• Merganlar - O'zbek Tilida
  • Zulmatdan Ovoz - O'zbek Tilida
  • Hevenhyorst - O'zbek Tilida
  • Yitqichni Izlab - O'zbek Tilida
  • Bo'rilar Jasorati - O'zbek Tilida
  • Yalmog'iz Dunyoni Qutqaradi - O'zbek Tilida
  • Ilonli Botqoq - O'zbek Tilida
  • Begona - O'zbek Tilida
  • Vahshiy Ona - O'zbek Tilida
  • Uddalab Bo'lmas Topshiriq 7 - O'zbek Tilida
  • Kompaniya - O'zbek Tilida
  • Hech Kimga Aytma - O'zbek Tilida
  • Najot Tongi - O'zbek Tilida
  • Stoun Yuragi - O'zbek Tilida
  • Avlod - O'zbek Tilida
  • Berkin - O'zbek Tilida
  • Solomon Keyn - O'zbek Tilida
  • Raketachilar Klubi - O'zbek Tilida
  • Enaga - O'zbek Tilida
  • Meg 2 - O'zbek Tilida
Наш опрос
YOSHINGIZ?
Всего ответов: 1362
Статистика


Яндекс.Метрика


Сейчас онлайн: 18
Гостей: 18
Пользователи 0

faxriddin
Tre
Submarine
Sher80
Tohirjon
hbahodir1980
Umida4008
17797
Nodirjon
Yagshisaxet
Главная » 2020 » Iyun » 29 » Lukashenko Belarus konstitutsiyasini o‘zgartirish bo‘yicha referendum o‘tkazishni va’da qildi. U mamlakatning asosiy qonunini ikki marta o‘z
15:13
Lukashenko Belarus konstitutsiyasini o‘zgartirish bo‘yicha referendum o‘tkazishni va’da qildi. U mamlakatning asosiy qonunini ikki marta o‘z

Belarusda konstitutsiyaga o‘zgartirish kiritish bo‘yicha referendum o‘tkaziladi. Bu haqda mamlakat prezidenti Aleksandr Lukashenko Belta agentligiga ma’lum qilgan.

"Konstitutsiya referendumda qabul qilinadi, biz kelajakda qaysi yo‘ldan borishimizni aniq belgilab olishimiz zarur”, — degan Belarus yetakchisi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, konstitutsiyaga ikki yildan beri o‘zgartirish kiritishga tayyorlanmoqda.

"Menga bir nechta variant taklif qilindi. Biroq ular talab darajasida emas. Odamlar konstitutsiyaga qat’iy o‘zgartirishlar kiritishga qo‘rqadi”, — degan Lukashenko.

U 1994-yildagi konstitutsiyaning qaytarilishiga qarshi ekanini ta’kidladi. Lukashenkoning saylovlardagi raqibi Viktor Babriko ushbu tashabbusni ilgari surgandi.

"Men ayrimlar buni taklif qilayotganiga qaramay o‘tmish davriga qaytmoqchi emasman, siz uchun ham buni ma’qullamayman. Ular: "Biz 1994-yilga qaytib shu davr konstitutsiyasini qaytarishimiz kerak” degandi”, — deya qayd etgan Belarus yetakchisi.

Belarus konstitutsiyasi 1994-yilda qabul qilingan. Lukashenko 1996 va 2004-yillarda unga o‘zgartirish kiritgan. Natijada prezidentning vakolatlari jiddiy ravishda kengaygan va prezidentlik muddatlariga qo‘yilgan cheklovlar olib tashlangandi.

Aleksandr Lukashenko konstitutsiyaga yana o‘zgartirish kiritilishi haqida 2016-yildan beri gapirib keladi. Belarusning asosiy qonuniga parlamentda ovoz berish yoki referendum orqali o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish mumkin (konstitutsiyaning ayrim qismlarini faqat referendum bilan o‘zgartiriladi). Tashabbusni prezident, parlament yoki fuqarolar ilgari suradi, aholi 450 mingta imzo to‘plasa xalq muhokamasi amalga oshishi mumkin. Ikki marta amalga oshgan o‘zgarishda Lukashenko tashabbusi bilan referendumlar o‘tkazilgan.

Viktor Babariko — Lukashenkoning 9-avgustda o‘tadigan prezidentlik saylovlaridagi raqibi. U prezidentlikka saylansa, Belarusga 1994-yildagi konstitutsiyani qaytarishni va’da qilgan. 18-iyunda Babariko o‘zi rahbarlik qilgan "Belgazprombank”da moliyaviy jinoyatlarni amalga oshirganlikda ayblanib hibsga olingan. 19-iyunda Babariko shtabi avvalroq yozib qo‘yilgan nomzodning konstitutsiyaga o‘zgartirish kiritish bo‘yicha referendum uchun imzolarni yig‘ish haqidagi videomurojaati e’lon qilingan. Shuningdek, shu kuni Minsk aholisi prezident saylovi kampaniyasi davomida siyosatchilar va faollarning qo‘lga olinishiga norozilik belgisi sifatida "birdamlik zanjir”iga tizildi. 20-iyunda Yevropa ittifoqi Belarus hukumatidan hibsga olingan nomzod Babarikoni ozod qilishni so‘ragan.
Категория: Har-Hil | Просмотров:417 | Добавил: moderator | Теги: yangilik | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]
Профил
Время:15:44
Добро Пожаловать, Mexmon
Поиск
Калькулятор
Календарь