• Merganlar - O'zbek Tilida
  • Zulmatdan Ovoz - O'zbek Tilida
  • Hevenhyorst - O'zbek Tilida
  • Yitqichni Izlab - O'zbek Tilida
  • Bo'rilar Jasorati - O'zbek Tilida
  • Yalmog'iz Dunyoni Qutqaradi - O'zbek Tilida
  • Ilonli Botqoq - O'zbek Tilida
  • Begona - O'zbek Tilida
  • Vahshiy Ona - O'zbek Tilida
  • Uddalab Bo'lmas Topshiriq 7 - O'zbek Tilida
  • Kompaniya - O'zbek Tilida
  • Hech Kimga Aytma - O'zbek Tilida
  • Najot Tongi - O'zbek Tilida
  • Stoun Yuragi - O'zbek Tilida
  • Avlod - O'zbek Tilida
  • Berkin - O'zbek Tilida
  • Solomon Keyn - O'zbek Tilida
  • Raketachilar Klubi - O'zbek Tilida
  • Enaga - O'zbek Tilida
  • Meg 2 - O'zbek Tilida
Наш опрос
Ўзбекистоннинг энг яхши телеканалини белгиланг
Всего ответов: 684
Статистика


Яндекс.Метрика


Сейчас онлайн: 4
Гостей: 4
Пользователи 0

faxriddin
Tre
Submarine
Sher80
Tohirjon
hbahodir1980
Umida4008
17797
Nodirjon
Yagshisaxet
Главная » 2018 » Mart » 23 » Muhiddin Darveshov haqida
10:55
Muhiddin Darveshov haqida

Muhiddin Darveshov kulgu durlarini sochib yuradigan inson edi… U Yusufjon qiziq Shakarjonov, Oxunjon qiziq Huzurjonov, Tesha qiziq Komilovlardan keyin qiziqchiligimizni yangi pog‘onaga olib chiqib, o‘ziga xos maktab yaratgan san'atkor sifatida yodimizda qoldi.

Muhiddin qiziq 1938 yilda Farg‘ona viloyatining Buvayda tumani, Oqqo‘rg‘on qishlog‘ida tug‘ilgan.   Besh farzandini tuproqqa qo‘ygan ota-ona  yetti oylik tug‘ilgan bo‘lishiga qaramay yashab qolgan o‘g‘illariga avvaliga Teshavoy (kindigi tesha bilan chopilgani sababli), so‘ngra esa Muhiddin deb ism qo‘yishdi. Samarqand qishloq xo‘jaligi institutiga o‘qishga kirgan Muhiddin bu dargohda agronomlikdan ko‘ra ko‘proq san'atkorlikni o‘rgandi. Havaskorlik to‘garagining rahbarligini ham o‘z qo‘liga olib, sahnada monologlar ijro etdi, miniatyuralar qo‘ydi. Xullas, bo‘lg‘usi qiziqchi institutni ekin-tikinga oid ma'lumotlar qatorida san'atga bo‘lgan beqiyos mehr-muhabbat bilan tugatdi. U uchun paxta o‘stirishdan ko‘ra odamlarning yurish-turishi, gapirishlarini o‘xshatib  tomoshabinlarni kuldirish maroqliroq edi. Bu esa uning mehnat daftarchasidagi yozuvlar ko‘payishiga sabab bo‘lgan.

Bu xususda qiziqchining o‘zi kulgi aralash shunday hikoya qilardi: "Kolxoz rahbarini masxara qilib qo‘yib, olti oy o‘tmay agronomlikdan haydaldim. Buvayda tumani madaniyat bo‘limining badiiy havaskorlik to‘garagiga qatnay boshlagandim. "Hasan baqiroq” degan rahbari bo‘lardi. Bo‘lar-bo‘lmasga jazavasi tutib, baqirishni odat qilgandi. Shuning qiliqlarini sahnada ijro qilib yuboribman, deng. O‘ziyam zalda o‘tirgan ekan. Pattamni qo‘limga tutqazdi. Keyin Uchqo‘rg‘on tuman madaniyat bo‘limida, Qo‘qondagi "Hamza” teatrida, "Hasan baqiroq” ishdan ketganidan keyin yana Buvayda madaniyat uyida ishladim. Ammo hammasidan ham o‘z arizamga binoan bo‘shamaganman. San'atning "s” harfini tushunmaydigan  rahbarlarni hajv qilib qo‘yib, haydalganman. Ana undan keyin respublikada birinchi bo‘lib, "Qahqaha” teatr studiyasini tashkil etdik. Qo‘qon atrofida    yashab, ijod qilayotgan askiyachilarni, qiziqchilarni, masxarabozlarni, pantomima ustalarini  ana shu teatrga jalb qildik. Eng uzoq ishlagan joyim ham ana shu teatr bo‘ldi…”

