• Merganlar - O'zbek Tilida
  • Zulmatdan Ovoz - O'zbek Tilida
  • Hevenhyorst - O'zbek Tilida
  • Yitqichni Izlab - O'zbek Tilida
  • Bo'rilar Jasorati - O'zbek Tilida
  • Yalmog'iz Dunyoni Qutqaradi - O'zbek Tilida
  • Ilonli Botqoq - O'zbek Tilida
  • Begona - O'zbek Tilida
  • Vahshiy Ona - O'zbek Tilida
  • Uddalab Bo'lmas Topshiriq 7 - O'zbek Tilida
  • Kompaniya - O'zbek Tilida
  • Hech Kimga Aytma - O'zbek Tilida
  • Najot Tongi - O'zbek Tilida
  • Stoun Yuragi - O'zbek Tilida
  • Avlod - O'zbek Tilida
  • Berkin - O'zbek Tilida
  • Solomon Keyn - O'zbek Tilida
  • Raketachilar Klubi - O'zbek Tilida
  • Enaga - O'zbek Tilida
  • Meg 2 - O'zbek Tilida
Наш опрос
SAYTNI QAYERDAN TOPDINGIZ?
Всего ответов: 705
Статистика


Яндекс.Метрика


Сейчас онлайн: 13
Гостей: 13
Пользователи 0

faxriddin
Tre
Submarine
Sher80
Tohirjon
hbahodir1980
Umida4008
17797
Nodirjon
Yagshisaxet
Главная » 2020 » Aprel » 15 » Markaziy bank raisi dollar kursi keskin ko‘tarilganiga izoh berdi
13:18
Markaziy bank raisi dollar kursi keskin ko‘tarilganiga izoh berdi

Markaziy bank 15-aprel kuni neytrallilik prinsipini buzmagani, birjada talabni qondirish uchun valyuta sotmagani hisobiga valyuta birjasida dollar kursi 10 121 so‘mgacha ko‘tarilgan. Bu haqda Markaziy bank raisi Mamarizo Nurmurotov 15-aprel kuni bo‘lib o‘tgan brifingda ma’lum qildi.

Nurmurotovning ta’kidlashicha, bozor devalvatsion kutilmalar hisobga olinib, talab va takliflar asosida shakllantirilsa, o‘zi ma’lum muvozanatga keladi. Markaziy bank raisiga bunga misol tariqasida Respublika valyuta birjasida 15-aprel kuni kuzatilagn holatni ko‘rsatdi.

"15-aprel kuni valyuta birjasida talab darajasi 62 million AQSh dollarini va 16 million yevrodan ortiqni tashkil etgan bo‘lsa, almashuv kursining 10 121 so‘mgacha oshishi valyuta sotib olish bo‘yicha arizalarning katta qismi, qariyb 80 foizini qaytarib olinishiga sabab bo‘ldi. Avvalgi kunlarda bunday holat kuzatilmagan edi”, — dedi Nurmurotov.

Uning qayd etishicha, avvalgi kunlarda bunday holat qayd etilmaganiga yirik miqdordagi valyutaga bo‘lgan talabni Markaziy bank ma’lum jihatdan neytrallilik prinsipini buzib, qo‘shimcha valyuta sotish hisobiga qondirib kelgani sabab bo‘lgan.

"Markaziy bank boshqaruvining kuni kecha bo‘lib o‘tgan yig‘ilishida neytrallilik prinsipini doimo saqlab qolishni, neytrallilik prinsipida faoliyatimizni davom ettirish bo‘yicha qarorga keldik va bu qaror valyuta bozoridagi bugungi o‘zgarishlarda o‘z aksini ko‘rsatdi”, — deya qo‘shimcha qildi Markaziy bank raisi.

Ma’lumot uchun, 15-aprel kuni Respublika valyuta birjasidagi savdolar chog‘ida dollar kursi 328 so‘mga o‘sib, 10 121 so‘mni tashkil etdi. Shundan so‘ng Markaziy bank so‘mning xorijiy valyutalarga nisbatan 16-apreldan amal qiladigan yangi kurslarini belgiladi, unga ko‘ra dollar kursi 427 so‘mga o‘sib, 10 121 so‘mni tashkil etdi.

Avvalroq, 14-aprel kuni O‘zbekistonning bir qator banklari dollarni 10 ming so‘mdan yuqori qiymatda sotish va sotib olishni boshlagan edi. Shu kuni Markaziy bank boshqaruvi asosiy stavkani 1 foiz bandga pasaytirib, yillik 15 foiz darajasida belgilash haqida qaror qabul qilgan edi.
Категория: Har-Hil | Просмотров:574 | Добавил: moderator | Теги: yangilik | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]
Профил
Время:14:00
Добро Пожаловать, Mexmon
Поиск
Калькулятор
Календарь