• Merganlar - O'zbek Tilida
  • Zulmatdan Ovoz - O'zbek Tilida
  • Hevenhyorst - O'zbek Tilida
  • Yitqichni Izlab - O'zbek Tilida
  • Bo'rilar Jasorati - O'zbek Tilida
  • Yalmog'iz Dunyoni Qutqaradi - O'zbek Tilida
  • Ilonli Botqoq - O'zbek Tilida
  • Begona - O'zbek Tilida
  • Vahshiy Ona - O'zbek Tilida
  • Uddalab Bo'lmas Topshiriq 7 - O'zbek Tilida
  • Kompaniya - O'zbek Tilida
  • Hech Kimga Aytma - O'zbek Tilida
  • Najot Tongi - O'zbek Tilida
  • Stoun Yuragi - O'zbek Tilida
  • Avlod - O'zbek Tilida
  • Berkin - O'zbek Tilida
  • Solomon Keyn - O'zbek Tilida
  • Raketachilar Klubi - O'zbek Tilida
  • Enaga - O'zbek Tilida
  • Meg 2 - O'zbek Tilida
Наш опрос
Ўзбекистоннинг энг яхши телеканалини белгиланг
Всего ответов: 683
Статистика


Яндекс.Метрика


Сейчас онлайн: 11
Гостей: 11
Пользователи 0

faxriddin
Tre
Submarine
Sher80
Tohirjon
hbahodir1980
Umida4008
17797
Nodirjon
Yagshisaxet
Главная » 2020 » Aprel » 3 » Mashinada koronavirus yuqtirib olmaslik uchun 9 maslahat
18:28
Mashinada koronavirus yuqtirib olmaslik uchun 9 maslahat

Ekspert-virusologlar, shuningdek, sog‘liqni saqlash va avtomobil sohasidagi mutaxassislar mashina boshqarish vaqtida koronavirusni yuqtirib olmaslik bo‘yicha bir qator maslahatlar berdi, deb xabar qiladi "Avtorambler”.

1. Kamroq joyga tashrif buyurish. Yo‘nalish davomida yoki turargohlarda boshqa insonlar bilan o‘rnatilgan aloqa vaqtida infeksiyani yuqtirib olish ehtimoli yo‘q emas;

2. Yoqilg‘i quyish shoxobchalaridagi pistoletdan foydalanishga ehtiyot bo‘lish kerak — bu virus saqlanadigan "iflos” joylardan biri hisoblanadi. Yoqilg‘i quyish shoxobchasida xodimlar bo‘lmagani sabab mustaqil quyishga to‘g‘ri kelib qolsa, ishni bajarib bo‘lgandan so‘ng, albatta, qo‘lni yuvish kerak. Shu sababli avtomobilda doim suv va sovun, shuningdek, dezinfeksiyalovchi salfetka olib yurish lozim;

3. Maxsus dezinfeksiyalovchi vositalar bilan qo‘lni tez-tez artib yoki yuvib turishdan uyalmaslik kerak. Bundan tashqari, yuz va ko‘zga imkon qadar umuman teginmaslik tavsiya etiladi;

4. Yo‘lovchilar sonini cheklash lozim. Bunga alohida izoh berib o‘tirish ham shart;

5. Salon ichidagi ko‘p qo‘l tegadigan yuzalarni dezinfeksiyalovchi vositalar va salfetkalar bilan artib turish kerak. Masalan bular orasida rul, uzatmalar qutisini boshqaruvchi selektor, tirsakqo‘ygich, magnitola, rul ortidagi tutqichlar va xavfsizlik kamari kiradi. Har ehtimolga qarshi qurilmalar panelini ham artib turish tavsiya etiladi;

6. Qo‘lga ilingan narsani mashinada tashimaslik kerak. Har ehtimolga qarshi qo‘lda nima borligini, kimdan olingani va qayerga qo‘yish kerakligini — salon yoki yukxonaga — hisobga olish lozim. Imkoni bo‘lsa, har bir yukni dezinfeksiyalash kerak. Yuk yetkazib berilganidan so‘ng u turgan joyni ham yaxshilab artib tashlash zarur. Bu ortiqcha harakatdek tuyulishi mumkin, biroq hozir o‘zni ehtiyot qilish va gigiyenaga qat’iy rioya qilish vaqti;

7. Har safar biror joyga borishdan oldin salonni shamollatish darkor;

8. Avtomobilda haydovchidan boshqa odam bo‘lsa, yuqorida sanab o‘tilgan ishlarni u ham bajarishi kerak;

9. Karshering (qisqa muddatga avtomobil ijarasi)dan foydalangan odam doimo gigiyena qoidalariga rioya qilishi kerak, chunki mashinani bunga qadar kim boshqargani va unda koronavirus bo‘lgan yoki bo‘lmaganligi noma’lum.
Категория: Har-Hil | Просмотров:599 | Добавил: moderator | Теги: yangilik | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]
Профил
Время:08:00
Добро Пожаловать, Mexmon
Поиск
Калькулятор
Календарь