• Merganlar - O'zbek Tilida
  • Zulmatdan Ovoz - O'zbek Tilida
  • Hevenhyorst - O'zbek Tilida
  • Yitqichni Izlab - O'zbek Tilida
  • Bo'rilar Jasorati - O'zbek Tilida
  • Yalmog'iz Dunyoni Qutqaradi - O'zbek Tilida
  • Ilonli Botqoq - O'zbek Tilida
  • Begona - O'zbek Tilida
  • Vahshiy Ona - O'zbek Tilida
  • Uddalab Bo'lmas Topshiriq 7 - O'zbek Tilida
  • Kompaniya - O'zbek Tilida
  • Hech Kimga Aytma - O'zbek Tilida
  • Najot Tongi - O'zbek Tilida
  • Stoun Yuragi - O'zbek Tilida
  • Avlod - O'zbek Tilida
  • Berkin - O'zbek Tilida
  • Solomon Keyn - O'zbek Tilida
  • Raketachilar Klubi - O'zbek Tilida
  • Enaga - O'zbek Tilida
  • Meg 2 - O'zbek Tilida
Наш опрос
SAYTNI QAYERDAN TOPDINGIZ?
Всего ответов: 705
Статистика


Яндекс.Метрика


Сейчас онлайн: 18
Гостей: 18
Пользователи 0

faxriddin
Tre
Submarine
Sher80
Tohirjon
hbahodir1980
Umida4008
17797
Nodirjon
Yagshisaxet
Главная » 2020 » Iyun » 21 » Mirjalol Qosimov: Vaziyatlardan foydalanishda kamchiliklar bor
15:21
Mirjalol Qosimov: Vaziyatlardan foydalanishda kamchiliklar bor

Futbol bo‘yicha O‘zbekiston Superligasi 5-turidan o‘rin olgan OKMK va "Surxon” jamoalari o‘rtasidagi bahsdan keyin har ikkala jamoa bosh murabbiylari o‘yin haqidagi fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

Dastlab mehmonlar bosh murabbiyi Bahrom Haydarov o‘yin haqida quyidagi fikrlarni bildirib o‘tdi.

"Albatta, bunday mag‘lubiyatga uchrash har bir jamoa uchun juda alamli. Lekin ushbu o‘yinda xursand qilgani, har bir futbolchimiz o‘yinga rejalashtirilgan taktikani to‘liq bajardi. Omad kelmadi va futbolchilarning texnik mahorati ozroq pand berdi. Umuman olganda, jamoa vazifani to‘liq bajardi. O‘yinni tahlil qilib chiqsak, kim qayerda xato qilganini ko‘rib chiqamiz.

Har xil o‘yin bo‘lib turadi. Biz durang uchun kelmagandik, chunki turnir jadvaldagi holatimizga ko‘ra har bir o‘yinda uch ochko uchun o‘ynashimiz kerak. Darvozabonimiz jamoadoshlarini o‘z pozitsiyasini egallab olishlari uchun shunday qilgandir.

Albatta, jamoa g‘alaba qozongandan keyin haqli ravishda g‘alaba qozongan bo‘ladi, biz nohaq mag‘lubiyatga uchradik demoqchi emasman. Har bir o‘yin va har bir raqibga qarab o‘yin strategiyasini ishlab chiqishimizga to‘g‘ri keladi. Masalan, kechagi o‘yin ham ko‘rsatdi, ochiq o‘yin nimalarga olib kelishini. OKMK funksional tomondan bizdan kuchliroq, agar ochiq o‘yin ko‘rsatganimizda hisob yiriklashib ketishi mumkin edi. Biz o‘z imkoniyatimiz kutdik, bir-ikki vaziyat bo‘ldi, undan foydalanganimizda, balki natija boshqacharoq bo‘lardi.

Har bir futbolchining o‘z o‘rni bor, ayniqsa, Shavkat Salomovdek mahoratli futbolchining. Lekin biz har qanday holatga tayyor turishimiz lozim. Diskvalifikatsiya muddati tugadi, o‘ylaymanki, u keyingi o‘yinlarda bizga yordam bera oladi”, — deb Haydarovning so‘zlarini keltiradi "Championat.asia”.

OKMK ustozi Mirjalol Qosimov esa o‘yindan so‘ng "Surxon”ning himoya chizig‘i ishonchli o‘yin ko‘rsatgani haqida gapirdi.

"O‘yin oson bo‘lmadi. "Surxon” malakali futbolchilarga ega yaxshi shakllangan jamoa. O‘tgan turda ular "Mash’al”ni yutolmagani tufayli ham bugun yanada kuchli ishtiyoq bilan o‘ynadi. Ular bugun himoyaga e’tibor qaratgan holda, qarshi hujum taktikasiga tayanib o‘ynadi. Qolaversa, "Surxon”da qarshi hujumda yaxshi harakatlanadigan hujumchi – Kasyan bor.

Raqib asosan himoyada o‘ynagani boisi birinchi bo‘limda ularning mudofaasidan o‘tishga qiynaldik. Ikkinchi bo‘limda o‘zimizda kuch topib, shiddatkor o‘yin taklif etdik. Shuningdek, o‘yinga tezlik, dinamika qo‘shildi. Natijada vaziyatlar paydo bo‘ldi.

Vaziyatlardan samarali foydalanishda kamchiliklar bor. Chunki o‘yin ritmini his etish uchun futbolchilarga vaqt kerak. Karantin tufayli uch oy dam olindi. Bu hazil emas. Mashg‘ulot boshqa, maydonda rasmiy o‘yin o‘tkazish boshqa. Qolaversa, ikki futbolchimizda (Shorahmedov va Zonich) jarohat borligi tufayli ular bugun o‘yinda ishtirok etmadi. Tarkibda o‘zgarishlar bo‘ldi. Endi rotatsiya qilib turamiz”, – deydi Qosimov.

Mazkur g‘alabadan keyin olmaliqliklar ochkolari sonini 11 taga yetkazib olib ikkinchi o‘ringa ko‘tarilib oldi. "Surxon”ning hisobida esa 5 ta o‘yinda 4 ochko bor. Jamoa musobaqa jadvalining 11-pog‘onasidan joy olgan.
Категория: Har-Hil | Просмотров:464 | Добавил: moderator | Теги: yangilik | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]
Профил
Время:12:12
Добро Пожаловать, Mexmon
Поиск
Калькулятор
Календарь