Ushbu teatr bilan yurtimizning turli chekkalarini aylanib chiqqan Muhiddin Darveshov  maktabini shogirdlari — O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artistlar Rustam Hamroqulov, Hojiboy Tojiboyevlar  davom ettirishdi. Bugungi kunda esa u so‘z ustalari Mirzabek Xolmedov, Obid Asomov, Abdulla Akbarov, Abdurahmon Siddiqov, G‘ayrat Ahmedovlarning  ijodida yashamoqda…

"Hyech kim xalaqit bermaydigan joy”

Said Anvar, hajvchi yozuvchi:

—  Men o‘z otam — hajvchi Anvar Muqimovni Muhiddin aka orqali taniganman. U kishi xonadonimizga ko‘p tashrif buyurar, otam bilan birgalikda ijod qilishardi. Yosh bolaman,otam nimalardir yozib yurishini bilaman-u, nimaligiga unchalik ham tushunib yetmasdim.  Bir to‘yda o‘rtada qiziqchilik qilayotgan Muhiddin aka: "Bu mahallada Anvar Muqimov degan ulug‘ hajvchi yozuvchi yashaydi. Unga hatto Abdulla Qahhor ham tan berib, "Men sizning iste'dodingiz muxlisiman”, deb xatlar yozgan. Biz u kishi bilan hamkorlikda o‘nlab hangomalarni ijod qilganmiz, bitta- ikkitasini aytib beraman”, deb qoldi. O‘sha kuni men  nafaqat Muhiddin Darveshovni, balki dadamni ham tanigandim!

"Tabassum” radiojurnalida ishlab yurgan yillarim ustozim Anvar Obidjon: "Muhiddin akani bog‘lab berib qo‘ymagan! U odam  haqida kitob yozib qoldirishimiz kerak. Shu ishni siz qiling”, deb qoldi. Taklif ma'qul tushib, yonlariga bordim. Eshitib, xursand bo‘ldilar.

– Unda boshladik, deb diktofonni bosgandim. Muhiddin aka:

– Sen, o‘zi magnitofon bilan tirik odamning farqiga borasanmi? — deb qoldi.

– Magnitofonning bitta knopkasini bossang aytadi, bitta knopkasini bossang, o‘chadi. Men odamman-ku? Kitob yozmoqchi ekansan, men bilan birga yurasan! To‘yga borsam to‘yga borasan, sayilga borsam, sayilga! — dedi. Aytganlarini qilib, yonlarida uzoq vaqt yurdim-u, ammo kitob yozilmadi. Buni sezgan Muhiddin akaning o‘zi:

– Birov xalaqit bermaydigan joyga ketamiz. Oltiariqda yangi sanatoriy qurilgan ekan. 24 kun yotamiz, kitobni bitkazib, nashriyot tomon otamiz! — dedi, men ham ko‘ndim. O‘sha kuni bizni "Hyech kim xalaqit bermaydigan” sanatoriyning rahbari butun bino ahli va non-tuz bilan kutib oldi. Ertasiga ertalabdan yana odam, kechgacha 6-7ta guruhni jo‘natdik. Indinigayam odam, 7-kuni mehmondan charchadik. "Bu ketishda ziyofatdan bo‘shamas ekanmiz”, deb uyga qaytsak, ortimizdan 8ta mashina to‘la odam kuzatib keldi. Bu hammasi xalq Muhiddin qiziqning har bir chiqishini, jilmayishini, o‘ziga xos kulgusini yaxshi ko‘rardi, degan gapimizning bir kichkinagina isboti.

"Shohnoma”ni  yoddan bilardi”

JALOLIDDIN, qiziqchining kenja farzandi:

— Qiziqchilik — juda murakkab kasb. Domlasiyam yo‘q,  "Bo‘ldi, sen tayyor bo‘lding, qiziqchilik qilaver” deb tayyorlab beradigan maktabiyam yo‘q. Alloh tomonidan beriladigan tug‘ma iste'dodni o‘zing rivojlantirib, o‘z ustingda ishlab yurasan. Shunday qilmagan odam, qiziqchilikning nonini yeyolmaydi. Otam ko‘p narsani o‘zi ijod qilardi. Kichkinagina uychalari bo‘lardi. Stol lampasini yoqib qo‘yib, kitob o‘qib o‘tirardi. Gazetalardan izlanardi.  To‘yga borib bir askiya aytsa, ikkinchi safar borganida yangisidan so‘rashardi-da. Shuning uchun izlanishdan to‘xtamasdi… "Shohnoma”ni  yoddan bilardi, Naqshbandiy tariqatini, Temur tuzuklarini yoddan biladigan odam edi.

"Hamma qatori bo‘lish kerak”

DILFUZAXON, qiziqchining  qizi:

— Men onamning onalari, buvim bilan yashaganim uchun ham, oilamiz haqidagi xotiralarim judayam kam. Ota-onamni ko‘rgani ikki haftada bir marta borardim. Shuning uchun ham aytganim aytgan, deganim degan edi. Otam meni "Dilishxon”, deb erkalardi. Bizga  buyumlarga,  narsalarga unchalik ixlos qo‘ydirmasdi. Nima desam ko‘nardi-yu, televizor orqalimi yoki shaharga tushgandami ko‘rib qolgan chiroyli, boshqalarnikiga o‘xshamagan kiyimlardan olib bering, desak: "Qizim, atrofimizda qo‘ni-qo‘shnilar bor. Men bolalarimni ulardan ortiq kiyintirishga, uyalaman! Hamma qatori bo‘lish kerak”, — derdi. Ko‘nardik.

