• Merganlar - O'zbek Tilida
  • Zulmatdan Ovoz - O'zbek Tilida
  • Hevenhyorst - O'zbek Tilida
  • Yitqichni Izlab - O'zbek Tilida
  • Bo'rilar Jasorati - O'zbek Tilida
  • Yalmog'iz Dunyoni Qutqaradi - O'zbek Tilida
  • Ilonli Botqoq - O'zbek Tilida
  • Begona - O'zbek Tilida
  • Vahshiy Ona - O'zbek Tilida
  • Uddalab Bo'lmas Topshiriq 7 - O'zbek Tilida
  • Kompaniya - O'zbek Tilida
  • Hech Kimga Aytma - O'zbek Tilida
  • Najot Tongi - O'zbek Tilida
  • Stoun Yuragi - O'zbek Tilida
  • Avlod - O'zbek Tilida
  • Berkin - O'zbek Tilida
  • Solomon Keyn - O'zbek Tilida
  • Raketachilar Klubi - O'zbek Tilida
  • Enaga - O'zbek Tilida
  • Meg 2 - O'zbek Tilida
Наш опрос
YOSHINGIZ?
Всего ответов: 1362
Статистика


Яндекс.Метрика


Сейчас онлайн: 4
Гостей: 4
Пользователи 0

faxriddin
Tre
Submarine
Sher80
Tohirjon
hbahodir1980
Umida4008
17797
Nodirjon
Yagshisaxet
Главная » 2018 » May » 2 » Marg‘ilonlik qahramon Boburjon G‘aniyevning byusti o‘zi o‘qigan maktabga o‘rnatildi
14:04
Marg‘ilonlik qahramon Boburjon G‘aniyevning byusti o‘zi o‘qigan maktabga o‘rnatildi

Mustaqillik himoyachisi, yurt uchun jonini fido qilgan qahramon leytenant Boburjon G‘aniyevning byusti Marg‘ilon shahridagi o‘zi tahsil olgan 13-umumta’lim maktabida o‘rnatildi. Bu haqda Mudofaa vazirligi matbuot xizmati xabar

Xotira va Qadrlash kuni munosabati bilan Sharqiy harbiy okrugi harbiy xizmatchilari, davlat va jamoat tashkilotlari vakillari, maktab o‘quvchilari Boburjon G‘aniyevning uy-muzeyiga hamda 13-maktabga tashrif buyurishdi. Yodgorlik oldida Marg‘ilon shahridagi Yo‘rmado‘z mahallasida tug‘ilib voyaga yetgan Boburjon G‘aniyevning bolaligi va o‘spirinligi, Vatan himoyasi yo‘lidagi qahramonligi yodga olindi.

– Yurtimiz tinchligi va osoyishtaligi yo‘lida halok bo‘lganlar hamisha qalbimizda mangu yashaydi. Boburjon G‘aniyev ham ana shunday mard o‘g‘lonlardan biri edi. Maktabimizda Boburjonni o‘qigani va byusti o‘rnatilgani biz uchun katta sharaf. U ko‘rsatgan qahramonligi o‘sib kelayotgan yoshlarni Vatanga sadoqat ruhida tarbiyalashda muhim ahamiyatga ega”, – deydi 13-umumta’lim maktabi direktori o‘rinbosari Sh.Ahmedova.

2000-yil avgust oyida Surxondaryo viloyatining Sariosiyo va Uzun tumanlarining tog‘li hududlarida noqonuniy terrorchi guruhlarga qarshi mardonavor kurashgan harbiy xizmatchilarning orasida guruh komandiri o‘rinbosari leytenant Boburjon G‘aniyev ham bor edi. Jangda u terrorchilarga qaqshatgich zarba bergani, o‘zi yarador bo‘lishiga qaramasdan safdoshi serjant Ulug‘bek Barnoyevni (marhum) qutqarib qolishga intilgani tahsinga sazovordir. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmoniga muvofiq Boburjon G‘aniyev II-darajali "Shon-sharaf” ordeni bilan mukofotlangan (vafotidan keyin).

Qahramonning onasi Munavvarxon aya hayotining ellik uch yilini yosh avlod ta’lim-tarbiyasiga bag‘ishlagan fidoyi ma’rifatchidir. Uning o‘zi haqidagi suhbatlar ham beixtiyor Boburjonga borib taqalaveradi: "‘Onajon, katta bo‘lganimda sizni haj ziyoratiga olib boraman’ derdi. Boburjon halok bo‘lganidan keyin akalari uning bu orzusini amalga oshirdi. Shu kunlarda o‘g‘lim Boburjonning xotirasini yod etib kelayotganlar juda ko‘p. Vatanimiz sarhadlarini mardonavor qo‘riqlab, jonini fido etgan farzandim bilan doimo faxrlanaman. Prezidentimiz tomonidan ko‘rsatilayotgan yuksak e’tibor uchun minnatdormiz, – deydi qahramonning onasi

Eslatib o‘tamiz, Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 15-fevraldagi 116-son farmoyishiga asosan mustaqillik yillarida xizmat burchini bajarish chog‘ida halok bo‘lgan harbiy xizmatlarning xotirasini abadiylashtirish maqsadida Mudofaa vazirligidan 11 nafar harbiy xizmatchisiga byust o‘rnatilmoqda.
Категория: Har-Hil | Просмотров:1220 | Добавил: Moderator | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]
Профил
Время:03:02
Добро Пожаловать, Mexmon
Поиск
Калькулятор
Календарь