• Merganlar - O'zbek Tilida
  • Zulmatdan Ovoz - O'zbek Tilida
  • Hevenhyorst - O'zbek Tilida
  • Yitqichni Izlab - O'zbek Tilida
  • Bo'rilar Jasorati - O'zbek Tilida
  • Yalmog'iz Dunyoni Qutqaradi - O'zbek Tilida
  • Ilonli Botqoq - O'zbek Tilida
  • Begona - O'zbek Tilida
  • Vahshiy Ona - O'zbek Tilida
  • Uddalab Bo'lmas Topshiriq 7 - O'zbek Tilida
  • Kompaniya - O'zbek Tilida
  • Hech Kimga Aytma - O'zbek Tilida
  • Najot Tongi - O'zbek Tilida
  • Stoun Yuragi - O'zbek Tilida
  • Avlod - O'zbek Tilida
  • Berkin - O'zbek Tilida
  • Solomon Keyn - O'zbek Tilida
  • Raketachilar Klubi - O'zbek Tilida
  • Enaga - O'zbek Tilida
  • Meg 2 - O'zbek Tilida
Наш опрос
QAYSI TAS-IX TIZIMI QULAY?
Всего ответов: 288
Статистика


Яндекс.Метрика


Сейчас онлайн: 7
Гостей: 7
Пользователи 0

faxriddin
Tre
Submarine
Sher80
Tohirjon
hbahodir1980
Umida4008
17797
Nodirjon
Yagshisaxet
Главная » 2018 » May » 24 » Murakkab uslublarsiz mohir kitobxon bo'lish siri
21:27
Murakkab uslublarsiz mohir kitobxon bo'lish siri

Haftasiga 20 tadan kitob o'qish uchun tez o'qish texnikasini o'zlashtirish, kurslarga qatnash va onlayn-treninglarda ishtirok etish shart emas. Murakkab bo'lmagan uslubdan foydalanib, boshqalarga qaraganda 15 marta tezroq bilim olishingiz mumkin.

Boshlash uchun nima qilish kerak

Dastlab kitoblar ro'yxatini tuzing, keyin esa ularni mavzusiga qarab saralang. Bir o'tirishda bir mavzuga oid  kitoblarni o'qish tavsiya etiladi. Bir-biriga o'xshash mavzuli bir-ikki kitobni qo'shish mumkin, qarama-qarshi yo'nalishdagilarini o'qish yaramaydi. Bu amaliyotning boshlang'ich bosqichida qo'l kelmaydi.

Kitoblarni qanday tanlash kerak

Ushbu texnika non-fikshn adabiyotlarni o'qish uchun mos keladi. Bular biznes, shaxsiy rivojlanish, psixologiya, boshqa ilmiy-ommabop va axborot nashrlaridir. Agar nima o'qishni bilmasangiz, internet tarmog'ida taqdim etilgan g'oyalardan foydalaning. Sizni qiziqtirgan yo'nalishdagi forumlarga kiring. Odatda u yerda adabiyotlar mavzusi ro'yxatlari bo'ladi. Eng oson usul: kitob do'koni katalogini yoki ilovasini ochib,  u yerdagi mashhur kitoblarni ko'zdan kechiring. Nashriyotlarning yangi, eng ko'p o'qilgan, eng ko'p sotilgan kitoblar kabi ro'yxatlari ham asqatadi.


Foto: Pixabay
Kitobni qayerdan olsam bo'ladi?

Agar uydagi kutubxonangizda kitob bo'lmasa, ikki xil usuldan foydalansangiz bo'ladi.

1. Kitob do'koniga borish va kerakli mavzu mavjud javonni topish

Tez o'qish bo'yicha mohir odamlar kitoblarni do'konning o'zida, tik turgan holda o'qishni maslahat berishadi. Chunki aynan shu alfozda ko'proq ma`lumot o'zlashtirilar ekan. Agar ushbu fikrni sinovdan o'tkazish istagi bo'lmasa, o'tirib olishingiz mumkin. Kitob do'konlarining ko'pchiligida buning uchun o'rindiqlar mavjud.

2. Elektron kitoblarda mashq qilish

Odatda tez o'qish usulini amaliyotda qo'llaydiganlar ekrandan o'qishni maslahat berishmaydi. Qog'oz shaklidagi nashrlarni tez o'qish oson hisoblanadi. Ba`zilar esa fikrga qo'shilmaydilar va elektron kitoblarni "yamlamay yutishadi”.

