• Merganlar - O'zbek Tilida
  • Zulmatdan Ovoz - O'zbek Tilida
  • Hevenhyorst - O'zbek Tilida
  • Yitqichni Izlab - O'zbek Tilida
  • Bo'rilar Jasorati - O'zbek Tilida
  • Yalmog'iz Dunyoni Qutqaradi - O'zbek Tilida
  • Ilonli Botqoq - O'zbek Tilida
  • Begona - O'zbek Tilida
  • Vahshiy Ona - O'zbek Tilida
  • Uddalab Bo'lmas Topshiriq 7 - O'zbek Tilida
  • Kompaniya - O'zbek Tilida
  • Hech Kimga Aytma - O'zbek Tilida
  • Najot Tongi - O'zbek Tilida
  • Stoun Yuragi - O'zbek Tilida
  • Avlod - O'zbek Tilida
  • Berkin - O'zbek Tilida
  • Solomon Keyn - O'zbek Tilida
  • Raketachilar Klubi - O'zbek Tilida
  • Enaga - O'zbek Tilida
  • Meg 2 - O'zbek Tilida
Наш опрос
SAYTGA NIMALAR KO'PROQ KERAK?
Всего ответов: 1897
Статистика


Яндекс.Метрика


Сейчас онлайн: 34
Гостей: 34
Пользователи 0

JohaC2
03012005
Olaqanatlar
Akmalaka
Holdarov
Nuratdin
ismonali1994
2904
Risolat0921
faxriddin
Главная » 2018 » May » 16 » Mashina kapotida YPX xodimini olib ketgan haydovchi jazoga tortildi
18:44
Mashina kapotida YPX xodimini olib ketgan haydovchi jazoga tortildi

Samarqand shahrida IIB YHXB inspektorini mashina kapotida olib ketgan haydovchi jazoga tortildi. Bu haqda jurnalist Farhod Norbo‘tayev "Daryo”ga ma’lum qildi.

2017-yil 24-noyabr kuni soat taxminan 15:30 atrofida Samarqand shahridagi Bo‘stonsaroy va Rudakiy ko‘chalarining kesishuvida IIB YHXB inspektori Abror Yusupov radio aloqa vositasi orqali shahar yo‘l harakati qoidalarining 56-bandini qasddan buzgan holda harakatlanib kelayotgan Zafarjon Lutfiyev boshqaruvidagi Nexia rusumli transport vositasini to‘xtatish haqida xabar oldi.

Inspektor Yusupov jezl yordamida harakatlanib kelayotgan transport vositasini to‘xtatishiga urindi. Inspektor transport vositasining old tomonidan o‘tayotgan vaqtida Lutfiyev mashinaning oynasini ochib uni har xil nojo‘ya so‘zlar bilan haqoratlaydi va yo‘lning o‘rta qatnov qismida harakatlanishni davom etdi. Voqea jarayonida avtomashinaning har ikki tarafida avtomobillar bo‘lgani, chap-o‘ng tomonga o‘tishining iloji yo‘qligi sababli inspektor Yusupov tan jarohati olmaslik uchun avtomashinaning old qismiga chiqib oldi. Haydovchi Z. Lutfiyev kapot ustida inspektorning bo‘lishiga qaramasdan, mashinani to‘xtatmay, harakatni davom ettirdi.

Jinoyat ishlari bo‘yicha Samarqand shahar sudi raisi G‘. Negmatov tomonidan mazkur jinoyatni sodir etgan, Samarqand tuman Qumtepa mahallasida yashovchi, muqaddam sudlanmagan, vaqtinchalik ishsiz, 1995-yilda tug‘ilgan fuqaro Zafarjon Lutfiyevning jinoiy ishi ko‘rib chiqildi.

Sud jarayonida sudlanuvchilar Zafarjon Lutfiyev va Furqat Xidirovlarning xizmat vazifasini bajaryotgan hokimiyat vakilining faoliyatiga qarshilik ko‘rsatishdagi xatti-harakatlari to‘liq o‘rganilib, guvohlarning so‘zlari tinglandi.

Sud hukmiga ko‘ra sudlanuvchi Zafarjon Lutfiyev Jinoyat Kodeksining 219-moddasi 1-qismida nazarda tutilgan jinoyatni sodir etganlikda aybli deb topildi. Unga 8 oy muddatga ozodlikni cheklash jazosi tayinlandi.
Категория: Har-Hil | Просмотров:1410 | Добавил: Moderator | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]
Профил
Время:15:03
Добро Пожаловать, Mexmon
Поиск
Калькулятор
Календарь
«  May 2018  »
Пн Вт Ср Чт Пт Сб Вс
 123456
78910111213
14151617181920
21222324252627
28293031