• Merganlar - O'zbek Tilida
  • Zulmatdan Ovoz - O'zbek Tilida
  • Hevenhyorst - O'zbek Tilida
  • Yitqichni Izlab - O'zbek Tilida
  • Bo'rilar Jasorati - O'zbek Tilida
  • Yalmog'iz Dunyoni Qutqaradi - O'zbek Tilida
  • Ilonli Botqoq - O'zbek Tilida
  • Begona - O'zbek Tilida
  • Vahshiy Ona - O'zbek Tilida
  • Uddalab Bo'lmas Topshiriq 7 - O'zbek Tilida
  • Kompaniya - O'zbek Tilida
  • Hech Kimga Aytma - O'zbek Tilida
  • Najot Tongi - O'zbek Tilida
  • Stoun Yuragi - O'zbek Tilida
  • Avlod - O'zbek Tilida
  • Berkin - O'zbek Tilida
  • Solomon Keyn - O'zbek Tilida
  • Raketachilar Klubi - O'zbek Tilida
  • Enaga - O'zbek Tilida
  • Meg 2 - O'zbek Tilida
Наш опрос
Bizning Saytga Yana Qanday Loyihalar Kiritish Lozim?
Всего ответов: 231
Статистика


Яндекс.Метрика


Сейчас онлайн: 7
Гостей: 7
Пользователи 0

faxriddin
Tre
Submarine
Sher80
Tohirjon
hbahodir1980
Umida4008
17797
Nodirjon
Yagshisaxet
Главная » 2018 » Noyabr » 8 » Marhuma xonandaning eng so‘nggi intervyusi va hamkasblarining xotiralari
16:30
Marhuma xonandaning eng so‘nggi intervyusi va hamkasblarining xotiralari

"Kishmish qo‘shib bol beraman – yesangiz. Yuragimdan joy beraman – kelsangiz...” Ushbu so‘zlar bilan estrada yo‘nalishida o‘z dastxatini qoldirgan Xorazm vohasi vakili Aziza Niyozmetova 14 oktyabr kuni 46 yoshida bu foniy dunyoni tark etdi...

San'atda o‘z o‘rniga ega ijodkorni xotirlab do‘st va hamkasblari bilan suhbatlashdik...

"BO‘LDI, O‘ZIM UCHUN YASHAYMAN” DEB, ENDI TIN OLMOQCHI EDI...”

Tolib ISROILOV, boshlovchi va xonanda: — Aziza Niyozmetova bilan bir zamon va davrning ijodkorlari bo‘ldik. Ilgari faqat salom-alik qilardik, xolos. So‘nggi uch-to‘rt yil ichida esa munosabatlarimiz mustahkamlandi. Uzoq safarda yuzlashib, shundan so‘ng yaqin do‘st, aka-singilga aylanganmiz. Shu kungacha oilaviy bordi-keldi qilardik. U yaxshi hamroh, dilkash suhbatdosh edi. Shou-biznesning qonunlari biroz qiyin, hatto beshafqat, desak ham xato bo‘lmaydi. Ana shu yozilmaganqoidalarga bo‘ysunib yashagani uchun u biroz qo‘pol, cho‘rtkesar, ayrimlarning fikricha esa o‘ziga bino qo‘ygandek ham edi. Biroq uning yaqin do‘sti sifatida, aslida mehribon, yumshoq va samimiyligini bilardim, ko‘rganman. Mardligi esa har bir aytgan so‘zidan bilinib turardi. O‘zi "Men shunday bo‘lishga majburman, bu sohada ushlagan joyni kesmasang, ishlash qiyin. Hammaga yaxshi ko‘rinishning iloji yo‘q” deb ko‘p aytardi. Doim shunday kuchli irodasi bilan kurashardi.



Azizaning aka-ukasi yo‘q. U ota-onasiga o‘g‘il, singillariga aka bo‘lib yashadi. Farzandlari uchun yelib yugurardi... Bilasizmi, u so‘nggi paytlarda ishdan, yangi qo‘shiqlarni el-yurtga tanitib, reklama qilishdan charchagandi. Ayollik baxtini istab, "Bo‘ldi o‘zim uchun yashayman” deb, endi tin olmoqchi edi. Biroq bu betoblik uni holdan toydirdi. Saraton haqida biroz kech angladik, afsus...

