• Merganlar - O'zbek Tilida
  • Zulmatdan Ovoz - O'zbek Tilida
  • Hevenhyorst - O'zbek Tilida
  • Yitqichni Izlab - O'zbek Tilida
  • Bo'rilar Jasorati - O'zbek Tilida
  • Yalmog'iz Dunyoni Qutqaradi - O'zbek Tilida
  • Ilonli Botqoq - O'zbek Tilida
  • Begona - O'zbek Tilida
  • Vahshiy Ona - O'zbek Tilida
  • Uddalab Bo'lmas Topshiriq 7 - O'zbek Tilida
  • Kompaniya - O'zbek Tilida
  • Hech Kimga Aytma - O'zbek Tilida
  • Najot Tongi - O'zbek Tilida
  • Stoun Yuragi - O'zbek Tilida
  • Avlod - O'zbek Tilida
  • Berkin - O'zbek Tilida
  • Solomon Keyn - O'zbek Tilida
  • Raketachilar Klubi - O'zbek Tilida
  • Enaga - O'zbek Tilida
  • Meg 2 - O'zbek Tilida
Наш опрос
SAYTNI QAYERDAN TOPDINGIZ?
Всего ответов: 710
Статистика


Яндекс.Метрика


Сейчас онлайн: 12
Гостей: 12
Пользователи 0

Azmiddin
JohaC2
03012005
Olaqanatlar
Akmalaka
Holdarov
Nuratdin
ismonali1994
2904
Risolat0921
Главная » 2020 » Aprel » 3 » Moskva aeroportlarida o‘zbekistonliklar yo‘qligi ma’lum qilindi
09:17
Moskva aeroportlarida o‘zbekistonliklar yo‘qligi ma’lum qilindi

O‘zbekistonning Moskvadagi elchixonasi Rossiya matbuotida 31-mart kuni "Domodedovo” xalqaro aeroportidan charter reyslar bilan uylariga qaytish istagidagi 300 nafarga yaqin Markaziy Osiyodan bo‘lgan mehnat migrantlari chiqarib yuborilgani haqidagi xabarlar yuzasidan izoh berdi.

"O‘zbekistonning Moskvadagi elchixonasi ‘Domodedovo’ va ‘Jukovskiy’ aeroportlarida O‘zbekiston fuqarolarining to‘planishi holatlarini rad etdi”, — deyiladi "Dunyo” axborot agentligi tarqatgan bayonotda.

Diplomatik vakolatxonaga ko‘ra, "Vnukovo” va "Sheremetyevo” aeroportlarida bo‘lgan vatandoshlarning aksariyati charter reyslarida O‘zbekistonga olib ketilgan. Ayni paytda esa ikki davlat o‘rtasidagi charter reyslar to‘xtatilgan.

Moskvada yashashga imkoni bo‘lmagan 160 ga yaqin o‘zbekistonlik navbatdagi charter reyslar tashkil etilgunga qadar yashash uchun barcha sharoit yaratilgan xostel (yotoqxona)ga joylashtirilgan. Xususan, kuniga uch mahal issiq ovqat tashkil etilgan, ular bilan doimiy aloqa o‘rnatilgan.

Moskvadagi O‘zbekiston elchixonasining "Gazeta.uz”ga xabar qilishicha, hozirda Rossiya poytaxti aeroportlarida O‘zbekiston fuqarolari yo‘q. Fuqarolarni xostellarga joylashtirish bilan bog‘liq barcha masalalar hal qilingan.

Charter reyslarini kutayotgan fuqarolarni Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi huzuridagi Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi hamda Uzbekistan Airways aviakompaniyasi ham qo‘llab-quvvatlagan.

"Domodedovo”dan migrantlar chiqarib yuborilgani haqida 31-mart kuni tunda jurnalist Galiya Ibragimova Facebook sahifasida ma’lum qilgan edi. Keyinroq "RIA Novosti” agentligi vaziyat haqida reportaj tayyorladi.

Unda ta’kidlanishicha, "Domodedovo”dan chiqarib yuborilgan migrantlar aniqlashtirilgan ma’lumotlarga ko‘ra, Tojikiston fuqarolaridir. Aeroport xodimining qayd etishicha, ertalab ularni mahalliy tojik diasporasi avtobusda olib ketgan.
Категория: Har-Hil | Просмотров:582 | Добавил: moderator | Теги: yangilik | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]
Профил
Время:01:21
Добро Пожаловать, Mexmon
Поиск
Калькулятор
Календарь
«  Aprel 2020  »
Пн Вт Ср Чт Пт Сб Вс
  12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
27282930