Irimlarga ishonasizmi? Yo‘lidan qora mushuk kesib o‘tsa, iziga qaytadigan yoki "tumor omad keltiradi” deydiganlar sirasidanmisiz? «Ha» deb javob bersangiz ham, aslida ich-ichingizda bu irimlar bo‘lmagan gap ekaniga ishonasiz. Biroq oshkora tan olishga kelganida ojizlik qilib qo‘yasiz, nimadir xalal beradi. Buni qarangki, dunyo yulduzlari ham juda antiqa irimlarga ishonishar ekan. O‘zimiznikilar ham ulardan qolishmaydi. Fikrlar moddiylashadi, degani shu bo‘lsa ajabmas...
Homiladorlikdagi hangoma
Amerikalik aktrisa Jessika Alba 2008 yil to‘ng‘ich farzandiga homiladorligida juda irimchi edi. Tug‘ruqqa qadar do‘stlariga duo o‘qilgan charm bilaguzuklarni tarqatib, "Bolam tug‘ilmaguncha qo‘lingizdan yechmang!” deya iltimos qilgan. Yo‘qsa, farzandiga salbiy ta'sir ko‘rsatishiga ishongan.
Turmush o‘rtog‘iga tuz uzatmaydi
Aktrisa Ketrin Zeta-Jons sira grim xonasida kuylamas, hushtak ham chalmas ekan. Bordiyu bexosdan hushtak chalib yuborsa, yelka osha tuflab qo‘yarkan. Bundan tashqari aktrisa dasturxon atrofida o‘tirganida urishib qolish belgisi, deya hech kimga, ayniqsa, turmush o‘rtog‘iga tuz uzataydi.
Omadsizlik keltiradi…
Aktyor Robert Pattison qora mushuk va 13 raqamidan qo‘rqadi. Robert bularni omadsizlik belgisi sifatida qabul qiladi.
O‘ng va chap oyoqning xosiyati
Amerikalik aktrisa Salma Xayek bolaligidan o‘ng oyoq bilan ostona hatlashni irim qiladi. Chap oyog‘i bilan qadam tashlasa, omadsizlikka duch kelar ekan.
Qiyshaygan mix va tanganinig siri
Opera xonandasi Luchano Pavarotti hech qachon cho‘ntagida egilgan mix va oyoq kiyimiga solingan tangasiz sahnaga chiqmaydi. Bu uning muvaffaqiyatli chiqish qilish belgisi.
Daraxtni taqillatadi
Aktrisa Nikol Kidman yomon hayollar haqida o‘ylagani yo bemavrid biron gap aytib yuborganida doim daraxtni taqillatadi. Xonanda va aktrisa Peris Xilton ham xuddi Kidman kabi yo‘l tutadi. Shuningdek, 11:11 raqamini ko‘rib qolsa, albatta niyat qiladi. Chunki bunday holda niyati amalga oshishiga ishonadi.
Charm ryugzak
Aktrisa Natali Portman birinchi gonorariga harid qilgan charm ryukzagidan sira ayrilmaydi. Bu aktrisaga yangi-yangi rollar "yomg‘ir”ini olib kelar ekan.
Britni Spirs Megan Foksni o‘limdan saqlaydi
Aktrisa va fotomodel Megan Foks samolyotda uchishdan qo‘rqadi. Uchishga to‘g‘ri kelib qolsa, to manziliga yetguncha Britni Spirsning qo‘shiqlarini tinglaydi. Bu xonandaning albomini tinglagan odamning qismatiga halokat rahna solmaydi degan fikrda.
Omad keltiruvchi oyoq kiyimlar
Aktrisa Reychel Vays oyoq kiyimlarini irim qiladi. Noto‘g‘ri tanlangan tufli o‘sha kuni unga baxtsizlik olib kelar ekan. Qiziq, qaysi oyoq kiyim unga omad olib kelishini qayerdan biladi?!
Ledi Gagani chindan sevmasa…
Pop malikasi Ledi Gaga ijodining muvaffaqiyatli bo‘lishida uyquni sababchi deb biladi. Agar yonida yurakdan yaxshi ko‘rmaydigan yaqini uxlamasa, san'atdagi omadini boy berib qo‘yar ekan. "Ular mening quvvatimni olib qo‘yadi”, deydi.
Maykl Jordanning keryerasini yaratgan kiyim
Basketbol bo‘yicha dunyo yulduzi Maykl Jordan uchun «23» omadli raqam ekan. Ikkinchidan, uning eski ko‘k shortisi doim unga omad olib kelar ekan. Basketboldagi karyerasiga ham shu kiyimini sababchi deb biladi.
Baskovni uyga qamagan baxtsizlik
Xonanda Nikolay Baskov qora mushuklardan qo‘rqadi. Kunlarning birida mushuk sabab to‘rt chaqirim masofani piyoda bosib o‘tishiga to‘g‘ri kelgan. Buvisi sovg‘a qilgan kumush taqinchoqni o‘g‘irlatib qo‘ygani uchun bir necha kun uyidan chiqmagan. Aytishicha, bu baxtsizlik belgisi emish.
Koroleva nima sabab familiyasini o‘zgartirdi?
Rossiya estrada xonandasi Natasha Koroleva 13 raqamidan qo‘rqqani uchun hatto familiyasini ham o‘zgartirgan. Undan avval asl familiyasi — Porыvay bilan ijod boshlagandi. Xonandaning yaqinlari "Ism-sharifing 13 ta harfni tashkil etar ekan”, deyishi bunga sabab bo‘lgan. Natashaning aytishicha, taxallus bilan ish boshlagach, omad u bilan izma iz yurgan.
Xonanda Irina Allegrova konsert vaqtida rasmga olishlarini yoqtirmaydi. "Sahnada baliqdek suzayotgan vaqtimda rasmga tushirishsa, menga ko‘z tegadi”, deydi.