Меню сайта
Главная страница Форум сайта Узбекская Музыка Картинка Онлайн PhotoShop Софт для PC Система uCoz Видео Монтаж Кинофильмы Новости Eset Upatde (База) Компьютерный игры Игры и софт для Android Телефон прошивка Все Usb драйвер
Клип премьера
Наш опрос
Ўзбекистоннинг энг яхши телеканалини белгиланг
Всего ответов: 361
Кино премьера
Статистика


Statok.net
waplog


Сейчас онлайн: 76
Гостей: 76
Пользователи 0

shahzod99
TheStream
arslan998
Drakula55
Jurabek5555
Jahon-Music89
Jahon-Music
eshmat
Beruniycitiy
Raider55
Главная » 2017 » Oktyabr » 2 » Lutfulla Sa'dullayev shifoxonada. Aktyorning ahvoli og‘irligi ma'lum qilindi...
12:57
Lutfulla Sa'dullayev shifoxonada. Aktyorning ahvoli og‘irligi ma'lum qilindi...

O‘zbekiston xalq artisti Lutfulla Sa'dullayev og‘ir ahvolda shifoxonaning jonlantirish bo‘limida yotibdi. Bu haqda aktyorning qizi, sulola davomichisi Muqaddas Sa'dullayeva ijtimoiy tarmoqlardagi shaxsiy sahifasi orqali xabar qoldirdi.
 
"Ahli  mo‘min-musulmonlar, qo‘llaringizni duoga ochib, adajonimning sog‘liklarini so‘rab duo qiling. 5 daqiqa vaqtingizni duodan ayamang! Hozirda shifoxonada hayot bilan kurashyaptilar... Hali xalqimiz uchun ko‘p yashashlari kerak, ko‘p ijod qilishlari kerak”, deb yozadi Muqaddas Sa'dullayeva.
 
Aktrisaning ma'lum qilishicha, shu kunlarda Lutfulla Sa'dullayev "Bahor qaytmaydi” filmining ikkinchi qismi ustida ish boshlagan.
 
"Orzularidagi film, ya'ni "Bahor qaytmaydi–2 — Alimardon To‘rayevning qaytishi”ning tasvirga olish jarayonlarini nihoyasiga yetkazishlari kerak. Katta sahnada premyera qilib, siz aziz muxlislar bilan diydor ko‘rishishlari kerak. Oldinda yoshlarga namuna bo‘ladigan filmlar yaratishlari kerak. Farzandlariga, nabira va abiralariga bosh bo‘lishlari kerak. Duo qiling, azizlar! Iltimos, duo qiling”, deb so‘zlarini yakunlagan Muqaddas Sa'dullayeva.
 
Lutfulla Sa'dullayev bundan avval ham bir necha bor yurak xastaligi bilan shifoxonaga tushib, og‘ir operatsiyalarni boshidan o‘tkazgan edi. Ana shunday operatsiyalardan biri Hindistonda ham amalga oshirilgandi.
 
Bir necha kun avval aktyor yana jarrohlik stoliga yotqizildi. Operatsiya omadli o‘tdi, biroq kutilmaganda aktyorning ahvoli og‘irlashdi va jonlantirish bo‘limiga olindi. Ma'lumotlarga qaraganda, Lutfulla Sa'dullayevning ahvoli jiddiy...
 
Ma'lumot uchun, aktyor joriy yilning 18 dekabr kuni 77 yashni qarshilaydi. 1940 yilda Toshkentda tavallud topgan Lutfulla Sa'dullayev hozirgi O‘zbekiston davlat san'at va madaniyat institutini tugatadi.
 
So‘ng Yosh tomoshabinlar teatrida ish boshlab, faoliyati davomida 200 ga yaqin spektakllarda bir-biridan esda qolarli rollar ijro etadi. Kino va videofilmlar, televizion miniatyuralar dasturida ijro etgan rollari esa 500 dan ortiqdir.
 
1968 yilda hamkasbi, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Gulchehra Sa'dullayeva bilan turmush qurgan aktyor — bugun 3 farzandning otasi, 7 nabiraning sevimli buvasi.
 
Fursatdan foydalanib, tahririyatimiz nomidan O‘zbekiston xalq artisti Lutfulla Sa'dullayevga mustahkam sog‘lik tilab qolamiz. 
Категория: Har-Hil | Просмотров: 627 | Добавил: Admin | Теги: Lutfulla Sa'dullayev shifoxonada. A | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]
Профил
Время:16:23
Добро Пожаловать, Mexmon
Переводчик сайтов
Поиск
Календарь
«  Oktyabr 2017  »
ПнВтСрЧтПтСбВс
      1
2345678
9101112131415
16171819202122
23242526272829
3031
Мултьфилм премера