• Merganlar - O'zbek Tilida
  • Zulmatdan Ovoz - O'zbek Tilida
  • Hevenhyorst - O'zbek Tilida
  • Yitqichni Izlab - O'zbek Tilida
  • Bo'rilar Jasorati - O'zbek Tilida
  • Yalmog'iz Dunyoni Qutqaradi - O'zbek Tilida
  • Ilonli Botqoq - O'zbek Tilida
  • Begona - O'zbek Tilida
  • Vahshiy Ona - O'zbek Tilida
  • Uddalab Bo'lmas Topshiriq 7 - O'zbek Tilida
  • Kompaniya - O'zbek Tilida
  • Hech Kimga Aytma - O'zbek Tilida
  • Najot Tongi - O'zbek Tilida
  • Stoun Yuragi - O'zbek Tilida
  • Avlod - O'zbek Tilida
  • Berkin - O'zbek Tilida
  • Solomon Keyn - O'zbek Tilida
  • Raketachilar Klubi - O'zbek Tilida
  • Enaga - O'zbek Tilida
  • Meg 2 - O'zbek Tilida
Наш опрос
QAYSI TAS-IX TIZIMI QULAY?
Всего ответов: 288
Статистика


Яндекс.Метрика


Сейчас онлайн: 14
Гостей: 14
Пользователи 0

faxriddin
Tre
Submarine
Sher80
Tohirjon
hbahodir1980
Umida4008
17797
Nodirjon
Yagshisaxet
Главная » 2020 » Iyun » 21 » Misr prezidenti harbiylarni Liviyaga hujum qilishga chaqirdi
13:30
Misr prezidenti harbiylarni Liviyaga hujum qilishga chaqirdi

Misr prezidenti Abdulfattoh as-Sisi armiyani davlat chegaralaridan tashqari jangovar harakatlarni amalga oshirish uchun tayyor bo‘lishga chaqirdi, deb xabar beradi "TASS”.

Mirs rahbarining ta’kidlashicha, Qohiraning boshqa davlatlar tomonidan qo‘llab-quvvatlanayotgan "to‘g‘ridan to‘g‘ri xavf” va "terrorchi jangarilar va yollanma qotillardan” himoyalanishga haqi bor va u bunga majbur.

"Chegaralarimiz ichida yoki zarurat tug‘ilgan chegara ortida ham har qanday vazifani bajarishga tayyor turing”, — deydi as-Sisi harbiylarga murojaat qilib.

Avvalroq Misr Liviyada urushni to‘xtatish tashabbusi bilan chiqib, saylangan boshqaruv kengashini tuzish taklifini bildirgandi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, Misr parlamenti prezident Abdulfattoh as-Sisining Liviyadagi mojarolarga aralashish to‘g‘risdagi har qanday so‘rovini qo‘llab-quvvatlashga tayyor.

"Agarda shunday so‘rov yuboriladigan bo‘lsa, parlament uni zudlik bilan ko‘rib chiqadi va qo‘llab-quvvatlaydi”, — deydi parlamentning Mudofaa va milliy xavfsizlik masalalari bo‘yicha qo‘mitasi a’zosi general-mayor Yahyo al-Kidvaniy. Uning so‘zlariga ko‘ra, mintaqa "hamma uchun istalmagan oqibatlarga olib keladigan bosqichda” turibdi. "Mazkur bayonot — qo‘shni Liviyaning xavfsizligiga putur yetkazmoqchi bo‘lganlar uchun. 

Misr o‘zining milliy xavfsizligiga putur yetakazadigan xavfni qo‘l qovushtirib tomosha qilib o‘tirmaydi. Misrning tashqi xavflardan o‘zini himoya qila olish imkoniyati bor. Biz harakatsiz o‘tirmaymiz va har qanday tahdidga qarshi tayyor turamiz, bu bizning qonuniy huquqimiz”, — deydi parlament a’zosi.

Eslatib o‘tamiz, Liviyada uzoq vaqtdan beri ikkita ijro hukumati parallel ravishda faoliyat ko‘rsatmoqda: BMT tomonidan tan olingan va Tripolida joylashgan milliy kelishuv hukumati hamda Xalifa Xaftarning Liviya milliy armiyasi tomonidan qo‘llab-quvvatlanuvchi mamlakat sharqida joylashgan Abudlla Abdurahmon at-Tanining vaqtinchalik mahkamasi.
Категория: Har-Hil | Просмотров:522 | Добавил: moderator | Теги: yangilik | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]
Профил
Время:21:07
Добро Пожаловать, Mexmon
Поиск
Калькулятор
Календарь