Меню сайта
Главная страница Форум сайта Узбекская Музыка Картинка Онлайн PhotoShop Софт для PC Система uCoz Видео Монтаж Кинофильмы Новости Eset Upatde (База) Компьютерный игры Игры и софт для Android Телефон прошивка Все Usb драйвер
Клип премьера
Наш опрос
YOSHINGIZ?
Всего ответов: 1083
Кино премьера
Статистика


Statok.net


Сейчас онлайн: 17
Гостей: 17
Пользователи 0

Olimjonmavlonovoff
Olimjonmavlonovofficial
shaxboz_1998
Man18
maks
Fedex-85
Azez
Eltin
begmatov
5707313
Главная » 2018 » Iyun » 6 » Matiz bilan “Zaporoj” qarindoshmi?
21:42
Matiz bilan “Zaporoj” qarindoshmi?

Sputnik Matiz va "Zaporojets” avtomobillari o‘zaro qarindoshligi, ikkalasining ham "bobosi” Fiat F600 ekanligi haqida maqola e’lon qildi. Uni to‘lig‘icha keltirib o‘tamiz.

GM Uzbekistan 1-iyun kuni Matiz va Captiva modellari ishlab chiqarilgani to‘xtatilganini e’lon qildi. Ushbu ixcham, tejamkor va "istarasi issiq” avtomobilning muxlislari nafaqat O‘zbekiston, balki Rossiyada ham juda ko‘p. Quyida Matiz paydo bo‘lishi haqidagi qiziq ma’lumotni e’tiboringizga havola etamiz.

Sovet davrining 60-yillarida "Zaporojets ZAZ-965” rusumli avtomobil bo‘lardi. Xalq orasida uni "Gorbatiy”, ya’ni "Bukri” deb atashardi.

Aytish joizki, ushbu laqab avtomobilning yomonligi uchun emas, faqat tashqi ko‘rinishi uchungina berilgan edi. Avtomobil o‘z davriga mos edi, ko‘pchillik undan mehr bilan foydalanar, millionlab kishilar u haqda orzu qilardi.
Xullas, o‘sha "Zaporojets 965” avtomobilini sovet konstruktorlari,  Fiat’ning F600 yoki "Seychento” (ya’ni – olti yuzinchi) modelidan ko‘chirib olgan edi. Urushdan keyingi kambag‘al Yevropada ushbu kichik avtomobil o‘ta ommaviy edi. Mana, o‘zingiz tomosha qiling va beshta farqini toping.

"Zaporojets”ning faqat ikkita eshigi bo‘lar va ular old tomonidan ochilar edi. Salon ham oddiy: oldinda ikki o‘rindiq, orqada kichik divan.

Ushbu kichik va kamchiqim avtomobil bir oilaning ehtiyojini qondirar edi. Millionlab  sovet oilalari uchun ZAZ-965 birinchi shaxsiy avtomobil bo‘ldi. "Jiguli” paydo bo‘lguniga qadar ushbu avtomobil barchaning orzusiga aylandi.
Oradan 30 yil o‘tib, 1990-yillar boshida, Italiyaning  yetakchi avtomobil dizaynerlaridan biri — Jorjetto Jujaro, bir vaqtlar mashhur bo‘lgan Fiat "Seychento” xotirasiga  atab, yangi avtomobil dizayni yaratadi va uni Lucciola (ya’ni Yonarqurt) deb ataydi.

Afsuski (balki yaxshiyam), Fiat marketologlariga ushbu avtomobil dizayni ma’qul kelmaydi va ular undan voz kechadi. Jujaro bo‘lsa, tayyor bo‘lgan avtomobil dizaynini Janubiy Koreyaning Daewoo korporatsiyasiga sotadi.

Avtomobilga Matiz M100 deb nom qo‘yishadi. Dastlab 1997-yilda u Janubiy Koreyada ishlab  chiqarila boshlaydi. Undan so‘ng Polsha, Ruminiya va Hindistonda  ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yiladi. O‘zbekistonda Matiz avtomobilini ishlab chiqarish 2000-yildan boshlangan.

Rossiyalik xaridorlarga ham Matiz juda xush keldi. U 10 yil davomida — eng ko‘p sotilgan kichik litrajli avtomobil unvonini egallab turdi. Uning ishlab chiqarilishi to‘xtatilgani haqidagi xabar – ko‘p sonli muxlislarni xafa  qildi, desak adashmaymiz.
Категория: Har-Hil | Просмотров: 86 | Добавил: Moderator | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]
Профил
Время:04:34
Добро Пожаловать, Mexmon
Переводчик сайтов
Поиск
Календарь
«  Iyun 2018  »
ПнВтСрЧтПтСбВс
    123
45678910
11121314151617
18192021222324
252627282930
Мултьфилм премера