To‘g‘risi, kechagina Xorazmda uni so‘nggi yo‘lga kuzatib qaytdik va men uchun Aziza haqida o‘tgan zamonda gapirish juda og‘ir bo‘layapti (biroz sukut saqlab). Ammo taqdiri shunday ekan. Alloh bergan risq tugaganda biz bandalarning qo‘lidan hech narsa kelmaydi. Bunga ko‘nikishdan boshqa choramiz yo‘q. Do‘stim endi xotiralarimizda mangu yashaydi.

"YIG‘LAB-YIG‘LAB GAPLASHGANDIM...”

Oypopuk ESHONXONOVA, xonanda: — Hayotni sevuvchi, kurashishdan charchamaydigan inson edi. Shu kasallikka chalingandan keyin ham davo izlamagan joyi qolmadi. Hindistonga ham borib keldi. Oxirgi marotaba gaplashganimizda men Andijonda edim. Qo‘ng‘iroq bo‘ldi, to‘g‘risi go‘shakda gapirayotgan inson Aziza ekaniga umuman ishonmadim. Ovozi o‘zgarib qolgandi. O‘ziga bildirmay, rosa yig‘lab-yig‘lab gaplashgandim. Chunki ko‘z oldimda yayrab, yashnab yurgan dugonamning sog‘lig‘idagi bu muammo mening ham dardim edi (yig‘lab yubordi). O‘shanda, "Andijonda bir tabib bor ekan, ana shuning ko‘rigiga borsam degandim, tanishlaringdan so‘rab surishtirib ber. Bormoqchiman” dedi. O‘sha zahoti hamma ishimni yig‘ishtirib o‘sha iltimosini bajardim. Orada 1-2 kun o‘tgach, Toshkentga kelib qo‘ng‘iroq qilsam, javob bermadi. Keyin bilsam, Toshkentga kelganida tobi qochib, yana Xorazmga qaytib ketgan ekan. Oradan yana vaqt o‘tib gaplashdik. "Xorazmning havosi menga yoqyapti, o‘zimga kelib qoldim” dedi. Sog‘lig‘i yaxshi ekanini eshitib xursand bo‘lgan edim. Ammo... (yig‘lab yubordi) Quvonchimiz uzoqqa cho‘zilmadi... Ming afsus, janozasiga yetib borolmadim. Biroq qayerda bo‘lsak ham haqqiga duodamiz. Qolgan umrini farzandlariga qo‘shib bersin, ilohim. Oxirati obod bo‘lsin!

"O‘ZINI HYECH QACHON AYAMAGAN”

Anvar SOBIROV, xonanda: — Bu ayol haqida gapirganda uning mardligini tilga olmasdan iloj yo‘q. Juda e'tiborli inson edi. Yoz oyi edi, xastaligini bila turib, boshqalarning ko‘ngli u yoqda tursin, o‘zining qalbiga malham topolmayotgan bir paytda tug‘ilgan kunimda qo‘ng‘iroq qilib, ijtimoiy tarmoqdan ham alohida e'tibor qilib tabriklagandi. To‘g‘risi, o‘shanda bunday mehrdan boshim osmonga yetgandi. Shu yilning boshida katta akam og‘ir betob bo‘lib qolganidan xabaringiz bor. O‘sha payt, Aziza opaning o‘zi ham xasta edi. Shunga qaramay, xonadonimizga kelib akamning holini so‘rashga kuch topa olganidan hayratga tushgandim. Bu voqyeaning o‘ziyoq bu ayolning asli qanday ekanini, mehri qay darajada yuqori bo‘lganni aytib turibdi, deb o‘ylayman.

Xorazmliklarning shevasi bilan aytganda, Aziza opa tanti, derdik. Nima yordam so‘rab bormang, o‘zining har qanday muhim ishini chetga surib, qo‘lidan kelganini qilardi. Birovninghojatini chiqarish uchun o‘zini hech qachon ayamagan.

Bugun oradan vaqt o‘tgan bo‘lsa ham, hali o‘zimga kelolmayapman. Xuddi yomon tush ko‘rayotgandekman. Allohning ishlari ekan, nachora. Ortida qolgan ota-onasi va farzandlariga ulkan sabr tilayman. Yotgan joyi jannat bo‘lsin!




Ona bo‘lganda onaning qadrini bilasan, deyishadi. Ammo ana shu hisni tuygan payt onaning mexridan judo bo‘lish kabi og‘ir dard yo‘q bo‘lsa kerak. Nilufar rahmatli xonandaning to‘ng‘ich qizi. U bugun ortidagi uka-singillariga bosh bo‘lishi, farzand dog‘ida azoblanayotgan bobo-buvisiga ham madad bo‘la olish uchun kuch topishi kerak. Maqolani tayyorlash davomida Nilufar bilan bog‘lanishga urindik. Ammo oiladagi og‘ir vaziyat, tushkunlik bunga imkon bermadi...


