• Merganlar - O'zbek Tilida
  • Zulmatdan Ovoz - O'zbek Tilida
  • Hevenhyorst - O'zbek Tilida
  • Yitqichni Izlab - O'zbek Tilida
  • Bo'rilar Jasorati - O'zbek Tilida
  • Yalmog'iz Dunyoni Qutqaradi - O'zbek Tilida
  • Ilonli Botqoq - O'zbek Tilida
  • Begona - O'zbek Tilida
  • Vahshiy Ona - O'zbek Tilida
  • Uddalab Bo'lmas Topshiriq 7 - O'zbek Tilida
  • Kompaniya - O'zbek Tilida
  • Hech Kimga Aytma - O'zbek Tilida
  • Najot Tongi - O'zbek Tilida
  • Stoun Yuragi - O'zbek Tilida
  • Avlod - O'zbek Tilida
  • Berkin - O'zbek Tilida
  • Solomon Keyn - O'zbek Tilida
  • Raketachilar Klubi - O'zbek Tilida
  • Enaga - O'zbek Tilida
  • Meg 2 - O'zbek Tilida
Наш опрос
SAYTNI QAYERDAN TOPDINGIZ?
Всего ответов: 705
Статистика


Яндекс.Метрика


Сейчас онлайн: 9
Гостей: 9
Пользователи 0

2904
Risolat0921
faxriddin
Tre
Submarine
Sher80
Tohirjon
hbahodir1980
Umida4008
17797
Главная » 2021 » Iyul » 27 » Murod Xonto‘rayev vafot etgan YTH bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atildi
20:37
Murod Xonto‘rayev vafot etgan YTH bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atildi
Sobiq MMA jangchisi Murod Xonto‘rayev avtohalokatga uchrab, vafot etgani to‘g‘risida xabar berilgandi. Ushbu YTH bo‘yicha "Daryo” so‘roviga ko‘ra Toshkent viloyati Ichki ishlar bosh boshqarmasi huzuridagi Tergov boshqarmasi tomonidan ma’lumot taqdim etildi.

Qayd etilishicha, 2021-yil 19-iyul kuni soat taxminan 11:00 larda 1987-yilda tug‘ilgan, Murod Xonto‘rayev Maxamadusmanovich o‘ziga tegishli BMW X5 XDRIVE40I rusumli, davlat raqami 01R 007 HA bo‘lgan avtomashinani Bo‘stonliq tumani, Qoranqul qishlog‘i hududidan o‘tgan 4R6 Bektemir–Chorbog‘ avtomobil yo‘lining 68-kilometrida Bektemir yo‘nalishi bo‘ylab boshqarib borayotib o‘zi bilan bir yo‘nalishda, oldinda harakatlanib ketayotgan, 1984-yilda tug‘ilgan, Azamat Usmanov Abdusamatovichning boshqaruvidagi, ishonchnoma orqali boshqarayotgan fuqaro O‘ktam Usmanov Mirzayevichga tegishli, Lacetti rusumli, davlat raqam belgisi 20M 212 DA bo‘lgan avtomashinaning orqa chap burchagiga to‘qnashgan.

Shundan so‘ng avtomashina rul boshqaruvini yo‘qotib, yo‘nalishi bo‘yicha yo‘lning o‘ng chetidagi pastlikda joylashgan makkajo‘xori dala yer maydoniga ag‘darilib tushib ketgan.

Oqibatda haydovchi Murod Xonto‘rayev tan jarohatlari olib hodisa joyida vafot etgan.

Shuningdek, ushbu avtomashina old o‘rindig‘ida bo‘lgan yo‘lovchi, 1995-yilda tug‘ilgan, Jasurbek Anorboyev Baxtiyor o‘g‘li "bosh miya yopiq jarohati, miya chayqalishi, yuz qismi hamda ko‘krak qafasida lat yeyish, qon talash” kabi tan jarohatlari bilan RSHTYoIMga yotqizilgan.

Mazkur holat yuzasidan Bo‘stonliq tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan 2021-yil 19-iyulda Jinoyat kodeksining 266-moddasi 2-qismi (odam o‘limiga sabab bo‘lgan transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Jinoyat ishi 2021-yil 22-iyulda Toshkent viloyati IIBB huzuridagi Tergov boshqarmasi tomonidan ish yurituviga olingan hamda hozirda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.
Категория: Har-Hil | Просмотров:600 | Добавил: moderator | Теги: yangilik | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]
Профил
Время:07:10
Добро Пожаловать, Mexmon
Поиск
Калькулятор
Календарь
«  Iyul 2021  »
ПнВтСрЧтПтСбВс
   1234
567891011
12131415161718
19202122232425
262728293031