• Merganlar - O'zbek Tilida
  • Zulmatdan Ovoz - O'zbek Tilida
  • Hevenhyorst - O'zbek Tilida
  • Yitqichni Izlab - O'zbek Tilida
  • Bo'rilar Jasorati - O'zbek Tilida
  • Yalmog'iz Dunyoni Qutqaradi - O'zbek Tilida
  • Ilonli Botqoq - O'zbek Tilida
  • Begona - O'zbek Tilida
  • Vahshiy Ona - O'zbek Tilida
  • Uddalab Bo'lmas Topshiriq 7 - O'zbek Tilida
  • Kompaniya - O'zbek Tilida
  • Hech Kimga Aytma - O'zbek Tilida
  • Najot Tongi - O'zbek Tilida
  • Stoun Yuragi - O'zbek Tilida
  • Avlod - O'zbek Tilida
  • Berkin - O'zbek Tilida
  • Solomon Keyn - O'zbek Tilida
  • Raketachilar Klubi - O'zbek Tilida
  • Enaga - O'zbek Tilida
  • Meg 2 - O'zbek Tilida
Наш опрос
SAYTGA QAYSI QURILMADAN KIRDINGIZ?
Всего ответов: 1969
Статистика


Яндекс.Метрика


Сейчас онлайн: 5
Гостей: 5
Пользователи 0

faxriddin
Tre
Submarine
Sher80
Tohirjon
hbahodir1980
Umida4008
17797
Nodirjon
Yagshisaxet
Главная » 2020 » Fevral » 3 » “Menga 40 ming odam qancha berganini eslayman”. Ahmadboy Prezidentdan avf so‘radi
13:43
“Menga 40 ming odam qancha berganini eslayman”. Ahmadboy Prezidentdan avf so‘radi

Jinoyat ishlari bo‘yicha Quyi Chirchiq tuman sudi binosida sudlanuvchilar Ahmad Tursunboyev (Ahmadboy) va yana 16 kishiga nisbatan ochilgan jinoyat ishi yuzasidan sud ishi bo‘lib o‘tmoqda.
Sud majlisida jabrlanuvchilardan faqatgina bir nafari ko‘rsatma berish uchun hozir bo‘ldi. Suddan so‘ng, Ahmadboy o‘zining kelajakdan umidi katta ekani haqida aytib intervyu berdi.

Sud majlisi boshida ko‘rsatma bergan jabrlanuvchining gaplari qгyidagicha bo‘ldi:

"2016-yil bo‘lgani uchun esdan chiqqan. Bitta Lacetti mashinasini sotib, pulini berganman. Aniq necha pul berganimni eslay olmayapman. Lekin shuni bilamanki, biror marta pul olmaganman”, — deydi shikoyatchi Saidmurod Amirov.

Bunga javoban ayblanuvchi Ahmadjon Tursunboyev jabrlanuvchidan necha marta pul topshirgani, pul yoki avtomobil topshirganmi, katta miqdordagi pulni nega eslay olmagani haqida so‘radi.

"Yosh bola emassan-ku, shuncha pul berganingni aniq miqdorini bilmaysanmi? Menga pul bergan 40 ming odamni eslayman. Qo‘lingda cheking bormi o‘zi?”, — deya jabrlanuvchiga o‘z e’tirozini bildirdi.

Shundan so‘ng, raislik qiluvchi sud’ya jabrlanuvchiga yuzlandi. "Sizga bular 14 ming AQSh dollari miqdorida pulni 12 oyga bo‘lib, har oy 1140 dollardan berib kelishi kerak edi, to‘g‘rimi? Sizga berganmi biror marta pul?”, — deya savol berdi sudya. Jabrlanuvchi biror marta pul olmaganini aytdi.

"Baraka topgur. Bergan pulingni nega eslolmaysan? Pul-ku bu. Yo sen 100 foiz aldayapsan, yoki umuman pul topshirmagansan. Sen topshirmagansan pul menga. Topshirganingda aniq qilib gapirarding. Pul-ku bu, axir. Yoki pulingni o‘rtakash kiritgan, sen kiritmagansan”, — deydi Ahmadjon Tursunboyev.

