• Merganlar - O'zbek Tilida
  • Zulmatdan Ovoz - O'zbek Tilida
  • Hevenhyorst - O'zbek Tilida
  • Yitqichni Izlab - O'zbek Tilida
  • Bo'rilar Jasorati - O'zbek Tilida
  • Yalmog'iz Dunyoni Qutqaradi - O'zbek Tilida
  • Ilonli Botqoq - O'zbek Tilida
  • Begona - O'zbek Tilida
  • Vahshiy Ona - O'zbek Tilida
  • Uddalab Bo'lmas Topshiriq 7 - O'zbek Tilida
  • Kompaniya - O'zbek Tilida
  • Hech Kimga Aytma - O'zbek Tilida
  • Najot Tongi - O'zbek Tilida
  • Stoun Yuragi - O'zbek Tilida
  • Avlod - O'zbek Tilida
  • Berkin - O'zbek Tilida
  • Solomon Keyn - O'zbek Tilida
  • Raketachilar Klubi - O'zbek Tilida
  • Enaga - O'zbek Tilida
  • Meg 2 - O'zbek Tilida
Наш опрос
Bizning Saytga Yana Qanday Loyihalar Kiritish Lozim?
Всего ответов: 231
Статистика


Яндекс.Метрика


Сейчас онлайн: 10
Гостей: 10
Пользователи 0

faxriddin
Tre
Submarine
Sher80
Tohirjon
hbahodir1980
Umida4008
17797
Nodirjon
Yagshisaxet
Главная » 2022 » May » 2 » Madaniy meros agentligi Ichan-qal’adagi 33 ta tarixiy obidaga termitlar jiddiy zarar yetkazayotganiga munosabat bildirdi
10:33
Madaniy meros agentligi Ichan-qal’adagi 33 ta tarixiy obidaga termitlar jiddiy zarar yetkazayotganiga munosabat bildirdi

YUNESKO muhofazasidagi Ichan-qal’a tarixiy yodgorlik majmuidagi 33 ta tarixiy obidaga termitlar jiddiy zarar yetkazayotgani xabar berilgandi. Madaniy meros agentligi bu xavfning oldini olish yetkaziladigan zararlarni bartaraf etish maqsadida mutaxassis-ekspertlardan iborat ishchi guruh tashkil etilganini ma’lum qildi.

Qayd etilishicha, "Ichan-qal’a” davlat muzey qo‘riqxonasi hududida 58 ta tarixiy-me’moriy obidalar bo‘lib, ularni zararkunandalardan asrash bo‘yicha Xorazm Ma’mun akademiyasi va Madaniy meros agentligi viloyat boshqarmasi hamkorlikda uzoq yillar davomida ilmiy-amaliy tadbirlar olib bormoqda.

"Xususan, Xorazm Ma’mun akademiyasi maxsus laboratoriya ilmiy xodimlari tomonidan bundan 10 yil oldin 34 ta termit bilan zararlangan obida aniqlanib, bu xavfning oldini olish bo‘yicha dezinfeksiya tadbirlari amalga oshirib kelinmoqda.

2019-yilda ham Qutlug‘ Murod inoq, Juma machit kabi obidalarda dezinfeksiya ishlari bajarilib, doimiy nazoratga olingan. Keyingi o‘n yil davomida termitdan zararlangan obidalar soni oshgani yo‘q. Demak, doimiy profilaktika tadbirlari o‘z natijasini bermoqda.Me’moriy obidalarni asrab-avaylash, zararlanishining oldini olish bo‘yicha nazorat ishlari bundan keyin ham izchil davom ettiriladi”, — deyiladi agentlik xabarida.

Agentlik ma’lumotiga ko‘ra, Markaziy Osiyo mamlakatlari hududlarida termitlarning 4 turi uchraydi. O‘zbekistonda termitlarga qarshi kurash choralari XX asrning o‘rtalaridan boshlab ishlab chiqila boshlandi. 2000-yil boshlarida termitlarga qarshi kompleks chora-tadbirlarini amalga oshirish, shu jumladan zararkunandaga qarshi ekologik zararsizroq preparatlardan foydalanish masalalari ham ko‘tarila boshlandi.

Fanlar akademiyasi Zoologiya instituti huzuridagi Respublika termitlarga qarshi kurashish markazi va Xorazm Ma’mun akademiyasi tomonidan "Ichan-Qal’a davlat muzey qo‘riqxonasi” tasarrufidagi tarixiy obidalarda termitlar tarqalishining oldini olish va ularga qarshi kurashishning kimyoviy va biologik usullari bo‘yicha tajriba olib borilib, termitlarning zararli faoliyati nazoratga olingan.

Hududlarda termitlarga qarshi kurashish va ular tomonidan yetkaziladigan zararlarni bartaraf etish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar, Moliya, Qishloq xo‘jaligi, Madaniyat, Turizm va madaniy meros vazirliklari, Madaniy meros agentligi, Fanlar akademiyasi Zoologiya instituti, Xorazm Ma’mun akademiyasi vakillari hamda mutaxassis-ekspertlardan iborat ishchi guruh tashkil etilgan.
Категория: Har-Hil | Просмотров:439 | Добавил: moderator | Теги: yangilik | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]
Профил
Время:22:19
Добро Пожаловать, Mexmon
Поиск
Калькулятор
Календарь
«  May 2022  »
ПнВтСрЧтПтСбВс
      1
2345678
9101112131415
16171819202122
23242526272829
3031