• Merganlar - O'zbek Tilida
  • Zulmatdan Ovoz - O'zbek Tilida
  • Hevenhyorst - O'zbek Tilida
  • Yitqichni Izlab - O'zbek Tilida
  • Bo'rilar Jasorati - O'zbek Tilida
  • Yalmog'iz Dunyoni Qutqaradi - O'zbek Tilida
  • Ilonli Botqoq - O'zbek Tilida
  • Begona - O'zbek Tilida
  • Vahshiy Ona - O'zbek Tilida
  • Uddalab Bo'lmas Topshiriq 7 - O'zbek Tilida
  • Kompaniya - O'zbek Tilida
  • Hech Kimga Aytma - O'zbek Tilida
  • Najot Tongi - O'zbek Tilida
  • Stoun Yuragi - O'zbek Tilida
  • Avlod - O'zbek Tilida
  • Berkin - O'zbek Tilida
  • Solomon Keyn - O'zbek Tilida
  • Raketachilar Klubi - O'zbek Tilida
  • Enaga - O'zbek Tilida
  • Meg 2 - O'zbek Tilida
Наш опрос
QAYERDANSIZ
Всего ответов: 1765
Статистика


Яндекс.Метрика


Сейчас онлайн: 8
Гостей: 8
Пользователи 0

faxriddin
Tre
Submarine
Sher80
Tohirjon
hbahodir1980
Umida4008
17797
Nodirjon
Yagshisaxet
Главная » 2020 » Iyun » 30 » Madaniyat vaziri Ozodbek Nazarbekov Turkmanistonda xizmat ko‘rsatgan artist unvoni bilan taqdirlandi
12:45
Madaniyat vaziri Ozodbek Nazarbekov Turkmanistonda xizmat ko‘rsatgan artist unvoni bilan taqdirlandi

29-iyun kuni Turkmaniston va O‘zbekiston san’at va madaniyat sohasi vakillarining onlayn uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.

Madaniyat vazirligi axborot xizmatining xabar berishicha, uchrashuvda Turkmaniston prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedovning O‘zbekiston madaniyat vaziri Ozodbek Nazarbekovni Turkmanistonda xizmat ko‘rsatgan artist unvoni bilan taqdirlash to‘g‘risidagi farmoni e’lon qilindi va rasmiy tarzda masofadan topshirildi.

Turkmanistonning ushbu yuksak unvoni bilan Ozodbek Nazarbekov ikki mamlakat xalqlari o‘rtasidagi do‘stlik, qardoshlik, qo‘shiq va musiqa san’atini rivojlantirishdagi xizmatlari uchun taqdirlandi.

Eslatib o‘tamiz, Ozodbek Nazarbekov O‘zbekistonning Birinchi Prezidenti Islom Karimov davrida O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist, O‘zbekiston xalq artisti, Qoraqalpog‘iston xalq artisti unvonlari bilan taqdirlangan.

Ozodbek Nazarbekov Turkmaniston davlat rahbariga o‘zining chuqur minnatdorchiligini bildirarkan, ikki davlat o‘rtasidagi do‘stlik rishtalarini mustahkamlashda san’at va madaniyatning roli nechog‘lik muhim ekanini ta’kidladi:

"Ikki davlat do‘stlik aloqalarini mustahkamlash uchun kamtarona qilgan mehnatimiz yuqori darajada baholanganligi uchun hurmatli Gurbanguli Malikguliyevich, sizga, qardosh turkman xalqiga chin ko‘ngildan minnatdorchilik bildiraman.

Ushbu faxriy unvon berilishi, xalqlarimiz o‘rtasida madaniyat sohasidagi munosabatlarni yanada mustahkamlash yo‘lida shijoat bilan mehnat qilishimizga kuch beradi”, — dedi Ozodbek Nazarbekov.

Shuningdek, Ozodbek Nazarbekov Gurbanguli Berdimuhamedovni 63 yoshga to‘lgani munosabati bilan tabrikladi.

Sovg‘a tariqasida Turkmaniston xalq artisti Dilbar Rahmonova bilan birgalikda "Barigal” qo‘shig‘i taqdim etildi, deyiladi xabarda.
Категория: Har-Hil | Просмотров:431 | Добавил: moderator | Теги: yangilik | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]
Профил
Время:20:38
Добро Пожаловать, Mexmon
Поиск
Калькулятор
Календарь