ENG SO‘NGGI INTERVYUDAN

— Muxlis bugun sizga chalgan qarsagini ertaga boshqasiga ham chaladi. Ularni bevafo, deyishadi...

— Gapingiz to‘g‘ri. Biroq men muxlislarimning haqiqiy mehrini qozonganman. Va bu e'tiborini saqlab qolganman.

— Aziza opa, eshitishimizcha, jurnalistika yo‘nalishi bo‘yicha o‘qishni boshlabsiz?

— O‘zbekiston Milliy Uneversitetning jurnalistika yo‘nalishi bo‘yicha o‘qishga kirgandim. Ammo akademik ta'tilga chiqishga majbur bo‘ldim. Oila, farzandlarim, ijod, xizmatlar hammasiga umuman vaqt topolmadim. Har kuni o‘qishga borib, tayyorlanish juda qiynab qo‘ydi. Biroq qiziqishim so‘nmagan. Albatta o‘qishimni davom ettiraman...

— Nabirangiz haqida ham gapirib bering.

— Birinchi marta buvi bo‘lganimni eshitganimda Namangan gastrolida yurgan edim. O‘sha payt qudam, buvi bo‘lganimizni aytganida o‘zimda yangi hislarni tuya boshlaganman. Chaqaloq endi tug‘ilgan, mendan uzoqda bo‘lsa ham unga bo‘lgan o‘zgacha hislar qalbimni egallagan. Hozir esa har buvijon deganda o‘sha kunlardagi tuyg‘ularni qayta-qayta his etaveraman. Uyimga kelganda iloji boricha birga vaqt o‘tkazishga harakat qilaman. Turli o‘yingohlarda kunimiz qanday o‘tganini sezmay qolamiz.

— Juda bolajonsiz...

— Olti farzandim bor. Ulardan to‘rt nafari o‘zimniki. Ikki nafari esa o‘z qaramog‘imga olganman. 44 yoshimda kenja qizimni tuqqanimdan keyin sog‘lig‘imdagi ba'zi xastaliklardan voqif bo‘ldim. Men uchun farzandlardan aziz ne'matning o‘zi yo‘q. Shuning uchun ba'zi odamlarning gap-so‘zi, hayratidan cho‘chib, ulardan voz kechmayman. Xudo menga onalik baxtini taqdim etayotgan ekan, ularni albatta dunyoga keltiraman.

— Ortingizga nazar tashlaganingizda qaysi xatolaringizni ko‘rasiz?

— Agar hammasi o‘zimning qo‘limda bo‘lganda ijod qilishni ertaroq boshlagan bo‘lardim. Institutni tamomlaganimda onam, "Bizning oiladan san'atkor chiqmagan. Turmushga chiqasan, farzandli bo‘l, keyin turmush o‘rtog‘ing ruxsat bersa, nima qilsang qil!” deb aytganlar. O‘shanda onamga quloq tutib oilani tanlaganman. Xudoga shukur, oilali bo‘lib farzandlarimni dunyoga keltirganman. Biroq san'atda biroz vaqt yutqazib qo‘yganman, deb o‘ylayman. Biroz erta boshlaganimda balki, bugun hammasi boshqacha tus olgan bo‘lardi...

Marhuma Aziza Niyozmetovaning to‘ng‘ich qizi Nilufar 25 yoshda, Doston 22 yoshda, Miraziz 19 yoshda, Diyora 13 yoshda, Amira 4 yoshda va eng kichkina qizalog‘i Madina 2,5 oylik.


Aslida inson umrining hisobi yillar emas, undagi quvonchli kunlar, izdoshlari bilan belgilanadi, deyishadi. Do‘stlarining izohida mard, deya ta'riflangan Aziza Niyozmetova 46 yoshida oramizdan ketgan bo‘lsa-da, farzandlari, muxlislari xotirasida uzoq yillar davomida yashashiga ishonamiz.

Aziza Niyozmetovaning yaqinlari va oila a'zolariga tahririyatimiz nomidan sabr tilaymiz...
Категория: Har-Hil | Просмотров:1484 | Добавил: Admin | Теги: Marhuma xonandaning eng so‘nggi int | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]
Профил
Время:06:47
Добро Пожаловать, Mexmon
Поиск
Калькулятор
Календарь
«  Noyabr 2018  »
ПнВтСрЧтПтСбВс
   1234
567891011
12131415161718
19202122232425
2627282930