 1,5 million dollarlik amaliyotini bajardik. Yil oxiriga qadar bu ko‘rsatkich 5 million dollarga yetadi”, — degan tomorqa xizmati rahbari Ahadjon Egamberdiyev.

Hokimlikning bildirishicha, 31-may va 2-iyun kunlari bo‘lib o‘tgan kuchli shamol oqibatida issiqxonalarning 30—35 foiz qismiga jiddiy zarar yetgan.

"Bu kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha tuman hokimligida muhokama yig‘ilishi o‘tkazilib, amalga oshirilgan ishlar bilan bir qatorda yo‘l qo‘yilgan xato va kamchiliklar tahlil qilib chiqildi. Kuchli shamol oqibatlarini bartaraf etish maqsadida issiqxonalarda jadal ekish va ta’mirlash ishlari olib borilmoqda”, — deya ta’kidlangan xabarda.
Категория: Har-Hil | Просмотров:652 | Добавил: moderator | Теги: yangilik | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]
Профил
Время:14:17
Добро Пожаловать, Mexmon
Поиск
Калькулятор
Календарь