• Merganlar - O'zbek Tilida
  • Zulmatdan Ovoz - O'zbek Tilida
  • Hevenhyorst - O'zbek Tilida
  • Yitqichni Izlab - O'zbek Tilida
  • Bo'rilar Jasorati - O'zbek Tilida
  • Yalmog'iz Dunyoni Qutqaradi - O'zbek Tilida
  • Ilonli Botqoq - O'zbek Tilida
  • Begona - O'zbek Tilida
  • Vahshiy Ona - O'zbek Tilida
  • Uddalab Bo'lmas Topshiriq 7 - O'zbek Tilida
  • Kompaniya - O'zbek Tilida
  • Hech Kimga Aytma - O'zbek Tilida
  • Najot Tongi - O'zbek Tilida
  • Stoun Yuragi - O'zbek Tilida
  • Avlod - O'zbek Tilida
  • Berkin - O'zbek Tilida
  • Solomon Keyn - O'zbek Tilida
  • Raketachilar Klubi - O'zbek Tilida
  • Enaga - O'zbek Tilida
  • Meg 2 - O'zbek Tilida
Наш опрос
SAYTNI QAYERDAN TOPDINGIZ?
Всего ответов: 705
Статистика


Яндекс.Метрика


Сейчас онлайн: 6
Гостей: 6
Пользователи 0

faxriddin
Tre
Submarine
Sher80
Tohirjon
hbahodir1980
Umida4008
17797
Nodirjon
Yagshisaxet
Главная » 2017 » Iyul » 4 » Mavluda Asalxo‘jayeva: Erkak kishiga ayollarning libosini kiyib, pardoz qilib yurish to‘g‘ri keladimi?
09:59
Mavluda Asalxo‘jayeva: Erkak kishiga ayollarning libosini kiyib, pardoz qilib yurish to‘g‘ri keladimi?

O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Mavluda Asalxo‘jayeva to‘ylarga uning shogirdi sifatida borib, fonogrammaga og‘iz qimirlatib pul ishlayotgan "qiyofadoshi”dan nolidiBu kim? Buni qayeri menga o‘xshaydi. Erkak kishiga ayollarning libosini kiyib, pardoz qilib yurish to‘g‘ri keladimi? Bu yigit to‘ylarda mening qo‘shiqlarimga og‘iz qimirlatib, o‘zicha Mavluda Asalxo‘jayevaning shogirdiman, deb yurganidan keyin ustidan arz qildim, men bunga ruxsat bermaganimni aytdim. O‘sha kuniyoq uyimga kelib kechirim so‘radi. Bolam bor, olib qo‘ygan to‘ylarim bor, ustimdan shikoyat qilmang deb yalindi. O‘shanda meni parodiya qilishiga ruxsat bermadim. Ammo bu yigit gaplarimdan to‘g‘ri xulosa qilgani yo‘q. Haligacha biz qilgan mehnatning ortidan pul topib yuribdi. Gap pulda emas, gap meni parodiya qilayotganida ketyapti. Qancha muxlislarimiz undan norozi. O‘zingiz ayting, men unga o‘xshab o‘ynaymanmi, unga o‘xshab bejalib pardoz qilamanmi. Uning qilayotgan ishi musulmonchilikka ham to‘g‘ri kelmaydi. Har kuni odamlar nega shunga ruxsat berib qo‘ygansiz, degan gaplarni aytishadi. Takror aytaman, men bu yigitning meni parodiya qilishiga umuman ruxsat bermaganman. Yana Mavluda Asalxo‘jayeva bu boladan har oy 800 dollar pul oladi, shuning uchun hech narsa demaydi, degan gaplarni ham tarqatishibdi. Menga bu yigitdan hech narsa kerakmas. Nima uchun biz falon ming dollar pul sarflab yozgan qo‘shiqlarimiz, kliplarimiz orqasidan to‘yga kirib likkillab oson pul topishi kerak. Axir mehnatni kim qilyapti. Na san’at sohasida diplomi va na ‘O‘zbeknavo’dan litsenziyasi bor uning. Axir, qachongacha indamay yurishim mumkin. ‘O‘zbeknavo’dagilar ham bu haqda aytgandim, chaqirishdi lekin bu yigit o‘zgarmadi. Men bilan yaqin qo‘shiqchilarga borib dardini dasturxon qilibdi. O‘rtaga ularni qo‘yishga ham harakat qildi. Uyimga kelganida yo‘q deb aytgandim. O‘shanda suratga tushib suratni hammaga tarqatibdi meni ustozim deb. Meni bunaqa shogirdim yo‘q. U qilayotgan ishidan uyalmasa ayol kishi bo‘lib men uyalyapman.

Mavluda Asalxo‘jayeva, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist

Mavluda Asalxo‘jayevani parodiya qilib, to‘ylarga chiqayotgan yigitning ismi Bobur bo‘lib, u shou-biznesga daxldor ko‘plab taqdimotlarda, yig‘in va tadbirlarda ham ishtirok etadi.
Категория: Har-Hil | Просмотров:1679 | Добавил: Admin | Теги: pardoz qilib yurish to‘g‘ri keladim, Mavluda Asalxo‘jayeva: Erkak kishig | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]
Профил
Время:03:50
Добро Пожаловать, Mexmon
Поиск
Калькулятор
Календарь
«  Iyul 2017  »
ПнВтСрЧтПтСбВс
     12
3456789
10111213141516
17181920212223
24252627282930
31