• Merganlar - O'zbek Tilida
  • Zulmatdan Ovoz - O'zbek Tilida
  • Hevenhyorst - O'zbek Tilida
  • Yitqichni Izlab - O'zbek Tilida
  • Bo'rilar Jasorati - O'zbek Tilida
  • Yalmog'iz Dunyoni Qutqaradi - O'zbek Tilida
  • Ilonli Botqoq - O'zbek Tilida
  • Begona - O'zbek Tilida
  • Vahshiy Ona - O'zbek Tilida
  • Uddalab Bo'lmas Topshiriq 7 - O'zbek Tilida
  • Kompaniya - O'zbek Tilida
  • Hech Kimga Aytma - O'zbek Tilida
  • Najot Tongi - O'zbek Tilida
  • Stoun Yuragi - O'zbek Tilida
  • Avlod - O'zbek Tilida
  • Berkin - O'zbek Tilida
  • Solomon Keyn - O'zbek Tilida
  • Raketachilar Klubi - O'zbek Tilida
  • Enaga - O'zbek Tilida
  • Meg 2 - O'zbek Tilida
Наш опрос
Ўзбекистоннинг энг яхши телеканалини белгиланг
Всего ответов: 693
Статистика


Яндекс.Метрика


Сейчас онлайн: 11
Гостей: 11
Пользователи 0

JohaC2
03012005
Olaqanatlar
Akmalaka
Holdarov
Nuratdin
ismonali1994
2904
Risolat0921
faxriddin
Главная » 2020 » Mart » 26 » “Mahalla va oila” ilmiy-tadqiqot institutining faoliyatini tashkil etish rejalashtirilmoqda
23:30
“Mahalla va oila” ilmiy-tadqiqot institutining faoliyatini tashkil etish rejalashtirilmoqda

O‘zbekiston Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligi huzuridagi "Mahalla va oila” ilmiy-tadqiqot institutining faoliyatini tashkil etish rejalashtirilmoqda. Bu haqdagi Vazirlar Mahkamasining qarori loyihasi jamoatchilik muhokamasi uchun e’lon qilindi.

Qayd etilishicha, O‘zbekiston Prezidentining 2020-yil 18-fevraldagi farmoni bilan Vazirlar Mahkamasi huzuridagi "Oila” ilmiy-amaliy tadqiqot markazi hamda "Mahalla” o‘quv-uslubiy va ilmiy-tadqiqot markazi negizida O‘zbekiston Respublikasi Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligining "Mahalla va oila” ilmiy-tadqiqot instituti tashkil etilgan.

Qaror loyihasiga ko‘ra, institut mahalla va oila institutlarini mustahkamlashga ko‘maklashuvchi, fuqarolar yig‘inlarini aholining chinakam maslakdoshiga aylantirish va "Sog‘lom oila — sog‘lom jamiyat” g‘oyasini hayotga tatbiq etish ishlarini ilmiy-uslubiy va axborot-tahliliy ta’minlash faoliyatini amalga oshiruvchi ixtisoslashtirilgan ilmiy-tadqiqot muassasasi hisoblanadi.

"Mahalla va oila” ilmiy-tadqiqot instituti mahalla va oila institutlarini mustahkamlash sohasida ustuvor yo‘nalishlarni shakllantirishda ishtirok etadi. Shuningdek, u fanlararo fundamental, amaliy ilmiy tadqiqotlar va innovatsion loyihalarni amalga oshirish hamda ularning natijalarini amaliyotga joriy etish bilan shug‘ullanadi.

Mazkur institut tomonidan mahalla va oilani mustahkamlash, xotin-qizlar va keksalarni qo‘llab-quvvatlash hamda ijtimoiy faolliklarini oshirishga qaratilgan konsepsiyalar, kompleks, maqsadli, sohaviy va hududiy dasturlarni ishlab chiqishning ilmiy-metodologik asoslari shakllantiriladi.

Institut faoliyati quyidagi manbalar asosida moliyalashtiriladi:

binolar va inshootlarni saqlash xarajatlarini moliyalashtirish, shuningdek, Institut xodimlari mehnatiga haq to‘lash uchun O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjetidan ajratiladigan mablag‘lar;

O‘zbekiston Respublikasi Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligining budjetdan tashqari mablag‘lari;

Davlat ilmiy-texnika dasturlarini amalga oshirish uchun ajratiladigan O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjetlari mablag‘lari;

O‘zbekiston "Mahalla” xayriya jamoat fondi, Xotin-qizlarni va oilani qo‘llab-quvvatlash jamoat fondi hamda "Nuroniy” jamg‘armasi mablag‘lari;

xo‘jalik faoliyatidan hamda shartnoma asosida tadqiqotlar o‘tkazishdan kelib tushgan tushumlar;

xalqaro moliya institutlari va boshqa xorijiy tashkilotlarning grantlari;

qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa manbalar.

Institut xodimlariga O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi ilmiy-tadqiqot muassasalarining tegishli lavozimlari uchun belgilangan mehnatga haq to‘lash va moddiy rag‘batlantirish shartlari tatbiq etiladi.

Institut direktori Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirining tavsiyasiga asosan Vazirlar Mahkamasi tomonidan lavozimga tayinlanadi va lavozimidan ozod qilinadi. Direktor o‘rinbosarlari institut direktorining tavsiyasiga asosan Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vaziri tomonidan tayinlanadi va lavozimidan ozod qilinadi.

Institut direktori mehnatga haq to‘lash, moddiy ta’minot, tibbiy va transport xizmati ko‘rsatish sharoitlariga ko‘ra vazir o‘rinbosariga, direktorning o‘rinbosarlari esa Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligi boshqarma boshlig‘iga tenglashtiriladi.

Eslatib o‘tamiz, Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligi O‘zbekiston Prezidenti taklifiga asosan, 18-fevraldagi farmon bilan tashkil etildi.
Категория: Har-Hil | Просмотров:710 | Добавил: moderator | Теги: yangilik | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]
Профил
Время:20:37
Добро Пожаловать, Mexmon
Поиск
Калькулятор
Календарь
«  Mart 2020  »
Пн Вт Ср Чт Пт Сб Вс
      1
2345678
9101112131415
16171819202122
23242526272829
3031