Kitob mutolaa qilish imkonini beradigan ilovalarni yuklab olishni maslahat beramiz. Odatda bunday ilovalarda bepul davr mavjud bo'lib, keynchalik to'lov miqdori bir-ikki kitob narxidan oshmaydi. Bir oyda 50-60 ta kitob o'qisangiz, obuna narxini bemalol "oqlaysiz”.

Birinchi kun: kitoblar bilan tanishib chiqish

Kitob do'koniga boring, uydagi javonda turgan kitobni oling yoki ilovadagi fayllarni oching. Birinchi kun har bir kitob uchun 15 daqiqa ajrating. Ba`zi kitoblarga 20-25 daqiqa vaqt ketadi, boshqalari uchun esa 8-10 daqiqa kifoya.

Kitobni ochib, uning tuzilishini "o'zingizga singdirishga” harakat qiling. Mundarija bilan tanishib chiqing, muqovasini ko'zdan kechiring. Sarlavhalarni diqqat bilan o'qing. Agar aniq ma`lumot yoki masalaning yechimi kerak bo'lsa, e`tiboringizni javobni topishga qarating.

Qo'lingizga qalam oling yoki ilovadagi ajratib ko'rsatish moslamasi yordamida sizni qiziqtirgan mavzularni belgilab qo'ying. Agar kitob do'koni yoki kutubxonada o'qiyotgan bo'lsangiz, belgilarni yon daftaringiz yoki ilovadagi qaydlar bo'limiga kiriting. Siz uchun aynan hozir qiziq bo'lgan, oldingizga qo'yilgan vazifalarni yechishda yordam beradigan mavzularni tanlang. O'zingizga ko'proq ma`lumotni "sig'dirishga” intilmang.

Keyin 15 daqiqa mobaynida kitobni boshidan oxirgigacha varaqlab chiqish, sarlavhalarni o'qish, har bir bo'limning asosiy mazmunini anglashga harakat qiling. Qalin shrift bilan belgilangan joylarni albatta o'qing, jadval va ro'yxatlar bilan tanishib chiqing. 


Foto: Pixabay
Birinchi bosqichdagi asosiy vazifa – kitobda yozilgan ma`lumotlar va ular qayerda joylashganini tushunish.

Kitobdagi foydali va yangi narsalar hamda hech qanday yangilikka ega bo'lmagan ma`lumotlarni o'zingiz uchun bilib oling. Non-fikshn janrini kuzatib borsangiz, deyarli har qanday kitobning uchdan bir qismi muallifning shaxsiy hayotidan olingan hikoyalar, ko'plab misollar, biografik ma`lumotlar hamda ikkinchi darajali detallardan iborat bo'ladi. Agar qisqa vaqt ichida ko'proq kitobni qamrab olish istagida bo'lsangiz, bu ma`lumotlarni filtrlash kerak bo'ladi. Diqqatingizni asosiy fikr, maslahatlarga qaratib, mohiyatni anglashga harakat qiling.

Izohlar yozing

Har bir kitobni ko'rib chiqib, undan olish mumkin bo'lgan ma`lumotlarni tushungach, izohlar qoldiring. O'zingizdan oldingi kitobxonlar izohlariga ham bir ko'z yugurtirishni tavsiya qilamiz – ulardan yangi narsalarni bilib olishingiz mumkin.

E`tibor bering: to'laqonli taqriz yozishga intilish shart emas, sizdan yangi kitobni hissiy baholash so'raladi.

Baholash ongda muayyan yorliq yaratadi. Izoh bu siz kitob bilan tanish ekaningiz, u siz uchun begona emasligini anglatuvchi belgidir.

Erinmang, izohlar qoldiring va baholar qo'ying. Agar fikringizni ommaviy tarzda bildirishni istamasangiz, o'zingiz uchun belgilab qo'ying, kitob haqidagi shaxsiy fikrlaringizni yon daftaringizga yozing, uni 10 ballik tizimda baholang.

Ikkinchi kun: Eng muhimini o'qing

Ertasi kuni ma`lumot miyangizga joylashgach, kitoblar bilan yaqinroq tanishamiz. Birinchi kundagi hamma kitoblar ham ikkinchi kunga o'tavermaydi. Ko'pincha muqova, taqriz va sarlavha qiziq, biroq kitobning ichida yangi va foydali ma`lumot mavjud bo'lmaydi. Yoki muallifning uslubi sizni "kitobdan itaradi”.

Sizga bir ko'rishda yoqmagan kitoblarni darhol chiqarib tashlang: ilk tasavvur ko'pincha aldamaydi. Agar kitob haqiqatan ham foydali va muhim bo'lsa, siz u bilan yana uchrashasiz.

