• Merganlar - O'zbek Tilida
  • Zulmatdan Ovoz - O'zbek Tilida
  • Hevenhyorst - O'zbek Tilida
  • Yitqichni Izlab - O'zbek Tilida
  • Bo'rilar Jasorati - O'zbek Tilida
  • Yalmog'iz Dunyoni Qutqaradi - O'zbek Tilida
  • Ilonli Botqoq - O'zbek Tilida
  • Begona - O'zbek Tilida
  • Vahshiy Ona - O'zbek Tilida
  • Uddalab Bo'lmas Topshiriq 7 - O'zbek Tilida
  • Kompaniya - O'zbek Tilida
  • Hech Kimga Aytma - O'zbek Tilida
  • Najot Tongi - O'zbek Tilida
  • Stoun Yuragi - O'zbek Tilida
  • Avlod - O'zbek Tilida
  • Berkin - O'zbek Tilida
  • Solomon Keyn - O'zbek Tilida
  • Raketachilar Klubi - O'zbek Tilida
  • Enaga - O'zbek Tilida
  • Meg 2 - O'zbek Tilida
Наш опрос
SAYTGA QAYSI QURILMADAN KIRDINGIZ?
Всего ответов: 1969
Статистика


Яндекс.Метрика


Сейчас онлайн: 8
Гостей: 8
Пользователи 0

faxriddin
Tre
Submarine
Sher80
Tohirjon
hbahodir1980
Umida4008
17797
Nodirjon
Yagshisaxet
Главная » 2020 » Mart » 25 » Moskvada koronavirus bilan kasallangan ikki nafar bemor vafot etdi
23:31
Moskvada koronavirus bilan kasallangan ikki nafar bemor vafot etdi

Moskvada koronavirus bilan kasallangan ikki nafar bemor vafot etdi. Bu haqda tezkor shtab axborotiga tayanib, "RBK” xabar berdi.
Vafot etganlarning 88 va 73 yoshda ekani aytilmoqda. O‘limning aniq sababi oshkor qilinmagan.

"Ularning o‘pkasi pnevmoniyaga uchragandi, shunga yaqin patologiyalar kuzatilgan”, — deyiladi shtab xabarida.

Moskvada COVID-19 yuqtirib olgan bemorning o‘limi 19-mart kuni Kommunarka yuqumli kasalliklar kasalxonasida qayd etilgan va u 79 yoshli ayol ekani tasdiqlangandi. Shifokorlarning so‘zlariga ko‘ra, ayolning o‘limiga koronavirus keltirib chiqargan pnevmoniya emas, balki qon tomirlarida uzilib ketgan tromb sabab bo‘lgan. Ayol ko‘plab surunkali kasalliklar bilan og‘rigan.

Bundan tashqari Kommunarka kasalxonasida yana bir necha bemor vafot etgan va ularda ham koronavirus borligi tasdig‘ini topmagandi. 12-mart kuni Moskva sog‘liqni saqlash departamentining xabar berishicha, kasalxonaning jonlantirish bo‘limiga o‘ta og‘ir holatda olib kelingan, nafas yetishmovchiligi kuzatilgan bemor vafot etgan. Shifokorlar uni saqlab qolishga uringan, ammo bemor buyrak ostidan qon ketishi oqibatida jon bergan. 75 yoshli erkak saraton kasalligi bilan og‘rigan, testlar uning koronavirus yuqtirib olganini ko‘rsatgan. 24-mart kuni Kommunarkaning onkologik kasalliklar bo‘limida 69 yoshli ayol ham vafot etgan, ushbu bemorda ham saratonning terminal bosqichi kechayotgani ma’lum bo‘lgan. Ushbu ayolda koronavirus infeksiyasi borligi aniqlanmagan.

Avval Moskvada koronavirusning yengil shakli bo‘lgan bemorlarga uyda davolanishga ruxsat berilgani, Rosaviatsiya MDHning uch mamlakati fuqarolarini Moskvadan olib chiqib ketishda muammo bo‘layotganini ma’lum qilgani haqida xabarlar berilgandi.

25-mart holatiga ko‘ra, Rossiyada COVID-19 koronavirusi bilan kasallanish bo‘yicha 658 ta holat kuzatilgan. Bir sutka ichida kasallanganlar soni 163 taga ko‘paygan. Moskva shahrining o‘zida 410 nafar odam koronavirusni yuqtirib olgani aniqlangan. Rospotrebnadzor xorijdan qaytgan rossiyaliklarda kuzatilayotgan kasallanish holatlarini noxush epidemiologik vaziyat bilan bog‘liq ekanini bildirgan. Rossiya poytaxtida COVID-19 bilan kasallangan 15 nafar bemor sog‘ayib ketgan.

Moskvada hukumat vakillari 65 yoshdan katta bo‘lgan barcha odamlarni o‘z uylarida karantinga olgan. Maktablar va universitetlardagi darslar bekor qilingan yoki masofadan ta’lim berish tizimiga o‘tkazilgan, ko‘ngilochar muassasalar yopilgan.
Категория: Har-Hil | Просмотров:594 | Добавил: moderator | Теги: yangilik | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]
Профил
Время:12:13
Добро Пожаловать, Mexmon
Поиск
Калькулятор
Календарь
«  Mart 2020  »
ПнВтСрЧтПтСбВс
      1
2345678
9101112131415
16171819202122
23242526272829
3031