• Merganlar - O'zbek Tilida
  • Zulmatdan Ovoz - O'zbek Tilida
  • Hevenhyorst - O'zbek Tilida
  • Yitqichni Izlab - O'zbek Tilida
  • Bo'rilar Jasorati - O'zbek Tilida
  • Yalmog'iz Dunyoni Qutqaradi - O'zbek Tilida
  • Ilonli Botqoq - O'zbek Tilida
  • Begona - O'zbek Tilida
  • Vahshiy Ona - O'zbek Tilida
  • Uddalab Bo'lmas Topshiriq 7 - O'zbek Tilida
  • Kompaniya - O'zbek Tilida
  • Hech Kimga Aytma - O'zbek Tilida
  • Najot Tongi - O'zbek Tilida
  • Stoun Yuragi - O'zbek Tilida
  • Avlod - O'zbek Tilida
  • Berkin - O'zbek Tilida
  • Solomon Keyn - O'zbek Tilida
  • Raketachilar Klubi - O'zbek Tilida
  • Enaga - O'zbek Tilida
  • Meg 2 - O'zbek Tilida
Наш опрос
YOSHINGIZ?
Всего ответов: 1362
Статистика


Яндекс.Метрика


Сейчас онлайн: 11
Гостей: 11
Пользователи 0

faxriddin
Tre
Submarine
Sher80
Tohirjon
hbahodir1980
Umida4008
17797
Nodirjon
Yagshisaxet
Главная » 2020 » Iyun » 26 » Maykl Pompeo O‘zbekistonda odam savdosi va majburiy mehnat masalasida amalga oshirilgan ishlarga baho berdi
13:54
Maykl Pompeo O‘zbekistonda odam savdosi va majburiy mehnat masalasida amalga oshirilgan ishlarga baho berdi

AQSh Davlat kotibi Maykl Pompeo O‘zbekistonda odam savdosiga qarshi amalga oshirilgan choralarni ijobiy baholadi. Bu haqda Davlat departamentining rahbari 2020-yil uchun Odam savdosi to‘g‘risidagi hisobotiga bag‘ishlangan anjumanda ta’kidlab o‘tdi.

"Markaziy Osiyoda ba’zi hukumatlar uzoq vaqtdan beri odamlarni paxta sanoatida va boshqa sohalarda o‘z aholisini majburiy mehnatga jalb qilardi. O‘zbekistonning bu boradagi muhim sa’y-harakatlari mintaqadagi boshqa davlatlar uchun yangi standartni yaratmoqda”, — dedi Maykl Pompeo.

Shu bilan birga, Davlat kotibi AQSh hukumatlar homiyligida amalga oshiriladigan odam savdosiga yo‘l qo‘ymasligini va bu singari hukumatlarni qo‘llab-quvvatlamasligini bildirdi.

"Biz hukumat homiyligida amalga oshiriladigan odam savdosiga jiddiy qaraymiz. AQSh o‘z fuqarolarini zulmga duchor qilish singari odam savdosi siyosati yoki modelini ilgari suradigan har qanday hukumat bilan birga bo‘lmaydi”, — deya qayd etib o‘tdi Pompeo.

Ma’lumot uchun, Oliy Majlis Senati raisi boshchiligida 17-iyun kuni Odam savdosiga va majburiy mehnatga qarshi kurashish milliy komissiyasi majlisi bo‘lib o‘tdi. Unda Tanzila Norboyeva odam savdosiga va majburiy mehnatga qarshi kurashish borasida 2019-yilda odam savdosi bilan bog‘liq jinoyatlar 22 foizga kamaygani haqida ta’kidlab o‘tgan. Shu bilan birga, 2019-yilda odam savdosi bilan bog‘liq jinoyatlar 2018-yilga nisbatan kamaygan bo‘lsa-da, bu yo‘nalishda sodir etilgan umumiy jinoyatlar orasida chaqaloq savdosi bilan bog‘liq jinoyatlar yuqoriligicha (43 foiz) qolayotganini ma’lum qilgan.


Eslatib o‘tamiz, Sirdaryo viloyatining Guliston shahrida 23-iyun kuni 2020-yilning may oyida tug‘ilgan chaqaloqni 18 ming dollarga sotmoqchi bo‘lgan ayollar qo‘lga olingandi. Navoiyda 23 kunlik chaqalog‘ini 3 million so‘mga sotmoqchi bo‘lgan ayolga jinoiy ish ochilgandi.

Avvalroq Qoraqalpog‘istonda 13 yoshli farzandini 15 ming dollarga pullayotgan ayol qo‘lga olingani, Xorazmda 2 yoshli farzandini 7700 dollarga sotmoqchi bo‘lgan ayol qo‘lga tushgani hamda Navoiyda 3 oylik bolasini 3 xonali uyga almashtirayotgan ayol va uning otasi jinoyat ustida ushlangani haqida xabarlar berilgan edi.
Категория: Har-Hil | Просмотров:459 | Добавил: moderator | Теги: yangilik | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]
Профил
Время:09:24
Добро Пожаловать, Mexmon
Поиск
Калькулятор
Календарь