• Merganlar - O'zbek Tilida
  • Zulmatdan Ovoz - O'zbek Tilida
  • Hevenhyorst - O'zbek Tilida
  • Yitqichni Izlab - O'zbek Tilida
  • Bo'rilar Jasorati - O'zbek Tilida
  • Yalmog'iz Dunyoni Qutqaradi - O'zbek Tilida
  • Ilonli Botqoq - O'zbek Tilida
  • Begona - O'zbek Tilida
  • Vahshiy Ona - O'zbek Tilida
  • Uddalab Bo'lmas Topshiriq 7 - O'zbek Tilida
  • Kompaniya - O'zbek Tilida
  • Hech Kimga Aytma - O'zbek Tilida
  • Najot Tongi - O'zbek Tilida
  • Stoun Yuragi - O'zbek Tilida
  • Avlod - O'zbek Tilida
  • Berkin - O'zbek Tilida
  • Solomon Keyn - O'zbek Tilida
  • Raketachilar Klubi - O'zbek Tilida
  • Enaga - O'zbek Tilida
  • Meg 2 - O'zbek Tilida
Наш опрос
Qaysi mobil operatordan foydalanasiz?
Всего ответов: 373
Статистика


Яндекс.Метрика


Сейчас онлайн: 14
Гостей: 14
Пользователи 0

faxriddin
Tre
Submarine
Sher80
Tohirjon
hbahodir1980
Umida4008
17797
Nodirjon
Yagshisaxet
Главная » 2016 » Oktyabr » 5 » Maslahat : Kechki sayrning 10 foydasi
09:22
Maslahat : Kechki sayrning 10 foydasi

Sport bilan shug‘ullanishga sharoit yo‘q, deya uyda o‘tiravermang. Tezda qulay poyabzalingizni kiyib, sayrga chiqing. Oddiygina sayr qancha foyda keltirishini tasavvur ham qila olmaysiz.

1.     Altsgeymer kasalligining oldini oladi.

Bu xavfli kasallikning sabablaridan biri kamharakatlikdir. Shuning uchun ko‘proq yayov yurishga odatlaning. Miyada qon aylanishi yaxshilanib, kislorodga to‘yinadi.

2.     Mushaklarni tonusda ushlab turadi.

Yurish katta kuch talab etadigan mashq emas, ammo mushaklarga me'yorida og‘irlik tushiradi. Shunday paytlar bo‘ladiki, ma'lum muddat sport bilan shug‘ullanish imkoniyati bo‘lmaydi. O‘shanda vaznni saqlab turish uchun ko‘proq yuring.

3.     Yurak qon-tomir faoliyatini yaxshilaydi.

Yayov sayr qilish aerobik mashqlar turiga  kiradi. Sekin bo‘lsa ham uzoq masofaga yayov yurish arterial bosimini me'yorlashtirib, yurak faoliyatiga ijobiy ta'sir ko‘rsatadi.

4.     Ovqat hazm qilish faoliyatini yaxshilaydi.

Piyoda yurish ovqat hazm qilish tizimiga ham foydali. Ovqat tezroq hazm bo‘lishiga yordam beradi, axir bekorga ko‘p ovqat yeb qo‘yganda piyoda yurishni maslahat deyishmaydi-ku.

5.     Kayfiyatni ko‘taradi.

Agar yomon kayfiyatdan, stresslardan, xavotirdan xalos bo‘lmoqchi bo‘lsangiz, ko‘proq toza havoda sayr qiling.

6.     Glaukomaning oldini oladi.

Shifokorlarning fikricha, me'yordagi jismoniy kuch ketgazadigan mashqlar, masalan yayov yurish glaukoma rivojlanishining oldini oladi.

7.     Vaznni normal holatda ushlab turadi.

Semirib ketmaslik uchun eng yaxshi usul!

8.     Suyak va to‘qimalarni mustahkamlaydi.

Uzoq sayrlar nafaqat mushaklarni, balki suyak va to‘qimalarni ham mustahkamlaydi. Shuningdek, artritning profilaktikasi uchun ham yurish tavsiya etiladi.

9.     Qandli diabet  kasalligida yordam beradi.

Shifokorlar qandli diabetga chalingan bemorlarga jismoniy mashqlardan ko‘ra piyoda yurish tavsiya qiladilar.

10.   O‘pka faoliyatini yaxshilaydi.

Yayov yurish nafas olish tizimiga, o‘pkaga ijobiy ta'sir ko‘rsatadi. Shunday ekan, mayda qadamlar bilan, yengil nafas olib, sog‘lik sari olg‘a qadam tashlang!


Категория: Har-Hil | Просмотров:1454 | Добавил: Admin | Теги: Кечки сайрнинг 10 фойдаси | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]
Профил
Время:16:25
Добро Пожаловать, Mexmon
Поиск
Калькулятор
Календарь
«  Oktyabr 2016  »
ПнВтСрЧтПтСбВс
     12
3456789
10111213141516
17181920212223
24252627282930
31