• Merganlar - O'zbek Tilida
  • Zulmatdan Ovoz - O'zbek Tilida
  • Hevenhyorst - O'zbek Tilida
  • Yitqichni Izlab - O'zbek Tilida
  • Bo'rilar Jasorati - O'zbek Tilida
  • Yalmog'iz Dunyoni Qutqaradi - O'zbek Tilida
  • Ilonli Botqoq - O'zbek Tilida
  • Begona - O'zbek Tilida
  • Vahshiy Ona - O'zbek Tilida
  • Uddalab Bo'lmas Topshiriq 7 - O'zbek Tilida
  • Kompaniya - O'zbek Tilida
  • Hech Kimga Aytma - O'zbek Tilida
  • Najot Tongi - O'zbek Tilida
  • Stoun Yuragi - O'zbek Tilida
  • Avlod - O'zbek Tilida
  • Berkin - O'zbek Tilida
  • Solomon Keyn - O'zbek Tilida
  • Raketachilar Klubi - O'zbek Tilida
  • Enaga - O'zbek Tilida
  • Meg 2 - O'zbek Tilida
Наш опрос
Ўзбекистоннинг энг яхши телеканалини белгиланг
Всего ответов: 683
Статистика


Яндекс.Метрика


Сейчас онлайн: 13
Гостей: 13
Пользователи 0

faxriddin
Tre
Submarine
Sher80
Tohirjon
hbahodir1980
Umida4008
17797
Nodirjon
Yagshisaxet
Главная » 2020 » Fevral » 16 » “Mendan hech narsa kutmang, meni saylamagansiz”. Deputat Alisher Qodirov Oltinsoydagi “bebosh fuqarolarni keskin jazolash”ni talab qildi
21:03
“Mendan hech narsa kutmang, meni saylamagansiz”. Deputat Alisher Qodirov Oltinsoydagi “bebosh fuqarolarni keskin jazolash”ni talab qildi
Oliy Majlis Qonunchilik palatasi spikeri o‘rinbosari — parlamentdagi "Milliy tiklanish” demokratik partiyasi fraksiyasi rahbari Alisher Qodirov ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarida Surxondaryo viloyati Oltinsoy tumani "Xalqobod” mahallasida 14-fevral kuni aholi va hokimiyat vakillari o‘rtasida yuz bergan ziddiyatli holatga munosabat bildirdi. Deputatning fikri, keyinchalik uning Facebook’da foydalanuvchilar bilan munozaraga kirishishi muhokamalarga sabab bo‘ldi.

Deputat Oltinsoyda yuz bergan voqeaga munosabat bildirarkan, hodisani "bir guruh fuqarolar tomonidan amalga oshirilgan qo‘pol qonun buzilishi, jamoat tartibiga putur yetkazish harakatlari” deb ta’riflagan, jinoyat deb atagan. Shuningdek, u "aybdorlarga keskin jazo belgilanishi kerak”ligini ta’kidlagan.

Surxondaryo viloyati Oltinsoy tumanida bir guruh fuqarolar tomonidan amalga oshirilgan qo‘pol qonun buzilishi, jamoat tartibiga putur yetkazish harakatlari qonunlarimizga ham, qadriyatlarimizga ham zid bo‘lgan jinoyat sifatida baholanishi kerak.

So‘nggi yillarda mamlakatimizda inson manfaatlari ustivorligi, huquq va erkinliklarini taminlash, turmush sharoitlarini o‘zgartirish maqsadida olib borilayotgan keng qamrovli ishlar aslo mamlakatimizda qonun ustuvorligini ta’minlashga to‘sqinlik qilmaydi. Zero qonun ustivor bo‘lgan davlatlardagina halqqa samarali xizmat qilish mumkin.

Huquqni muhofaza qiluvchi idoralar tomonidan ushbu jinoyat ochiq tergov qilinishi va aybdorlarga keskin jazo belgilanishi kerak.

Alisher Qodirov, Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati

Oltinsoydagi voqea yuzasidan shu vaqtgacha asosan rasmiy doira (Ichki ishlar vazirligi, Bosh prokuratura) vakillarining munosabatlari e’lon qilingani, jamoatchilik vakillari rasmiylarning ushbu bayonotlarini shubha ostiga olayotgan bir vaqtda xalq vakilining "aybdorlarni keskin jazolash” talabi bilan e’lon qilgan posti bir qator foydalanuvchilarning e’tirozlariga sabab bo‘ldi. Deputat ushbu e’tirozlarga birma-bir javob berishga uringan.

"Eng oson yo‘l — bu xalqni aybdor qilish”, deb izoh qoldirgan foydalanuvchiga javoban deputat shunday degan: "Oddiy xalq militsiyani urmaydi. Urgan daqiqadan boshlab, u oddiy xalq bo‘lmaydi! Ayblash prokurorning vakolatidagi masala. Men jamoa tartibini buzganlarga keskinroq chora belgilash tarafdoriman!”.

Deputatdan yoshlarning umidini so‘ndirmaslikni so‘ragan foydalanuvchiga javob berarkan, Alisher Qodirov, jumladan, shunday fikr bildirgan: "Xalq nomidan to‘rtta beboshning davlatga tosh otishiga ‘to‘xta’ demasak, ertaga nima bo‘ladi. Huquqiy madaniyatni o‘zgartiramiz: noqonuniy qurilish — amnistiya, zo‘ravonlik — ko‘z yum, tovlamachiga o‘z qo‘li bilan pul bergan — davlat hisobidan qaytarib ber, noqonuniy yer o‘zlashtirib ol — xokim aybdor... Biz qachon halq bo‘lamiz o‘zi?! Qachon davlat bo‘lamiz bu ketishda?!”.

Yana bir foydalanuvchi: "Sizdan nima kutish mumkin? Xalqni ayblash oson. Haqiqiy deputatlar saylanmaguncha, shu ahvol”, deb fikr qoldirgan. Deputat Qodirovning bunga javobi ijtimoiy tarmoqlarda tarqalib ketgan: "Xalqni ayblash hech kimni qo‘lidan kelmaydi. Xalq ayblaydi. Qozi ham, amaldor ham xalq nomidan ish qiladi. Davlat xizmatchisiga kuch ishlatish mumkinmas. Xalq shunday qonunni maqullagan. Men sizni umidvor qilmaganman, mendan hech narsa kutmang. Siz meni saylamagansiz, bundan keyin ham saylamaysiz... saylamasangiz ham mayli. Fikringizdan juda ham tasirlanganim yo‘q”.

Boshqa bir foydalanuvchining: "E, sendek deputat bo‘lgandan ko‘ra daladagi cho‘pon bo‘lgan yaxshi!”, deb yozgan kommentiga Alisher Qodirov shunday javob qaytargan: "Cho‘pon bo‘lishning yaxshiroq ekanligi Payg‘ambarimiz (s.a.v.) tomonidan aytib o‘tilgan. Siz deputat bo‘ling, men cho‘ponlikka ketaman”.

Ma’lumot uchun, Alisher Qodirov 2019-yilgi parlament saylovida Jizzax viloyatidagi 36-Paxtakor saylov okrugidan Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatligiga saylangan. U bir urinishda parlament deputatiga aylana olmagan yagona partiya yetakchisiga aylangan edi.
Категория: Har-Hil | Просмотров:576 | Добавил: moderator | Теги: yangilik | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]
Профил
Время:20:35
Добро Пожаловать, Mexmon
Поиск
Калькулятор
Календарь
«  Fevral 2020  »
ПнВтСрЧтПтСбВс
     12
3456789
10111213141516
17181920212223
242526272829