• Merganlar - O'zbek Tilida
  • Zulmatdan Ovoz - O'zbek Tilida
  • Hevenhyorst - O'zbek Tilida
  • Yitqichni Izlab - O'zbek Tilida
  • Bo'rilar Jasorati - O'zbek Tilida
  • Yalmog'iz Dunyoni Qutqaradi - O'zbek Tilida
  • Ilonli Botqoq - O'zbek Tilida
  • Begona - O'zbek Tilida
  • Vahshiy Ona - O'zbek Tilida
  • Uddalab Bo'lmas Topshiriq 7 - O'zbek Tilida
  • Kompaniya - O'zbek Tilida
  • Hech Kimga Aytma - O'zbek Tilida
  • Najot Tongi - O'zbek Tilida
  • Stoun Yuragi - O'zbek Tilida
  • Avlod - O'zbek Tilida
  • Berkin - O'zbek Tilida
  • Solomon Keyn - O'zbek Tilida
  • Raketachilar Klubi - O'zbek Tilida
  • Enaga - O'zbek Tilida
  • Meg 2 - O'zbek Tilida
Наш опрос
Qaysi mobil operatordan foydalanasiz?
Всего ответов: 373
Статистика


Яндекс.Метрика


Сейчас онлайн: 30
Гостей: 30
Пользователи 0

faxriddin
Tre
Submarine
Sher80
Tohirjon
hbahodir1980
Umida4008
17797
Nodirjon
Yagshisaxet
Главная » 2019 » Mart » 15 » Mirabror Usmonov vafot etdi
09:18
Mirabror Usmonov vafot etdi

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati a'zosi 71 yoshli Mirabror Usmonov bugun, 15 mart kuni olamdan ko‘z yumdi. Bu haqda OAVlar xabar bermoqda.

Avvalroq, astma kasalligiga chalingan Mirabror Usmonov og‘ir ahvolda o‘ziga tegishli "Ezgu niyat” klinikasiga yotqizilgani, ahvoli og‘ir ekani haqida xabar berilgan edi. 

Ma'lumot o‘rnida, Mirabror Usmonov 1947 yilning 4 iyulida Toshkent shahrida tug‘ilgan. 

•    1961 yildan 1967yilgacha — Toshkent shahridagi "Bahor" restoranida oltinchi razryadli oshpaz;
•    1970 yilda — Toshkent shahridagi "Guliston" restoranining ishlab chiqarish bo‘yicha mudiri;
•    1970 yildan 1986 yilgacha — "Do‘stlik" va "Zarafshon" restoranlari direktori,  Toshkent shahri restoranlar tresti direktori;
•    1986 yildan 1990 yilgacha — Toshkent shahar ijroiya qo‘mitasining Umumiy ovqatlanish bosh boshqarmasi boshlig‘i;
•    1990 yildan 1992 yilgacha — O‘zbekiston Respublikasi savdo vaziri;
•    1992 yildan 1994 yilgacha — "O‘zbeksavdo" kompaniyasi raisi;
•    1994 yildan 2005 yilgacha — O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari;
•    2005 yildan 2017 yilgacha — O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Tashqi siyosat masalalari qo‘mitasida doimiy asosda ishlovchi senator;
•    2006 yildan 2017 yilgacha — O‘zbekiston Futbol Federatsiyasi prezidenti (2009 yili keyinggi to‘rt yillik muddatga qayta saylangan);
•    2013 yildan 2017 yilgacha O‘zbekiston Milliy Olimpiya qo‘mitasi Prezidenti;
•    2015 yildan 2018 yilgacha — Markaziy Osiyo Futbol uyushmasi prezidenti o‘laroq faoliyat yuritgan.

1995 yilda "Mehnat shuhrati" ordeni, 1997 yilda O‘zbekiston Respublikasi Maqtov yorlig‘i, 2006 yilda "O‘zbekiston mustaqilligiga 15 yil” esdalik nishoni, 2012 yilda "El-yurt hurmati” ordeni bilan mukofotlangan. Prezident Shavkat Mirziyoyev davrida – 2017 yilda "Do‘stlik” ordeni bilan taqdirlandi.

NOZIM-STUDIO.COM portali a'zolari nomidan marhumning oila a'zolari va yaqinlariga hamdardlik bildiramiz. 
Категория: Har-Hil | Просмотров:1283 | Добавил: Admin | Теги: yangilik | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]
Профил
Время:11:12
Добро Пожаловать, Mexmon
Поиск
Калькулятор
Календарь
«  Mart 2019  »
ПнВтСрЧтПтСбВс
    123
45678910
11121314151617
18192021222324
25262728293031