• Merganlar - O'zbek Tilida
  • Zulmatdan Ovoz - O'zbek Tilida
  • Hevenhyorst - O'zbek Tilida
  • Yitqichni Izlab - O'zbek Tilida
  • Bo'rilar Jasorati - O'zbek Tilida
  • Yalmog'iz Dunyoni Qutqaradi - O'zbek Tilida
  • Ilonli Botqoq - O'zbek Tilida
  • Begona - O'zbek Tilida
  • Vahshiy Ona - O'zbek Tilida
  • Uddalab Bo'lmas Topshiriq 7 - O'zbek Tilida
  • Kompaniya - O'zbek Tilida
  • Hech Kimga Aytma - O'zbek Tilida
  • Najot Tongi - O'zbek Tilida
  • Stoun Yuragi - O'zbek Tilida
  • Avlod - O'zbek Tilida
  • Berkin - O'zbek Tilida
  • Solomon Keyn - O'zbek Tilida
  • Raketachilar Klubi - O'zbek Tilida
  • Enaga - O'zbek Tilida
  • Meg 2 - O'zbek Tilida
Наш опрос
QAYERDANSIZ
Всего ответов: 1765
Статистика


Яндекс.Метрика


Сейчас онлайн: 6
Гостей: 6
Пользователи 0

faxriddin
Tre
Submarine
Sher80
Tohirjon
hbahodir1980
Umida4008
17797
Nodirjon
Yagshisaxet
Главная » 2021 » May » 29 » Misrda 7 kishida qora zamburug‘ aniqlandi. Hindistonda sariq zamburug‘ga chalingan ilk bemor vafot etdi
19:32
Misrda 7 kishida qora zamburug‘ aniqlandi. Hindistonda sariq zamburug‘ga chalingan ilk bemor vafot etdi

Misrda zamburug‘ infeksiyasi turiga kiruvchi mukormikoz (qora zamburug‘) bilan kasallanish bo‘yicha yettita holat aniqlandi. Bu haqda mamlakat shimolidagi Zakazik universiteti rektori Usmon Shaalyan bemorlar davolanayotgan shifoxona kompleksida ma’lum qildi.

Shaalyanning so‘zlariga ko‘ra, mazkur infeksiyani yuqtirgan kishilarning barchasi Sharqiya viloyatida yashaydi, ularda zamburug‘dan avval boshqa kasalliklar, jumladan, koronavirus bilan og‘rish tufayli immunitet zaiflashuvi aniqlangan.

"Bemorlarning uch nafarida mukormikoz bilan zararlangan organlarni olib tashlash bo‘yicha operatsiya o‘tkazildi, ulardan birining ahvoli og‘ir, qolganlari barqaror”, — dedi rektor.

Hindistonda sariq zamburug‘ bilan kasallangan birinchi bemor vafot etdi. Nyu-Dehli atrofidagi G‘oziobod shahri kasalxonasida COVID-19’ga chalingan 59 yoshli bemorga zamburug‘ infeksiyasining uch turi — qora, oq va sariq zamburug‘ tashxisi ham qo‘yilgan edi.

"Kunvar Singx (bemor) davo muolajalarini olayotgan edi, ammo u toksemiya (tananing toksinlar bilan zaharlanishi) tufayli vafot etdi. Tekshiruv paytida toksinlar tarkibida oq va qora zamburug‘dan tashqari sariq zamburug‘ infeksiyasi ham topildi”, — dedi Harsh Hospital kasalxonasining otolaringologi doktor Tiyagi.

Shifokorlarning fikriga ko‘ra, ilgari sariq zamburug‘ faqat sudralib yuruvchilarda qayd etilgan.

Shifokor kasalxonada sariq zamburug‘ bilan kasallangan yana bir bemor davolanayotganini qo‘shimcha qildi. "Muradnagar shahridan bo‘lgan 59 yoshli Rajesh Kumarda ushbu zamburug‘ miya yaqinida topildi. Uning yarim jag‘i olib tashlandi”, — dedi Tiyagi. Shifokorning ta’kidlashicha, ushbu bemorda infeksiyalanish darajasi Kunvar Singxnikidan past. Ayni paytda Kumar zamburug‘ga qarshi dorilarni qabul qilmoqda.

Shifokorlarning fikriga ko‘ra, bugungi kungacha G‘ozioboddagi koronavirus bemorlarida "rangli” zamburug‘larga chalinish bo‘yicha 65 ta holat aniqlangan. Asosan, qora zamburug‘ bilan kasallangan mazkur bemorlarning 31 nafari tuzalgan, 33 nafari turli kasalxonalarda davolanmoqda, bir kishi vafot etgan.

Shu hafta Hindiston Kimyo sanoati va o‘g‘itlar vazirligi rahbari Sadananda Govda o‘zining Twitter’dagi sahifasida hindistonlik shifokorlar mamlakatda 11 717 kishida mukormikoz kasalligini qayd etganini aytdi.

Bundan tashqari, mamlakatda oq  va sariq zamburug‘ kasalliklari qayd etilgan, ammo infeksiyaning ushbu turlari bilan kasallanganlar soni ancha past.
Категория: Har-Hil | Просмотров:431 | Добавил: moderator | Теги: yangilik | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]
Профил
Время:14:21
Добро Пожаловать, Mexmon
Поиск
Калькулятор
Календарь
«  May 2021  »
ПнВтСрЧтПтСбВс
     12
3456789
10111213141516
17181920212223
24252627282930
31