• Merganlar - O'zbek Tilida
  • Zulmatdan Ovoz - O'zbek Tilida
  • Hevenhyorst - O'zbek Tilida
  • Yitqichni Izlab - O'zbek Tilida
  • Bo'rilar Jasorati - O'zbek Tilida
  • Yalmog'iz Dunyoni Qutqaradi - O'zbek Tilida
  • Ilonli Botqoq - O'zbek Tilida
  • Begona - O'zbek Tilida
  • Vahshiy Ona - O'zbek Tilida
  • Uddalab Bo'lmas Topshiriq 7 - O'zbek Tilida
  • Kompaniya - O'zbek Tilida
  • Hech Kimga Aytma - O'zbek Tilida
  • Najot Tongi - O'zbek Tilida
  • Stoun Yuragi - O'zbek Tilida
  • Avlod - O'zbek Tilida
  • Berkin - O'zbek Tilida
  • Solomon Keyn - O'zbek Tilida
  • Raketachilar Klubi - O'zbek Tilida
  • Enaga - O'zbek Tilida
  • Meg 2 - O'zbek Tilida
Наш опрос
QAYERDANSIZ
Всего ответов: 1765
Статистика


Яндекс.Метрика


Сейчас онлайн: 21
Гостей: 21
Пользователи 0

faxriddin
Tre
Submarine
Sher80
Tohirjon
hbahodir1980
Umida4008
17797
Nodirjon
Yagshisaxet
Главная » 2018 » Oktyabr » 25 » Mobil qurilma egasining ruxsatisiz undan foydalanishga yo‘l qo‘yilmaydi
10:23
Mobil qurilma egasining ruxsatisiz undan foydalanishga yo‘l qo‘yilmaydi

O‘zbekiston Respublikasida mobil qurilmalarni hisobga olish tizimini tartibga solish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi Hukumat qarori qabul qilindi. Bu haqda Adliya vazirligining "Huquqiy axborot” kanali xabar berdi.

Qarorga muvofiq, respublikada mobil qurilmalarni xalqaro o‘ziga xos identifikatsiya kodlari asosida ro‘yxatga olish bo‘yicha tizim joriy qilinadi.

Mazkur tizim:

mobil qurilmalardagi o‘ziga xos identifikatsiya kodlari to‘g‘riligini tekshirish orqali ularning mulkdorlari (egalari) huquqlarining himoya qilinishini ta'minlash;
mobil qurilmalardan ularning egalarini ogohlantirmasdan noqonuniy va ruxsatsiz foydalanishga yo‘l qo‘ymaslik imkonini beradi.
Mobil qurilmalarning identifikatsiya kodlarini ro‘yxatga olish va qo‘llash, ushbu yo‘nalishda normativ-huquqiy bazani yaratish va takomillashtirishda Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi vakolatli organ, "UZINFOCOM” davlat axborot xizmatlarini yaratish va qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha yagona integrator” MCHJ esa tizim operatori etib belgilandi.

Qaror bilan 2019 yil 1 aprelgacha:

mobil qurilmaning identifikatsiya kodini Internet tarmog‘i orqali onlayn rejimida ro‘yxatga olish va uning maqomini tekshirish xizmati joriy etiladi;
mobil qurilmani ro‘yxatga olish hamda maslahat xizmatlarini ko‘rsatish bo‘yicha hududiy punktlar faoliyati yo‘lga qo‘yiladi.
Bundan tashqari, tizim operatoriga mahsulotlar (ishlar, xizmatlar) yetkazib beruvchilar yoki ularning rasmiy dilerlari bilan shartnomalar tuzishga va keyinchalik ularni Loyihalarni va import kontraktlarini kompleks ekspertiza qilish markazi DUKda ekspertizadan o‘tkazishga ruxsat berildi.

Shuningdek, tizim operatoriga uni tashkil etish va joriy etish doirasida olib kiriladigan uskuna, butlovchi buyum va ehtiyot qismlar, dasturiy ta'minot mahsulotlari, vosita va moslamalar, kompyuter hamda server texnikasi uchun bojxona to‘lovlarini bojxona deklaratsiyasi qabul qilingan kundan boshlab 36 oygacha bo‘lib-bo‘lib to‘lash huquqi berildi.
Категория: Har-Hil | Просмотров:1144 | Добавил: Admin | Теги: Mobil qurilma egasining ruxsatisiz | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]
Профил
Время:12:41
Добро Пожаловать, Mexmon
Поиск
Калькулятор
Календарь
«  Oktyabr 2018  »
ПнВтСрЧтПтСбВс
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
293031