Tanlab olingan kitoblarda bizni o'ziga jalb qilgan va eng qiziq va muhim ma`lumotga ega bo'lgan bo'limlarni o'qiymiz. Ko'pchilik kitobni qat`iy ravishda boshidan oxiriga qadar, boblar ketma-ketligida o'qish kerak deb hisoblashadi. Bu noto'g'ri fikr. O'rganishga "sabringiz chidamayotgan” boblarnigina o'qing. Eng qiziq joylarning tagiga chizib qo'ying (agar do'konda o'qiyotgan bo'lsangiz, ushbu boblar to'g'risida esingizda qolgan fikrlar, qanday savollarga javob topganingizni uyda yozib qo'ying).

Agar bu kitob sizga butunlay qiziq va undagi har bir bob foydali bo'lsa, uni bir chetga olib, boshidan oxirigacha o'qing. Bunday kitoblar juda kam uchraydi: amaliyotning ilk oylarida oyiga 3-4 kitob, keyinchalik bu ko'rsatkich kamayib boradi.

Eng qiziq kitoblarni qanday qilib o'rganish mumkin

Eng qiziq va muhim kitob sifatida saralab olingan kitoblarni butunlay o'qib chiqishingiz mumkin. Eslab qolish va muhim joylarini tizimlashtirishning yaxshi usuli – har bir bob bo'yicha fikrlar xaritasi (mind map) ishlab chiqishdir. Agar qog'oz bilan ishlashni yoqtirsangiz, konspekt yozing. Kitob qanchalik qiziqarli bo'lishiga qaramay, uni qayta o'qimang. Har bir bob uchun aniq vaqt, kitobni butunlay o'qib chiqish uchun qancha kun ketishini aniq belgilab oling.

Mutolaani tugatgach, amaliyotning ilk kuniga qaraganda batafsilroq izoh yozing. Ijobiy va salbiy jihatlarini birma-bir ayting, baho qo'ying.


Foto: Pixabay
Tajribalardan kelib chiqqan maslahatlar

1. Mutolaa to'g'risidagi yanglish fikrlardan xalos bo'ling

Kitobni boshidan oxiriga qadar o'qish majburiy emas. Qancha vaqt ketkazishingiz va qancha varaqni o'zlashtirishingiz muhim emas. Amaliyot shuni ko'rsatadiki, kitob bilan 15 daqiqa davomida tanishib chiqish ongimizda uning barcha boblarini bir oy davomida o'qishda olinganchalik ma`lumot qoldiradi.

2. O'qiganlaringizni barini eslab qolish yoki kitobni yodlab olishga harakat qilmang

Asosiy maqsad – kitobni yodlab olish emas, kerakli ma`lumotni olib, xulosa chiqarishdir.

3. Tez o'qish sababli "miyangizda g'uvillash” paydo bo'lishi qo'rqinchli emas

Yengilmang va amaliyotda davom eting. Dastlab ana shunday bo'ladi, bu g'ayrioddiy yoki siz nimanidir noto'g'ri bajarayotganingizni anglatmaydi. Ma`lumot ongingizga singishiga qo'yib bering.

4. Parallel ravishda bitta badiiy kitobni sekin va maroq bilan o'qing

Sizga zavq beradigan kitobni toping. Qiziq badiiy adabiyotni  shoshilmay o'qish — ajoyib tafovut va miya uchun xordiq.

Ikki kunlik amaliyot natijasi

Tavsiyalarga amal qilgan holda ikki kun mobaynida quyidagilarni amalga oshira olasiz:

10 ta  kitobni ko'rib chiqish, eng yaxshilarini tanlab olish va ular bilan yaqindan tanishish;

asosiy ma`lumotni o'qib chiqish, har bir kitobning asosiy fikrini anglash;

eng foydali jihatlarini ajratib, o'zingiz uchun belgilab olish;

kitobning tuzilishini "singdirish” va keyingi safar undan oson yo'nalish olish, kerakli ma`lumotni muammosiz topish;

har bir kitobdan uni boshidan oxirigacha, ipidan ignasigacha o'qib chiqqandagi kabi ma`lumot olish.

Izohlarda oyiga nechta kitob o'qishingiz va bu sonni nima uchun bir necha marta oshirish istagida ekaningiz haqida aytib bering.
Категория: Har-Hil | Просмотров:1169 | Добавил: Moderator | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]
Профил
Время:10:21
Добро Пожаловать, Mexmon
Поиск
Калькулятор
Календарь