• Merganlar - O'zbek Tilida
  • Zulmatdan Ovoz - O'zbek Tilida
  • Hevenhyorst - O'zbek Tilida
  • Yitqichni Izlab - O'zbek Tilida
  • Bo'rilar Jasorati - O'zbek Tilida
  • Yalmog'iz Dunyoni Qutqaradi - O'zbek Tilida
  • Ilonli Botqoq - O'zbek Tilida
  • Begona - O'zbek Tilida
  • Vahshiy Ona - O'zbek Tilida
  • Uddalab Bo'lmas Topshiriq 7 - O'zbek Tilida
  • Kompaniya - O'zbek Tilida
  • Hech Kimga Aytma - O'zbek Tilida
  • Najot Tongi - O'zbek Tilida
  • Stoun Yuragi - O'zbek Tilida
  • Avlod - O'zbek Tilida
  • Berkin - O'zbek Tilida
  • Solomon Keyn - O'zbek Tilida
  • Raketachilar Klubi - O'zbek Tilida
  • Enaga - O'zbek Tilida
  • Meg 2 - O'zbek Tilida
Наш опрос
QAYERDANSIZ
Всего ответов: 1769
Статистика


Яндекс.Метрика


Сейчас онлайн: 9
Гостей: 9
Пользователи 0

2904
Risolat0921
faxriddin
Tre
Submarine
Sher80
Tohirjon
hbahodir1980
Umida4008
17797
Главная » 2021 » Dekabr » 4 » Malida jangarilar avtobusni o‘qqa tutishi oqibatida 31 kishi halok bo‘ldi
22:31
Malida jangarilar avtobusni o‘qqa tutishi oqibatida 31 kishi halok bo‘ldi

Malida jangarilar odamlarni mahalliy bozorga olib ketayotgan avtobusni o‘qqa tutishi oqibatida 31 kishi halok bo‘ldi. Bu haqda Reuters agentligiga tayanib, "Korrespondent.net” xabar berdi.

Ta’kidlanishicha, avtobus Songo qishlog‘idan 10 kilometr uzoqlikdagi Bandiagara bozor tomon harakatlanib ketayotganida hujumga uchragan.

Qo‘shni Bankass shahri meri Mulaya Guindoning so‘zlariga ko‘ra, qurollangan shaxslar "mashinani o‘qqa tutgan, shinalarni kesgan va odamlarni otgan”.

U va o‘zining anonim qolishini so‘ragan yana bir mahalliy amaldor kamida 31 kishi halok bo‘lganini ma’lum qilgan, shuningdek, ko‘pchilik jarohat olgan yoki bedarak yo‘qolgan.

Isyonchilarni qurollantiruvchi Mopti tumani markazida joylashgan posyolkalarning "Al-Qoida” va IShIDga aloqasi bor.

Avvalroq Nigeriyada qurolli shaxslarning masjidga qilgan hujumi oqibatida 18 kishi halok bo‘lgani, Efiopiyada noma’lum jangarilarning qishloqqa hujumi natijasida 200 dan ortiq odam vafot etgani haqida xabar berilgandi.

Eslatib o‘tamiz, 2020-yilning 18-avgust kuni Malida harbiy to‘ntarish sodir bo‘lgan edi, sentabr oyida esa mudofaa vaziri Bax Ndao vaqtinchalik prezident vazifasini bajaruvchi, Assimi Goyta vitse prezident etib tayinlangan edi. 2021-yilning 24-may kuni Bax Ndao va vaqtinchalik bosh vazir vazifasini bajaruvchi Moktar Uan harbiylar tomonidan hibsga olingandi.

Birlashgan Millatlar Tashkiloti (BMT), Afrika va Yevropa ittifoqlari, G‘arbiy Afrika davlatlari iqtisodiy kengashi (ECOWAS), AQSh, Germaniya va Buyuk Britaniya Malida qo‘lga olingan siyosatchilarni zudlik bilan ozod etishga chaqirgan. Qo‘shma bayonot mamlakatdagi BMT missiyasi tomonidan tarqatilgandi. Keyinchalik ular hibsda iste’foga chiqish haqida ariza yozgan. Mali konstitutsion sudi esa polkovnik Assimi Goytani mamlakatning vaqtinchalik prezidenti etib tayinlagan edi.

IShID ekstremistik guruhi jahonning bir qator mamlakatlari va xalqaro tashkilotlar tomonidan "terrorchilik tashkiloti” deb topilgan.
Категория: Har-Hil | Просмотров:524 | Добавил: moderator | Теги: yangilik | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]
Профил
Время:10:48
Добро Пожаловать, Mexmon
Поиск
Калькулятор
Календарь
«  Dekabr 2021  »
ПнВтСрЧтПтСбВс
  12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
2728293031