• Merganlar - O'zbek Tilida
  • Zulmatdan Ovoz - O'zbek Tilida
  • Hevenhyorst - O'zbek Tilida
  • Yitqichni Izlab - O'zbek Tilida
  • Bo'rilar Jasorati - O'zbek Tilida
  • Yalmog'iz Dunyoni Qutqaradi - O'zbek Tilida
  • Ilonli Botqoq - O'zbek Tilida
  • Begona - O'zbek Tilida
  • Vahshiy Ona - O'zbek Tilida
  • Uddalab Bo'lmas Topshiriq 7 - O'zbek Tilida
  • Kompaniya - O'zbek Tilida
  • Hech Kimga Aytma - O'zbek Tilida
  • Najot Tongi - O'zbek Tilida
  • Stoun Yuragi - O'zbek Tilida
  • Avlod - O'zbek Tilida
  • Berkin - O'zbek Tilida
  • Solomon Keyn - O'zbek Tilida
  • Raketachilar Klubi - O'zbek Tilida
  • Enaga - O'zbek Tilida
  • Meg 2 - O'zbek Tilida
Наш опрос
Qaysi mobil operatordan foydalanasiz?
Всего ответов: 373
Статистика


Яндекс.Метрика


Сейчас онлайн: 3
Гостей: 3
Пользователи 0

faxriddin
Tre
Submarine
Sher80
Tohirjon
hbahodir1980
Umida4008
17797
Nodirjon
Yagshisaxet
Главная » 2022 » May » 20 » Makron Ukrainadagi nizo Moldovada takrorlanishi mumkinligini taxmin qildi
08:42
Makron Ukrainadagi nizo Moldovada takrorlanishi mumkinligini taxmin qildi

Fransiya prezidenti Emmanuel Makron Moldova davlat rahbari Maya Sandu bilan uchrashuvda Ukrainadagi nizo ushbu mamlakatga ham ko‘chishi mumkinligi haqida ogohlantirdi.

"Rossiyaning Ukrainaga bostirib kirgani butun mintaqa barqarorligiga xavf tug‘diradi va bundan ayniqsa Moldova jabr ko‘rishi mumkin. Pridnestrovyedagi hodisalar Ukrainadagi nizoning qo‘shni mamlakatlarda ham kuzatilishi ehtimoli mavjudligini ko‘rsatmoqda”, — degan Makron ("RIA Novosti” iqtibosi).

Moldova shimolda, sharqda va janubda Ukrainaning Odessa, Vinnitsk va Chernovitsk viloyatlari bilan chegaradosh. Mintaqadagi vaziyat Rossiya Mudofaa vazirligi Donbass va Ukraina janubini nazorat qilish uchun olib borilayotgan operatsiyalarning yangi bosqichi boshlanganini e’lon qilganidan keyin keskinlashgan. Rossiya Mudofaa vazirligi mazkur operatsiyaning ahamiyati Pridnestrovyega yo‘lak ochib rus tilida so‘zlashadigan aholiga o‘tkazilayotgan bosimlarga barham berishdan iboratligini qayd etgan.

26-aprelda Pridnestrovyada ketma-ket portlashlardan so‘ng terrorchilikning qizil darajasi e’lon qilindi, Tiraspol hududda teraktlar bo‘lishi mumkin deb hisoblamoqda. Portlashlardan biri Respublika davlat xavfsizligi vazirligi binosi yaqinida yuz bergan, hukumat binoga granatomyotdan o‘t ochilgan deb hisoblamoqda. Mayak qishlog‘ida Rossiya radiosini retranslyatsiya qiluvchi markazning ikki antennasi ishdan chiqarilgan. Shuningdek, Parkana qishlog‘idagi harbiy qismga hujum uyushtirilgan. 13-mayda Tiraspoldagi harbiy chaqiriqqa tayyorlov binosiga portlaydigan aralashma solingan shisha idish uloqtirilgan. Pridnestrovye mazkur hujumlar noma’lum shaxslar tomonidan qilinayotgani va ular Ukraina hududidan noqonuniy ravishda Moldovaga kirib olganini ta’kidlagan.

Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy Rossiyani mintaqadagi vaziyatni beqarorlashtirishga uringanlikda ayblagan. Rossiya Tashqi ishlar vazirligi vakili Mariya Zaxarova bunga javoban Moskva noma’lum kuchlarning mintaqada nizo keltirib chiqarishga urinayotganini bildirganligini bayon etgan.

Avvalroq Moldova bosh vaziri Natalya Gavrilitsa Kishinevning Ukrainadagi nizo sabab mamlakat chegaralari yaqinida xavf darajasi ortganini ta’kidlagan, biroq mazkur tahdidga qarshi turish mumkinligini aytgandi.
Категория: Har-Hil | Просмотров:561 | Добавил: moderator | Теги: yangilik | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]
Профил
Время:04:48
Добро Пожаловать, Mexmon
Поиск
Калькулятор
Календарь
«  May 2022  »
ПнВтСрЧтПтСбВс
      1
2345678
9101112131415
16171819202122
23242526272829
3031