• Merganlar - O'zbek Tilida
  • Zulmatdan Ovoz - O'zbek Tilida
  • Hevenhyorst - O'zbek Tilida
  • Yitqichni Izlab - O'zbek Tilida
  • Bo'rilar Jasorati - O'zbek Tilida
  • Yalmog'iz Dunyoni Qutqaradi - O'zbek Tilida
  • Ilonli Botqoq - O'zbek Tilida
  • Begona - O'zbek Tilida
  • Vahshiy Ona - O'zbek Tilida
  • Uddalab Bo'lmas Topshiriq 7 - O'zbek Tilida
  • Kompaniya - O'zbek Tilida
  • Hech Kimga Aytma - O'zbek Tilida
  • Najot Tongi - O'zbek Tilida
  • Stoun Yuragi - O'zbek Tilida
  • Avlod - O'zbek Tilida
  • Berkin - O'zbek Tilida
  • Solomon Keyn - O'zbek Tilida
  • Raketachilar Klubi - O'zbek Tilida
  • Enaga - O'zbek Tilida
  • Meg 2 - O'zbek Tilida
Наш опрос
QAYERDANSIZ
Всего ответов: 1765
Статистика


Яндекс.Метрика


Сейчас онлайн: 8
Гостей: 8
Пользователи 0

faxriddin
Tre
Submarine
Sher80
Tohirjon
hbahodir1980
Umida4008
17797
Nodirjon
Yagshisaxet
Главная » 2020 » Aprel » 12 » Namangan shahri va Uchqo‘rg‘on tumanlarida transport va fuqarolar harakati butunlay to‘xtatiladi
21:50
Namangan shahri va Uchqo‘rg‘on tumanlarida transport va fuqarolar harakati butunlay to‘xtatiladi

Ertaga, 13 aprel soat 06:00dan boshlab Namangan shahri va Uchqo‘rg‘on tumani hududida transport va fuqarolarning harakatlanishi butunlay to‘xtatiladi. Bu haqda Namangan viloyat hokimligi xabar berdi. 

Qayd etilishicha, Namangan shahri va Uchqo‘rg‘on tumani, shu jumladan Qayqi qishlog‘i hududida barcha turdagi shaxsiy va xizmat avtotransport vositalari, mototransport (skuter), velosiped hamda fuqarolarning harakatlanishi butunlay to‘xtatiladi.

Ushbu cheklov viloyatga koronavirus infeksiyasini kirib kelishi va tarqalishini oldini olish yuzasidan chora-tadbirlar dasturini tayyorlash bo‘yicha viloyat maxsus komissiyasining yig‘ilishi bayoni bilan tadbiq etiladi.

Respublika maxsus komissiyasining bayonida ko‘rsatilgan harakatlanish huquqi saqlab qolinadigan va maxsus ruxsatnomalar talab etilmaydigan avtotransport vositalaridan tashqari, Namangan shahri va Uchqo‘rg‘on tumani, shu jumladan Qayqi qishlog‘i hududida faoliyat ko‘rsatayotgan sanoat korxonalari, farmatsevtika, oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqaruvchi (shu jumladan ularni yetkazib beruvchi va autsorsing xizmatlari), eksportyor korxonalar, qishloq xo‘jaligida jalb etilgan (ishchi-xodim va texnika)lar, shuningdek ularga tegishli faqat yuk tashishga ixtisoslashgan Damas (Van va Labo) rusumli avtomashinalari bundan mustasno.

Harakatlanish to‘xtatilgan davr mobaynida qayd etilgan hududlarda yashovchi fuqarolar faqat istisno tariqasida yashash uyidan 100 metr atrofidagi savdo nuqtalariga kuniga bir marotaba chiqib, hayotiy zarur ehtiyojlar – oziq-ovqat, dori-darmon, tibbiy buyum va vositalar xarid qilishiga ruxsat beriladi.

Fuqarolarning karantin davrida joriy etilgan tartib va qoidalar hamda "o‘zini yakkalash” hayot tarziga zid ravishda sababsiz uydan tashqariga chiqishi, jamoat joylarida bo‘lishi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 54-moddasiga (Epidemiyalarga qarshi kurash qoidalarini buzish) muvofiq ma’muriy javobgarlikka sabab bo‘ladi.

Ushbu cheklovlar davrida Namangan shahri va Uchqo‘rg‘on tumani mahallalar hududlaridagi, Qayqi qishlog‘i hududidagi oziq-ovqat do‘konlari, dorixonalar, Namangan shahridagi "Chorsu” va "Yashil” dehqon bozorlari faoliyat ko‘rsatishga davom etadi. Barcha mahallalar hududlarida doimiy ko‘chma savdo do‘konlari tashkil etib boriladi.
Категория: Har-Hil | Просмотров:542 | Добавил: moderator | Теги: yangilik | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]
Профил
Время:06:40
Добро Пожаловать, Mexmon
Поиск
Калькулятор
Календарь