• Merganlar - O'zbek Tilida
  • Zulmatdan Ovoz - O'zbek Tilida
  • Hevenhyorst - O'zbek Tilida
  • Yitqichni Izlab - O'zbek Tilida
  • Bo'rilar Jasorati - O'zbek Tilida
  • Yalmog'iz Dunyoni Qutqaradi - O'zbek Tilida
  • Ilonli Botqoq - O'zbek Tilida
  • Begona - O'zbek Tilida
  • Vahshiy Ona - O'zbek Tilida
  • Uddalab Bo'lmas Topshiriq 7 - O'zbek Tilida
  • Kompaniya - O'zbek Tilida
  • Hech Kimga Aytma - O'zbek Tilida
  • Najot Tongi - O'zbek Tilida
  • Stoun Yuragi - O'zbek Tilida
  • Avlod - O'zbek Tilida
  • Berkin - O'zbek Tilida
  • Solomon Keyn - O'zbek Tilida
  • Raketachilar Klubi - O'zbek Tilida
  • Enaga - O'zbek Tilida
  • Meg 2 - O'zbek Tilida
Наш опрос
Ўзбекистоннинг энг яхши телеканалини белгиланг
Всего ответов: 683
Статистика


Яндекс.Метрика


Сейчас онлайн: 19
Гостей: 19
Пользователи 0

faxriddin
Tre
Submarine
Sher80
Tohirjon
hbahodir1980
Umida4008
17797
Nodirjon
Yagshisaxet
Главная » 2020 » Mart » 21 » “Mahsulotlar yetishmovchiligi bo‘lmaydi”. Qishloq xo‘jaligi vazirligi rasmiy bayonot bilan chiqdi
17:34
“Mahsulotlar yetishmovchiligi bo‘lmaydi”. Qishloq xo‘jaligi vazirligi rasmiy bayonot bilan chiqdi

O‘zbekiston Qishloq xo‘jaligi vazirligi qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetishmovchiligi bo‘lmasligi haqida rasmiy bayonot bilan chiqdi.

Ta’kidlanishicha, mamlakatda aholini oziq-ovqat mahsulotlari bilan uzluksiz, barqaror narxlarda ta’minlash va zaxirasini yaratish borasida hech qanday muammo mavjud emas. Joriy yilning bahor oylarida aholini kartoshkaga bo‘lgan talab va bozorlardagi narx-navo barqarorligini ta’minlash maqsadida tizimli ishlar qilingan.

Bir kunda omborlardan o‘rtacha 1600—1800 tonna kartoshka bozorga chiqarilmoqda. Bu kunlik iste’mol talabiga (4,5—5 ming tonna) nisbatan o‘rtacha 35—40 foizni tashkil etadi. Hozir omborlarda yana 90 ming tonna kartoshka zaxirasi mavjud. Ushbu miqdor o‘rtacha talabga nisbatan 25—30 kunga yetarli. Surxondaryo viloyatida ekilgan ertaki kartoshkadan aprel oyida (15—30-aprel) 65 ming tonna hosil yig‘ilishi rejalashtirilmoqda.

"Aslida kartoshka taqchilligi (45—50 ming tonna) asosan mart—aprel oylariga to‘g‘ri keladi. May oyidan boshlab ichki ishlab chiqarish hisobiga qondiriladi. Bundan tashqari, boshqa sabzavot va dukkakli mahsulotlar ham nazoratga olingan. Shuningdek, zarur holatlarda aholi ehtiyoji uchun zarur bo‘ladigan boshqa turdagi oziq-ovqat mahsulotlari qo‘shni davlatlardan import qilinadi”, — deyiladi xabarda.

Bugungi kunda Toshkent shahrida 2019—2020-yil qish—bahor mavsumga zaxira uchun omborlarga qo‘yilgan asosiy turdagi qishloq xo‘jaligi mahsulotlarining ichki bozorga chiqarilishi bo‘yicha tizimli chora-tadbirlar amalga oshirilgani aytiladi. 34 907 tonna kartoshka, 4965 tonna piyoz, 9996 tonna sabzi va 6313 tonna guruch mahsulotlari zaxira qilingan. Barcha tumanlardagi bozorlarga rejali asosida sotuvga chiqarilmoqda.

"Ijtimoiy tarmoqlarda ‘Koronavirus O‘zbekistonga tarqagani bois, oziq-ovqat mahsulotlari narxi oshmoqda’, degan xabarlar aholini sarosimada tushishga asos yo‘q. Aslida dehqon bozorlarida bahor faslining eng kutilgan Navro‘z bayrami munosabati bilan xalqimiz uchun savdo yarmarkalari tashkil etilmoqda. Bozorlarga kiritilayotgan barcha turdagi oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini maxsus laboratoriya mutaxassislari tomonidan tekshiruvdan o‘tkazilib, sotuvga ruxsat berilmoqda. Maqsad aholini xavfsiz va kafolatli, arzon mahsulotlar bilan ta’minlashga erishishdir”, — deyiladi bayonotda.

Avvalroq Davlat soliq qo‘mitasi raisi oziq-ovqat mahsulotlari narxi nazoratga olinishini ma’lum qilgandi. Tadbirkorlardan esa koronavirus karantini sharoitida narxlarni oshirmaslik haqida kafolat xati olinmoqda.
Категория: Har-Hil | Просмотров:608 | Добавил: moderator | Теги: yangilik | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]
Профил
Время:16:29
Добро Пожаловать, Mexmon
Поиск
Калькулятор
Календарь
«  Mart 2020  »
ПнВтСрЧтПтСбВс
      1
2345678
9101112131415
16171819202122
23242526272829
3031