• Merganlar - O'zbek Tilida
  • Zulmatdan Ovoz - O'zbek Tilida
  • Hevenhyorst - O'zbek Tilida
  • Yitqichni Izlab - O'zbek Tilida
  • Bo'rilar Jasorati - O'zbek Tilida
  • Yalmog'iz Dunyoni Qutqaradi - O'zbek Tilida
  • Ilonli Botqoq - O'zbek Tilida
  • Begona - O'zbek Tilida
  • Vahshiy Ona - O'zbek Tilida
  • Uddalab Bo'lmas Topshiriq 7 - O'zbek Tilida
  • Kompaniya - O'zbek Tilida
  • Hech Kimga Aytma - O'zbek Tilida
  • Najot Tongi - O'zbek Tilida
  • Stoun Yuragi - O'zbek Tilida
  • Avlod - O'zbek Tilida
  • Berkin - O'zbek Tilida
  • Solomon Keyn - O'zbek Tilida
  • Raketachilar Klubi - O'zbek Tilida
  • Enaga - O'zbek Tilida
  • Meg 2 - O'zbek Tilida
Наш опрос
SAYTNI QAYERDAN TOPDINGIZ?
Всего ответов: 705
Статистика


Яндекс.Метрика


Сейчас онлайн: 3
Гостей: 3
Пользователи 0

faxriddin
Tre
Submarine
Sher80
Tohirjon
hbahodir1980
Umida4008
17797
Nodirjon
Yagshisaxet
Главная » 2020 » Aprel » 26 » Moskvada koronavirus qurbonlari soni 400 kishidan oshib ketdi
13:34
Moskvada koronavirus qurbonlari soni 400 kishidan oshib ketdi

Moskva shahrida COVID-19 koronavirus infeksiyasi oqibatida vafot etganlar soni 400 kishidan oshdi. Bu haqda mamlakatning koronavirusga qarshi kurashish bo‘yicha tezkor shtabi xabar berdi.

O‘tgan bir sutka ichida Rossiya poytaxtida 38 kishi koronavirus oqibatida vafot etgan. Shunday qilib, butun shahar bo‘ylab COVID-19 qurbonlari soni 404 kishiga yetdi.

Tezkor shtab vafot etganlarning yoshi, shuningdek, ular boshqa kasallardan ham aziyat chekkan yoki chekmaganligiga oydinlik kiritmagan.

So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, Rossiya koronavirus bilan kasallanish bo‘yicha 74,6 mingdan ortiq holat qayd etilgan bo‘lib, bemorlarning 6250 nafari davolanishga muvaffaq bo‘lgan. Butun mamlakat bo‘ylab COVID-19 oqibatida vafot etganlar soni 681 kishiga yetgan. Kasallar soni bo‘yicha Moskva shahri yetakchilik qilmoqda — 39,5 ming bemor. Uning ortidan Moskva viloyati (8494 bemor, 69 qurbon), Sankt-Peterburg (2926 bemor, 23 qurbon) va Nijegorodsk viloyati (1214 bemor, 8 qurbon) o‘rin olgan.

Avvalroq Moskvadagi barcha tibbiyot xodimlarining COVID-19’ga qarshi immuniteti tekshirilishi ma’lum qilingandi. Rossiyada COVID-19 tashxisini qo‘yuvchi 17 ta test davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan.

Eslatib o‘tamiz, Rossiyada koronavirusga qarshi kurash uchun 30 ming nafar harbiy xizmatchi jalb etilgan. Mamlakat prezidenti Vladimir Putin koronavirusga qarshi vaksinaning davlat ro‘yxatidan o‘tkazilishini tezlashtirishga buyruq bergan.
Категория: Har-Hil | Просмотров:532 | Добавил: moderator | Теги: yangilik | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]
Профил
Время:14:38
Добро Пожаловать, Mexmon
Поиск
Калькулятор
Календарь