Sud majlisi so‘nggida raislik qiluvchi sud’ya Ahmadboy tomonidan ushbu jabrdiydaga berilishi kerak summani aniqlashtirdi. "Avval o‘tgan sud ishida sizga 5864 dollar undirilishi belgilangan ekan. Bu bo‘yicha majburiy ijro undirish ishini olib boradi. Bundan tashqari, siz bulardan olish kerak bo‘lgan mablag‘ – 1140 AQSh dollari bo‘lib chiqmoqda”, — deya aniqlik kiritdi sudya.

Sud majlisi yakunida, sudya bu pullarni sud hukmi chiqqanidan so‘ng, majburiy ijro orqali olishini aytdi.

"Bizda hammasi hisob-kitobli. Fuqarolar Xudo xohlasa pulini oladi. 12 mingta jabrlangan fuqarolarning hammasi pulini oladi. Professional tartibda oladi. Masalan, 10 million so‘m pul bergan odam 2 million so‘m oladi. Agar 30 foiz oladigan bo‘lsa, 3 million so‘m oladi.

Bu yerga kelgan fuqarolar necha pul berganini biladi. Lekin sudga, tergovchiga to‘g‘risini aytmaydi. 3 ming dollar bergan bo‘lsa, 4 ming deb yuboryapti ko‘p fuqarolar. Tergovchi va sud’ya folbin emas-ku. Ayrim fuqarolar to‘g‘risini aytishi kerak-da. Men bu faoliyatimni 2006-yil boshlaganman. Men qoramol bilan ish qilganman. Men 6 oy, 1 yilga qoramollar bilan ish qilib yurganman. Yil davomida o‘zim 200-300 xonadondan mol olib, 1 yil aylantirardim va har bir xonadonga o‘zim borib tarqatardim. Kassa qilish 2014 yilda boshlangan.

Odamlar men bilan oldi-berdi qilib yurardi. Ishimni to‘xtashimni, odamlarga pullarini berishimni aytganimda odamlar qo‘ymagan, ishlashim zarurligini aytishgan. Bergan pullarimni ham o‘zimga qaytarib berishgan. Qachongacha odamlarga foiz to‘lab o‘tib ketaman, deb to‘xtatmoqchi bo‘lganman. Bu faoliyatni yurgizishda juda qiynalganman”, — deydi ayblanuvchi.

Ahmadboy Tursunboyev davlat rahbaridan afv kutayotganini, agar kechirilsa, chorva va kartoshka ekish bilan shug‘ullanmoqchiligi haqida gapirdi.

"Muxtaram Prezidentimiz Shavkat Miromonovichning iloyim umrlari uzoq bo‘lsin. Bola-chaqasini rohatini ko‘rsin. Hech qachon o‘lmasin shu inson. Muxtaram Prezidentimiz afv etsalar, chorva va parrandachilik bilan shug‘ullanaman. Men o‘zimning soham o‘zi – chorva. Shuningdek, o‘zim dehqonchlilik qilaman. Yiliga 80-90 gektar kartoshka ekardim. Shu ishimni qilaman”, — deya umid qilmoqda Ahmadboy.

Ma’lumot o‘rnida, jinoyat ishlari bo‘yicha Quyichirchiq tuman sudi binosida sudlanuvchilar Ahmadjon Tursunboyev va boshqalarga (sudlanuvchilarning umumiy soni – 16 nafar) nisbatan jinoyat ishining tergov bilan yakunlangan qismini ko‘rib chiqish bo‘yicha to‘rtinchi ochiq sud bo‘lib o‘tmoqda.

Mazkur jinoiy ish jinoyat ishlari bo‘yicha Toshkent viloyat sudi sudyasi Xayriddin Shermuhamedov raisligida ko‘rib chiqilmoqda.
Avvalroq Ahmadjon Tursunboyev bu yo‘lga qanday kirgani haqidagi haqiqatlarni oshkor etib, aldangan odamlarga pullarni qay tarzda qaytarishini ma’lum qilgandi.
Категория: Har-Hil | Просмотров:502 | Добавил: moderator | Теги: yangilik | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]
Профил
Время:00:58
Добро Пожаловать, Mexmon
Поиск
Калькулятор
Календарь
«  Fevral 2020  »
ПнВтСрЧтПтСбВс
     12
3456789
10111213141516
17181920212223
242526272829