• Merganlar - O'zbek Tilida
  • Zulmatdan Ovoz - O'zbek Tilida
  • Hevenhyorst - O'zbek Tilida
  • Yitqichni Izlab - O'zbek Tilida
  • Bo'rilar Jasorati - O'zbek Tilida
  • Yalmog'iz Dunyoni Qutqaradi - O'zbek Tilida
  • Ilonli Botqoq - O'zbek Tilida
  • Begona - O'zbek Tilida
  • Vahshiy Ona - O'zbek Tilida
  • Uddalab Bo'lmas Topshiriq 7 - O'zbek Tilida
  • Kompaniya - O'zbek Tilida
  • Hech Kimga Aytma - O'zbek Tilida
  • Najot Tongi - O'zbek Tilida
  • Stoun Yuragi - O'zbek Tilida
  • Avlod - O'zbek Tilida
  • Berkin - O'zbek Tilida
  • Solomon Keyn - O'zbek Tilida
  • Raketachilar Klubi - O'zbek Tilida
  • Enaga - O'zbek Tilida
  • Meg 2 - O'zbek Tilida
Наш опрос
Ўзбекистоннинг энг яхши телеканалини белгиланг
Всего ответов: 683
Статистика


Яндекс.Метрика


Сейчас онлайн: 9
Гостей: 9
Пользователи 0

faxriddin
Tre
Submarine
Sher80
Tohirjon
hbahodir1980
Umida4008
17797
Nodirjon
Yagshisaxet
Главная » 2020 » Mart » 18 » Moskvadan kelganlar o‘zbekistonliklar karantinda sharoitlar yo‘qligidan shikoyat qildi
20:09
Moskvadan kelganlar o‘zbekistonliklar karantinda sharoitlar yo‘qligidan shikoyat qildi

Moskvadan Toshkentga yetib kelgan 500 ga yaqin o‘zbekistonliklar Bo‘stonliq tumani "Qizilsuv” mahallasi "Sokol” sport-sog‘lomlashtirish markaziga 14 kunga karantinga olindi. Lekin fuqarolar u yerda sharoitlar yo‘qligidan shikoyat qilmoqda, deb xabarda

Karantinga olingan erkaklardan birining aytishicha, reys 17—18-mart kunlari Uzbekistan Airways va "Aeroflot” aviakompaniyalari tomonidan amalga oshirilgan. U boshqa fuqarolar bilan birga 18-mart, chorshanba kuni, Qizilsuv darasi joylashgan sport-sog‘lomlashtirish markaziga kelgan. "Bizdan avval yana bir reys uchib kelgandi. Ularni bizdan oldin joylashtirib bo‘lishdi. Ya’ni bu yerda ikkita reysning yo‘lovchilari — taxminan 500 kishi bor”, — deydi u.

Avvalroq Uzbekistan Airways chet ellik fuqarolarni Moskvaga va o‘zbekistonlik fuqarolarni Moskvadan Toshkentga olib kelish uchun 17-mart, seshanba kuni, Toshkent—Moskva—Toshkent charter reysni amalga oshirishi xabar berilgan edi.

Ushbu reys 18-mart kuni o‘zbekistonliklarni Toshkentga olib kelgan "Aeroflot” tomonidan soat 3:17 da amalga oshirilgan. Ortga qaytishda aviakompaniya Moskvaga 282 nafar rossiyalikni olib ketishni rejalashtirgan.

"Biz ertalab soat to‘rtlarda qo‘ndik. Samolyotdan chiqish juda uzoq vaqt oldi, odamlar bittalab chiqarildi. So‘ng nimadir purkashdi, nimaligi haqida hatto ogohlantirishmadi ham. Keyin esa trapdan tushishimiz bilan avtobuslarga joylashtirishdi. Ishchilarning barchasi tibbiy niqobda edi, lekin hamma yo‘lovchilar ham niqob taqmagandi, garchi ularga keyin niqoblar tarqatilgan bo‘lsa ham. Biz avtobusga o‘tirib kuta boshladik, bizga hech kim hech narsani tushuntirmadi. Haydovchidan "Sokol” sog‘lomlashtirish markaziga ketayotganimizni zimdan bilib oldik, lekin u yerda bizni qanday sharoit kutib turganidan bexabar edik”, — deydi u.

Erkakning ta’kidlashicha, sog‘lomlashtirish markazi ko‘p miqdordagi odamlarni qabul qilishga tayyor emasdi.

