• Merganlar - O'zbek Tilida
  • Zulmatdan Ovoz - O'zbek Tilida
  • Hevenhyorst - O'zbek Tilida
  • Yitqichni Izlab - O'zbek Tilida
  • Bo'rilar Jasorati - O'zbek Tilida
  • Yalmog'iz Dunyoni Qutqaradi - O'zbek Tilida
  • Ilonli Botqoq - O'zbek Tilida
  • Begona - O'zbek Tilida
  • Vahshiy Ona - O'zbek Tilida
  • Uddalab Bo'lmas Topshiriq 7 - O'zbek Tilida
  • Kompaniya - O'zbek Tilida
  • Hech Kimga Aytma - O'zbek Tilida
  • Najot Tongi - O'zbek Tilida
  • Stoun Yuragi - O'zbek Tilida
  • Avlod - O'zbek Tilida
  • Berkin - O'zbek Tilida
  • Solomon Keyn - O'zbek Tilida
  • Raketachilar Klubi - O'zbek Tilida
  • Enaga - O'zbek Tilida
  • Meg 2 - O'zbek Tilida
Наш опрос
SAYTGA NIMALAR KO'PROQ KERAK?
Всего ответов: 1878
Статистика


Яндекс.Метрика


Сейчас онлайн: 15
Гостей: 15
Пользователи 0

faxriddin
Tre
Submarine
Sher80
Tohirjon
hbahodir1980
Umida4008
17797
Nodirjon
Yagshisaxet
Главная » 2018 » May » 21 » Mirziyoyev va Putin o‘rtasida telefon muloqoti bo‘lib o‘tdi
21:51
Mirziyoyev va Putin o‘rtasida telefon muloqoti bo‘lib o‘tdi

Bugun, 21 may kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev  Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Vladimir Putin bilan telefon orqali muloqot qildi.
 
Muloqot avvalida davlat rahbari Vladimir Putinni Rossiya Federatsiyasi Prezidenti lavozimiga kirishgani bilan yana bir bor samimiy tabriklab, unga katta muvaffaqiyatlar tiladi.
 
O‘zbekiston va Rossiya o‘rtasida do‘stlik, strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlari izchil rivojlanayotgani va mustahkamlanib borayotgani, shuningdek, o‘zaro manfaatli keng ko‘lamli hamkorlikda erishilgan yutuqlar chuqur mamnuniyat bilan alohida qayd etildi.
 
Muloqot davomida davlatlar rahbarlari Rossiya Federatsiyasi Prezidentining O‘zbekiston Respublikasiga davlat tashrifiga tayyorgarlik doirasidagi dolzarb masalalarni muhokama qildilar.
 
Savdo-iqtisodiy va investitsiya sohalarida, jumladan, Iqtisodiy hamkorlik bo‘yicha qo‘shma hukumatlararo komissiya faoliyati doirasida avval erishilgan kelishuvlar va imzolangan bitimlarni amalga oshirish muhim ekani ta'kidlandi.
 
Shu munosabat bilan Rossiyaning yetakchi kompaniya va banklari ishtirokida energetika majmui, mashinasozlik, elektrotexnika sanoati va boshqa yuqori texnologik tarmoqlarda istiqbolli loyihalarni tayyorlash masalalariga e'tibor qaratildi.
 
Tomonlar hududlar darajasida faol muloqotlarni davom ettirish hamda joriy yil kuzida Toshkent shahrida birinchi O‘zbekiston va Rossiya hududlararo forumini o‘tkazish haqida kelishib oldilar.
 
Turizm va madaniyat sohalaridagi almashinuvlarni yanada kengaytirish, ta'lim va sog‘liqni saqlash sohalarida o‘zaro manfaatli dasturlarni amalga oshirish zarurligi qayd etildi.
 
Davlatlar rahbarlari xalqaro siyosatning dolzarb masalalarini ham muhokama qildilar. Mintaqaviy xavfsizlik va barqarorlikni ta'minlash masalalari yuzasidan fikr almashildi.
 
Muloqot so‘ngida O‘zbekiston Respublikasi va Rossiya Federatsiyasi Prezidentlari turli formatlarda yaqindan hamkorlik qilishni davom ettirishga tayyor ekanliklarini bildirdilar.
Категория: Har-Hil | Просмотров:1137 | Добавил: Moderator | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]
Профил
Время:07:16
Добро Пожаловать, Mexmon
Поиск
Калькулятор
Календарь