• Merganlar - O'zbek Tilida
  • Zulmatdan Ovoz - O'zbek Tilida
  • Hevenhyorst - O'zbek Tilida
  • Yitqichni Izlab - O'zbek Tilida
  • Bo'rilar Jasorati - O'zbek Tilida
  • Yalmog'iz Dunyoni Qutqaradi - O'zbek Tilida
  • Ilonli Botqoq - O'zbek Tilida
  • Begona - O'zbek Tilida
  • Vahshiy Ona - O'zbek Tilida
  • Uddalab Bo'lmas Topshiriq 7 - O'zbek Tilida
  • Kompaniya - O'zbek Tilida
  • Hech Kimga Aytma - O'zbek Tilida
  • Najot Tongi - O'zbek Tilida
  • Stoun Yuragi - O'zbek Tilida
  • Avlod - O'zbek Tilida
  • Berkin - O'zbek Tilida
  • Solomon Keyn - O'zbek Tilida
  • Raketachilar Klubi - O'zbek Tilida
  • Enaga - O'zbek Tilida
  • Meg 2 - O'zbek Tilida
Наш опрос
Qaysi mobil operatordan foydalanasiz?
Всего ответов: 373
Статистика


Яндекс.Метрика


Сейчас онлайн: 8
Гостей: 8
Пользователи 0

faxriddin
Tre
Submarine
Sher80
Tohirjon
hbahodir1980
Umida4008
17797
Nodirjon
Yagshisaxet
Главная » 2018 » May » 25 » Milliy olimpiya qo‘mitasi kollejlarga qabul imtihonlarini jiddiy nazoratga oladi
20:34
Milliy olimpiya qo‘mitasi kollejlarga qabul imtihonlarini jiddiy nazoratga oladi

O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasi Jismoniy tarbiya va sport universiteti hamda Olimpiya zaxiralari kollejlariga qabul imtihonlarini jiddiy nazoratga oladi. Bu haqda MOQ Matbuot xizmati xabar bermoqda.
 
Bugun, 25 may kuni Chirchiq shahridagi O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetida "O‘zbekistonda jismoniy tarbiya va ommaviy sportni yanada rivojlantirish istiqbollari” mavzusida Respublika ilmiy-amaliy anjumani tashkil qilindi. Unda O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasi Bosh kotibi Jasur Matchanov, O‘zbekiston Jismoniy tarbiya va sport vazirligi boshqarma boshlig‘i Nazirjon Xudoyqulovlar ishtirok etdi. Bundan tashqari, ushbu tadbirda Toshkent viloyati prokurorining o‘rinbosari hamda Chirchiq shahar prokurori ham qatnashdi.
 
Ma'lumki, ayni paytda respublikadagi oliy ta'lim muassasalariga o‘quv yili yakuniga yetib bormoqda va qabul jarayonlariga tayyorgarlik qizg‘in pallaga kirgan. Milliy olimpiya qo‘mitasi yuritayotgan siyosatga ko‘ra sport o‘quv yurtlariga qabul jarayonlari shaffoflik va holislik bilan o‘tishi, turli nohaqliklardan holi bo‘lishi lozim. Uchrashuvda ana shu masalalar yuzasidan fikr almashildi, tushuntirishlar berildi.
 
MOQ Bosh kotibi Jasur Matchanov Jismoniy tarbiya va sport universiteti, Olimpiya zaxiralari sport kollejlarida bu yilgi qabul jarayonlarini shaffoflik bilan tashkil etish, turli qing‘irliklarga yo‘l qo‘yilmasligi uchun MOQ tomonidan kerakli ishlar amalga oshirilishini qayd etdi. Unga ko‘ra MOQ, vazirlik va sport federatsiyalari mas'ul xodimlari qabul jarayonlarida bevosita ishtirok etadi. Bu esa qabul jarayonida shaffoflikni ta'minlash, ma'lum darajada korrupsiyani oldini olish imkonini beradi.
 
Yig‘ilishdan so‘ng shu yerning o‘zida universitetning kafedra mudirlari, mas'ul xodimlari bilan alohida gaplashib olindi. Qabul jarayonida yo‘l qo‘yiladigan nohaqliklar kechirilmasligi uqtirildi. Bu borada yuzaga kelgan turli holatlar misol tariqasida keltirib o‘tildi.
 
O‘z navbatida halol va sidqidildan faoliyat ko‘rsatayotgan ustozlarni rag‘batlantirish maqsadida, davlatimiz rahbarining topshirig‘iga asosan Moliya vazirligi bilan hamkorlikda professor-o‘qituvchilar va ilmiy-xodimlar maoshlarining oshirilishi bo‘yicha Vazirlar Mahkamasiga qaror loyihasi tayyorlanayotganligi ma'lum qilindi.
Категория: Har-Hil | Просмотров:989 | Добавил: Moderator | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]
Профил
Время:01:49
Добро Пожаловать, Mexmon
Поиск
Калькулятор
Календарь