"Xonalar 5 kishiga mo‘ljallangan, 16 ta xona bo‘lgan bir qavatda ayollar va erkaklar uchun bittagina hojatxona va hammom bor edi. Ovqatlanish xonasi ham umumiy. Xonada isitish tizimi yo‘q, ishlamaydigan kichkinagina isitgich qurilmasi turibdi. Bu yerda kasal bo‘lishimizni hamma bilib turibdi. Bu yerda hamma bir biri bilan aloqada bo‘lyapti. Bu esa aksincha, koronavirus yuqishi uchun sharoit yaratadi. Obyekt yaqinda topshirilgani ko‘rinib turibdi, elektr simlar tarmog‘i o‘rnatilmagan, shunchaki tashqarida turibdi, xolos. Issiq suv bor, lekin ba’zan o‘chib qoladi”, — deya so‘zlarini davom ettiradi karantindagi erkak.
"Oromgoh bir kun oldin ogohlantirildi”

"Sokol” oromgohi direktorining tarbiyaviy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari Madina Rasulova bilan bog‘langan. Uning so‘zlariga ko‘ra, oromgoh yozda ishlaydi, ammo karantin holatidan xabardor bo‘lgan.

"Menga lager rahbariyati (direktor Sobir Xoliyev — tahr.) 500 ga yaqin odam karantinda ekanligi to‘g‘risida xabar berdi. Ular bilan hali hech kim gaplashmadi. Ular bilan gaplashishi mumkin bo‘lgan odamlar yo‘q. U yerda oshxona ishchilari va nari borsa yugurdaklik qiladiganlar ishlaydi, xolos. Farroshlik qilib kelgan ayollar karantin sababli ishlashni xohlamay bo‘shab ketdi. Mana, endi bularning barchasi aslida texnik xodim bo‘lgan erakaklar gardaniga tushdi. Ularni bu yerga olib kelganlar tomonidan hech narsa tashkillashtirilmadi. Hatto ular bilan gaplashib, tushuntirish beradigan odam ham yo‘q”, — deydi u.

Uning so‘zlarga ko‘ra, "Sokol” bolalar sog‘lomlashtirish oromgohi bo‘lib, u yerda yozda dam olinadi. "Biror marta qishda u yerda ishlamaganmiz. Elektrga kelsak, kuchlanish tufayli hammasi "otiladi”. Uchta korpusning ikkitasi ishlaydi, chunki uchinchisini ham yoqsangiz, hammasi "uchadi”. Ovqatlanish xonasidagi 7 kishi 500 kishiga xizmat ko‘rsatadi. Kelganlar juda yaxshi sharoit va shu kabilarni kutgan bo‘lsa kerak, lekin ularni "Sokol”ga olib kelishgani bizning aybimiz emas. Menimcha, odamlarni bunga umuman qodir bo‘lmagan bolalar sog‘lomlashtirish markaziga joylashtirish haqida qaror chiqargan odam buni tashkillashtirishi kerak edi”, — deydi direktor o‘rinbosari.

Madina Rasulovaning ta’kidlashicha, oromgoh yo‘lovchilarning karantinga joylashtirilishi haqida oldindan ogohlantirilmagan. "Xodimlar ikki kechadan beri uxlamayabdi, chunki oromgoh iyunda ochilishi kerak edi. U sentabrda yopildi va hozir ochildi. Odatda ta’mirlash ishlari aprel—may oylarida amalga oshiriladi. Odamlar bitta umumuy dush borligidan shikoyat qilmoqda. 48 kishiga 6 ta dush kabinasi va 6 ta sanuzel bor. Bu bolalar sog‘lomlashtirish markazi, pansionat yoki besh yulduzli mehmonxona emas”, — deydi u.

"Sokol” sport-sog‘lomlashtirish markazi vakilining so‘zlariga ko‘ra, u oromgohga tashrifi chog‘ida Toshkent viloyati hokimligiga qishgi mavsumda isitish uchun imkoniyat yo‘qligini tushuntirgan. "U yerda hozir haqiqatdan ham sovuq, chunki bino devorlari betondan. Ularning har birining xonasiga 100 ga yaqin isitgichlar keltirildi”, — deydi Madina Rasulova.

Xabarda aytilishicha, oromgoh hududida 550 kishi bor. Ularning kelishi haqida oromgoh ma’muriyati bir kun avval xabardor qilingan.

Tahririyat "Sokol” direktori Sobir Xoliyevdan izoh ololmagan.

Toshkent viloyati ma’muriyati "Sokol” oromgohida karantinda saqlanayotgan fuqarolarning muammolarini eng qisqa vaqt ichida hal etishga va’da bergan. Shuningdek, Toshkent viloyati va Bo‘stonliq tumani hokimlari hamda Vazirlar Mahkamasi va Sog‘liqni saqlash vazirligining boshqaruv xodimlari muammoni hal etish uchun jo‘nab ketgan.

Odamlarni qulayroq sharoitlarda joylashtirish rejalashtirilgan. Ular ikki kishidan joylashtiriladi va koronavirus infeksiyasini aniqlash uchun tezkor testdan o‘tkaziladi.
Категория: Har-Hil | Просмотров:589 | Добавил: moderator | Теги: yangilik | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]
Профил
Время:11:28
Добро Пожаловать, Mexmon
Поиск
Калькулятор
Календарь
«  Mart 2020  »
ПнВтСрЧтПтСбВс
      1
2345678
9101112131415
16171819202122
23242526272829
3031