Dadamning shunchalik bo‘lishida ayamning hissalari juda katta, deb bilaman. Otam uyda bo‘lsa, doim  sharoit yaratib berardi. Dam olishiga halaqit bermaslik uchun hovlimiz suv quyganday jimjit bo‘lardi. "Dadang, dam olyapti”, deb buyurgan yumushlariniyam qildirmasdi…

"Biznikiga mehmonlar ko‘p kelardi”

FERUZAXON,  qiziqchining qizi:

— Uyimizga judayam ko‘p mehmonlar kelishardi. Bola emasmanmi, bu menga yoqmasdi. Ko‘chaga chiqib, o‘rtoqlarim bilan o‘ynagim kelardi. Xafa bo‘lib: "Aya, biznikiga mehmonlar buncha  ko‘p keladi?” desam, "Unaqa dema, qizim, dadangdan keyin bu mehmonlarni topolmaysan”, derdi. Shunaqa bo‘ldi…

"O‘rtada turib, gapirish oson emas!”

Abdurahmon SIDDIQOV, qiziqchi:

— Muhiddin aka yakka o‘zi sahnaga chiqib, kuldirgan birinchi qiziqchi edi. Men shu inson tufayli qiziqchilikka kirganman. Rustam Hamdamov degan qo‘shiqchining yonida doira chalib, to‘ylarga borib yurardim.  Bir to‘yda o‘qituvchi yigit davraga tushib, qiziq gaplar aytsa, hamma kulayotganini kuzatib turib:

— Aka, nimasi qiziq buni? Men bundan yaxshiroq aytaman, — deb yubordim.

– O‘rtada turib, gapirish oson emas! Ko‘pchilikni kuldirishni hammayam eplolmaydi! — degan gaplar turtki bo‘lib o‘rtaga chiqib, turibman, deng. Qani endi, gap kela qolsa… Menga qarab odamlar kulyapti. Xijolatli turishimning o‘zini qiziqchilik qilayapti, deb o‘ylashayapti. Shunda Muhiddin akaning hangomalaridan bitta aytdim. Odamlar qarsaklar bilan kutib olishdi. Yana bitta aytdim. Yana so‘rashayapti. "Boshqa bilmayman. Bilmay chiqib qoldim”, dedim. O‘sha-o‘sha qiziqchilikka qiziqishim ortdi. Muhiddin aka bilan ko‘rishdik, duolarini oldim. 1990 yilda bo‘lib o‘tgan "Qiziqchilar tanlovi”dagi chiqishimdan keyin Muhiddin aka chaqirib, bergan o‘gitlariga to shu kungacha amal qilib kelayapman.

"Toshkentga yetib borishim bilan qo‘ng‘iroq qilaman!”

Said Anvar, hajvchi yozuvchi:

— Ustoz bilan so‘nggi uchrashuvim hech yodimdan chiqmaydi. "Uchko‘prik tuman kasalxonasida Muhiddin Darvesh og‘ir yotibdi”, degan xabarni eshitib, o‘sha yerga otlandik.

— E-E-e, bormisizlar! — Muhiddin aka bizni ko‘rib, sapchib o‘rnidan turdi…

— Odam yotaversa-chi, ivitilgan qatiqqa o‘xshab qolarkan! Menam Toshkentga ketsam, deb turibman. Qiziqchi-askiyachilarning markazini tashkil qilsam, Respublikadagi hamma yosh qiziqchi askiyachilarni, masxarabozlarni, umuman kuldirishga ishqibozlarni to‘plasak… Menga o‘xshagan katta qiziqchilar, askiyachilar ularga kuldirish sirlaridan, sahna madaniyatidan dars bersa, qalay bo‘ladi? — dedilar.

Suhbatimiz ancha cho‘zildi. Muhiddin aka bilan xush kayfiyatda xayrlashdik. U telefon raqamlarimizni yozib olarkan:

– Toshkentga yetib borishim bilan qo‘ng‘iroq qilaman! — deb ta'kidladi. Ammo uch kun o‘tib Muhiddin aka emas, uning o‘g‘li qo‘ng‘iroq qildi.

– Aka, dadamizni berib qo‘ydik!…

Ustozimizning oxiratlari obod bo‘lsin!
Категория: Har-Hil | Просмотров:2073 | Добавил: Admin | Теги: Muhiddin Darveshov haqida | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]
Профил
Время:04:19
Добро Пожаловать, Mexmon
Поиск
Калькулятор
Календарь
«  Mart 2018  »
ПнВтСрЧтПтСбВс
   1234
567891011
12131415161718
19202122232425
262728293031