• Merganlar - O'zbek Tilida
  • Zulmatdan Ovoz - O'zbek Tilida
  • Hevenhyorst - O'zbek Tilida
  • Yitqichni Izlab - O'zbek Tilida
  • Bo'rilar Jasorati - O'zbek Tilida
  • Yalmog'iz Dunyoni Qutqaradi - O'zbek Tilida
  • Ilonli Botqoq - O'zbek Tilida
  • Begona - O'zbek Tilida
  • Vahshiy Ona - O'zbek Tilida
  • Uddalab Bo'lmas Topshiriq 7 - O'zbek Tilida
  • Kompaniya - O'zbek Tilida
  • Hech Kimga Aytma - O'zbek Tilida
  • Najot Tongi - O'zbek Tilida
  • Stoun Yuragi - O'zbek Tilida
  • Avlod - O'zbek Tilida
  • Berkin - O'zbek Tilida
  • Solomon Keyn - O'zbek Tilida
  • Raketachilar Klubi - O'zbek Tilida
  • Enaga - O'zbek Tilida
  • Meg 2 - O'zbek Tilida
Наш опрос
QAYERDANSIZ
Всего ответов: 1765
Статистика


Яндекс.Метрика


Сейчас онлайн: 9
Гостей: 9
Пользователи 0

faxriddin
Tre
Submarine
Sher80
Tohirjon
hbahodir1980
Umida4008
17797
Nodirjon
Yagshisaxet
Главная » 2020 » Mart » 27 » Lukashenkoga koronavirus tufayli chegaralarni yopilishi yoqmayapti
20:22
Lukashenkoga koronavirus tufayli chegaralarni yopilishi yoqmayapti

Belarus Respublikasi Prezidenti Aleksandr Lukashenko qo‘shni davlatlarning chegaralarni yopish haqidagi qarorlarini tanqid qildi. Bu haqda bugun, 27 mart kuni RIA Novosti nashri xabar berdi.
"
Xorijdan koronavirus kelganida chegaralarni yopmasdan uni nazoratga olishimiz kerak. Men qaror qildim, hukumat kecha rasmiylashtirdi: chegaralar yopilmaydi. Nega chegaralarni yopish kerak? Ukraina, Polsha, Boltiqbo‘yi davlatlari chegarani yopdi, keyin rus birodarlarimiz ham huddi shunday qildi. Xo‘p mayli, chegaralarni yoping, lekin hayot davom etmoqda, siz uni to‘xtata olmaysiz", deydi Lukashenko.

Lukashenkoning ta’kidlashicha, Belarus xalqaro yuklarning tranzit harakati davom etishini ta’minlaydi. Prezident chegaradagi barcha o‘tish punktlari uzluksiz ishlashini ma’lum qildi. 

"Shu vaqt ichida bizda yuk mashinasi haydovchilari biron-bir muammoga duch kelmadi. Hech narsani cheklamaslik darkor. Lekin kirish va chiqish joylarida nazoratni kuchaytirish zarur. Agar biron-bir favqulotda vaziyat bo‘lsa, biz darhol ushbu vaziyat bo‘yicha ish ko‘ramiz", deya qo‘shimcha qildi Lukashenko.

Uning aytishicha, zamonaviy dunyoda har doim ham chegaralarni yopish va o‘zini butunlay izolyatsiya qilish imkoni yo‘q. Uning so‘zlariga ko‘ra, buni Belarus-Rossiya chegarasidagi vaziyat ko‘rsatdi. Lukashenkoning tushuntirishicha, Rossiya tomonidan qo‘yilgan taqiqlar o‘z samarasini yo‘qotmoqda.

"Tartib bo‘lishi kerak, lekin biz bu global dunyoda butunlay yopilmasligimizni tushunishimiz kerak", deydi Prezident.

Respublika Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan koronavirus uchun epidemiologik xavfli mamlakatlardan kelgan shaxslar uchun 14 kunlik tibbiy nazorat o‘rnatilgan. Shu bilan birga, hukumat Belarusga COVID-19 holatlari ro‘yxatga olingan barcha mamlakatlardan kelgan shaxslar mamlakatga kelgan kundan boshlab 14 kun davomida o‘zini o‘zi izolyatsiya qilishlari kerakligi to‘g‘risida qaror qabul qildi. Faqatgina xalqaro tranzit yuk tashuvchi haydovchilar bundan mustasno.

So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, Belarus Respublikasida 94 ta koronavirus bilan bog‘liq holat qayd etilgan. Kasallanganlarning 32 nafari sog‘ayib ketgan.
Категория: Har-Hil | Просмотров:529 | Добавил: moderator | Теги: yangilik | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]
Профил
Время:23:01
Добро Пожаловать, Mexmon
Поиск
Калькулятор
Календарь
«  Mart 2020  »
ПнВтСрЧтПтСбВс
      1
2345678
9101112131415
16171819202122
23242526272829
3031