• Merganlar - O'zbek Tilida
  • Zulmatdan Ovoz - O'zbek Tilida
  • Hevenhyorst - O'zbek Tilida
  • Yitqichni Izlab - O'zbek Tilida
  • Bo'rilar Jasorati - O'zbek Tilida
  • Yalmog'iz Dunyoni Qutqaradi - O'zbek Tilida
  • Ilonli Botqoq - O'zbek Tilida
  • Begona - O'zbek Tilida
  • Vahshiy Ona - O'zbek Tilida
  • Uddalab Bo'lmas Topshiriq 7 - O'zbek Tilida
  • Kompaniya - O'zbek Tilida
  • Hech Kimga Aytma - O'zbek Tilida
  • Najot Tongi - O'zbek Tilida
  • Stoun Yuragi - O'zbek Tilida
  • Avlod - O'zbek Tilida
  • Berkin - O'zbek Tilida
  • Solomon Keyn - O'zbek Tilida
  • Raketachilar Klubi - O'zbek Tilida
  • Enaga - O'zbek Tilida
  • Meg 2 - O'zbek Tilida
Наш опрос
SAYTGA QAYSI QURILMADAN KIRDINGIZ?
Всего ответов: 1969
Статистика


Яндекс.Метрика


Сейчас онлайн: 6
Гостей: 6
Пользователи 0

faxriddin
Tre
Submarine
Sher80
Tohirjon
hbahodir1980
Umida4008
17797
Nodirjon
Yagshisaxet
Главная » 2020 » May » 2 » Mirziyoyev To‘qayev bilan Sardoba suv omboridagi favqulodda hodisani muhokama qildi
20:38
Mirziyoyev To‘qayev bilan Sardoba suv omboridagi favqulodda hodisani muhokama qildi

Bugun, 2 may kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Qozog‘iston Respublikasi Prezidenti Qasim-Jomart Toqayev bilan telefon orqali muloqot qildi.

Suhbat avvalida davlat rahbarlari Sardoba suv omboridagi favqulodda hodisa bilan bog‘liq joriy vaziyatni hamda uning ikki mamlakat chegaraoldi hududlaridagi oqibatlarini bartaraf etish bo‘yicha yaqin hamkorlikni tashkil etish masalalarini batafsil muhokama qildilar.

Prezidentlar hukumatlarga ishni muvofiqlashtirgan holda ta’minlash va yuzaga kelayotgan barcha masalalarni tezkor hal qilish bo‘yicha topshiriq berdilar.

Shuningdek, O‘zbekiston va Qozog‘istonda koronavirus infeksiyasi tarqalishiga qarshi kurashish va uning ikki tomonlama savdo-iqtisodiy aloqalarga salbiy ta’sirini kamaytirish borasida amalga oshirilayotgan samarali chora-tadbirlar qo‘llab-quvvatlandi.

Muloqot chog‘ida O‘zbekiston va Qozog‘iston o‘rtasidagi do‘stlik, yaxshi qo‘shnichilik va strategik sheriklik munosabatlarini mustahkamlash masalalariga hamda ko‘p qirrali hamkorlikni yanada kengaytirish istiqbollariga alohida e’tibor qaratildi.

Ikki davlat Bosh vazirlari boshchiligidagi Hukumatlararo qo‘shma komissiyaning faol ishini davom ettirish muhimligi qayd etildi.

Iqtisodiyotning ustuvor tarmoqlarida, shu jumladan, Kostanay shahridagi qo‘shma korxonada avtomobil ishlab chiqarishni kengaytirish, qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtirish va qayta ishlash, uchinchi mamlakatlar bozorlariga chiqarish, zamonaviy transport-logistika infratuzilmasini rivojlantirish va boshqa yo‘nalishlar bo‘yicha qator yangi dastur va loyihalarni tayyorlash va amalga oshirish yuzasidan kelishuvga erishildi.

Prezidentlar xalqaro va mintaqaviy ahamiyatga molik dolzarb masalalar yuzasidan ham fikr almashdilar.

Turkiy tilli davlatlar hamkorlik kengashi navbatdan tashqari sammitida erishilgan kelishuvlarga muvofiq o‘tgan sog‘liqni saqlash va transport vazirlari onlayn anjumanlarining samarali natijalari mamnuniyat bilan qayd etildi.

Suhbat an’anaviy samimiy va do‘stona ruhda o‘tdi.
Категория: Har-Hil | Просмотров:528 | Добавил: moderator | Теги: yangilik | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]
Профил
Время:01:37
Добро Пожаловать, Mexmon
Поиск
Калькулятор
Календарь