• Merganlar - O'zbek Tilida
  • Zulmatdan Ovoz - O'zbek Tilida
  • Hevenhyorst - O'zbek Tilida
  • Yitqichni Izlab - O'zbek Tilida
  • Bo'rilar Jasorati - O'zbek Tilida
  • Yalmog'iz Dunyoni Qutqaradi - O'zbek Tilida
  • Ilonli Botqoq - O'zbek Tilida
  • Begona - O'zbek Tilida
  • Vahshiy Ona - O'zbek Tilida
  • Uddalab Bo'lmas Topshiriq 7 - O'zbek Tilida
  • Kompaniya - O'zbek Tilida
  • Hech Kimga Aytma - O'zbek Tilida
  • Najot Tongi - O'zbek Tilida
  • Stoun Yuragi - O'zbek Tilida
  • Avlod - O'zbek Tilida
  • Berkin - O'zbek Tilida
  • Solomon Keyn - O'zbek Tilida
  • Raketachilar Klubi - O'zbek Tilida
  • Enaga - O'zbek Tilida
  • Meg 2 - O'zbek Tilida
Наш опрос
Ўзбекистоннинг энг яхши телеканалини белгиланг
Всего ответов: 689
Статистика


Яндекс.Метрика


Сейчас онлайн: 165
Гостей: 165
Пользователи 0

2904
Risolat0921
faxriddin
Tre
Submarine
Sher80
Tohirjon
hbahodir1980
Umida4008
17797
Главная » 2018 » Iyul » 3 » Meduza, chuvalchang, o‘rgimchak va tarixdagi boshqa eng g‘alati yomg‘irlar
11:33
Meduza, chuvalchang, o‘rgimchak va tarixdagi boshqa eng g‘alati yomg‘irlar

Maqolada tarixda kuzatilgan eng noodatiy yomg‘irlar haqida ma’lumot beramiz.
Baliq yomg‘iri
Gonduras, 2003-yil

Umuman olganda, Yoroda deyarli har yili osmondan baliq yog‘iladi: yozgi bo‘ronlar ularni yaqin oradagi ko‘llardan olib keladi. Ammo 2003-yilda baliq yomg‘iri ko‘proq oxir zamonni eslatib yubordi, chunki baliqlar osmondan butun bir kun davomida yog‘ilib turdi.

Meduza yomg‘iri
Tokio, 1998-yil

Shilimshiq mavjudotlar Tokio ko‘chalarini to‘ldirdi, mahalliy hukumatga esa yo‘llarni tozalash uchun juda ko‘p vaqt kerak bo‘ldi.

Bug‘doy yomg‘iri
Ispaniya, 1804-yil

Aynan Ispaniya janubida hosilsizlik kuzatilayotgan bir paytda bug‘doy yomg‘iri mahalliy aholi uchun xudoning mo‘jizasi bo‘lib tuyuldi. Oxir-oqibat, kuchli musson Shimoliy Afrikadagi omborlarni buzib, bug‘doyni o‘sha yerdan olib kelgani ma’lum bo‘ldi.

Qush yomg‘iri
AQSh, 2011-yil

Rojdestvo arafasidagi tunda AQShning Arkanzas shtati osmonidan naq besh mingga yaqin o‘lik qorayaloq qushlari yog‘ildi. Parrandashunoslar bu qushlar qayerdan kelgani va ular nima uchun nobud bo‘lganini aniqlay olmadi.

Chuvalchang yomg‘iri
Shotlandiya, 2011-yil

Shotlandiyalik maktab o‘quvchilari futbol maydonida jismoniy tarbiya bilan shug‘ullanayotgan paytda ularning ustiga chuvalchang yomg‘iri yog‘ib berdi. Ammo buning sababi topilmadi, axir o‘sha kuni yaqin orada na bo‘ron, na qandaydir kuchli shamol ham kuzatilmagan edi-da.

O‘rgimchak yomg‘iri
Avstraliya, 2015-yil

Bunaqasi faqat Avstraliyada sodir bo‘lishi mumkin. Goulbern yaqinida maxsus yengil "parashyutlar”ni to‘qib, shu tariqa okrug bo‘ylab sayohat qiluvchi o‘rgimchaklar koloniyani tashkil qildi. Ammo kutilmagan quyun butun koloniyani dast ko‘tarib, to‘g‘ri avstraliyaliklarning boshlariga olib bordi.

Qurbaqa yomg‘iri
Serbiya, 2005-yil

Osmondan qurbaqalar yog‘ilgan vaqtda mahalliy aholi sarosimaga tushib qoldi. Keyinroq ma’lum bo‘lishicha, kuchli quyun badbaxt qurbaqalarni yaqin oradagi ko‘ldan olib, shahar ustiga sochgan.
Категория: Har-Hil | Просмотров:1246 | Добавил: Moderator | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]
Профил
Время:14:01
Добро Пожаловать, Mexmon
Поиск
Калькулятор
Календарь
«  Iyul 2018  »
ПнВтСрЧтПтСбВс
      1
2345678
9101112131415
16171819202122
23242526272829
3031