• Merganlar - O'zbek Tilida
  • Zulmatdan Ovoz - O'zbek Tilida
  • Hevenhyorst - O'zbek Tilida
  • Yitqichni Izlab - O'zbek Tilida
  • Bo'rilar Jasorati - O'zbek Tilida
  • Yalmog'iz Dunyoni Qutqaradi - O'zbek Tilida
  • Ilonli Botqoq - O'zbek Tilida
  • Begona - O'zbek Tilida
  • Vahshiy Ona - O'zbek Tilida
  • Uddalab Bo'lmas Topshiriq 7 - O'zbek Tilida
  • Kompaniya - O'zbek Tilida
  • Hech Kimga Aytma - O'zbek Tilida
  • Najot Tongi - O'zbek Tilida
  • Stoun Yuragi - O'zbek Tilida
  • Avlod - O'zbek Tilida
  • Berkin - O'zbek Tilida
  • Solomon Keyn - O'zbek Tilida
  • Raketachilar Klubi - O'zbek Tilida
  • Enaga - O'zbek Tilida
  • Meg 2 - O'zbek Tilida
Наш опрос
SAYTNI QAYERDAN TOPDINGIZ?
Всего ответов: 705
Статистика


Яндекс.Метрика


Сейчас онлайн: 6
Гостей: 6
Пользователи 0

faxriddin
Tre
Submarine
Sher80
Tohirjon
hbahodir1980
Umida4008
17797
Nodirjon
Yagshisaxet
Главная » 2016 » Avgust » 31 » Lola Karimova-Tillyayeva: “Samimiy va chin dildan chiqqan tilaklar otamning shifo topishlarida yordam bermoqda”
12:52
Lola Karimova-Tillyayeva: “Samimiy va chin dildan chiqqan tilaklar otamning shifo topishlarida yordam bermoqda”

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining kenja qizi O‘zbekiston xalqini bayram bilan tabriklab, odamlarga o‘z minnatdorchiligini bildirdi.

Avvalroq, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimovning kenja qizi, "Sen yolg‘iz emassan” xayriya jamg‘armasi raisi, O‘zbekistonning YUNESKOdagi doimiy vakili Lola Karimova-Tillyayeva ijtimoiy tarmoqlardagi shaxsiy sahifasi orqali Prezident Islom Karimovning salomatligi bilan bog‘liq gap-so‘zlarga oydinlik kiritib, odamlardan turli bo‘htonlarga ishonmaslikni iltimos qilgan edi.
 
Bugun, 31 avgust kuni Lola Karimova-Tillyayeva yana O‘zbekiston xalqiga yuzlandi. Ijtimoiy tarmoqdagi foydalanuvchilar orqali butun O‘zbekiston ahlini O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 25 yilligi bilan muborakbod etgan Karimova-Tillyayeva odamlarga minnatdorchilik bildirdi.
 
"Aziz yurtdoshlar, sizlarni barchamiz uchun qadrli ayyom – O‘zbekistonning Mustaqillik kuni bilan chin ko‘ngildan muborakbod etaman. Men bizning bag‘rikeng, mehnatkash va nihoyatda iqtidorli xalqimizga baxt-saodat va farovonlik tilayman. Sahovatli ona zaminimizda hamisha tinchlik va xotirjamlik barqaror bo‘lsin. Ona Vatanimizda asrlar osha mavjud bo‘lgan bag‘rikenglik, turli millat va dinlar vakillari orasidagi o‘zaro hurmat va ehtiromga asoslangan munosabatlar hamisha saqlanib qolishiga tilakdoshman.
 
Azizlar, ushbu fursatdan foydalanib, men barchangizga Prezidentimizning tez shifo topishlarini istab bildirgan samimiy tilaklar va ezgu niyatlaringiz uchun chin qalbimdan o‘z minnatdorchiligimni izhor etmoqchiman. Bu bizlar uchun juda ahamiyatlidir. Ushbu nihoyatda samimiy va chin dildan chiqqan tilaklar va so‘zlar otamning shifo topishlarida yordam bermoqda, deb ishonaman. Sizlarga katta rahmat, azizlar”, deb yozadi Lola Karimova-Tillyayeva.
 
Darhaqiqat, bugun ko‘cha ko‘yda bo‘ladimi yoki ijtimoiy tarmoqlardami odamlar tilida faqat bir gap: Prezidentning tani sog‘, boshi omon bo‘lsin. Ijtimoiy tarmoqlarda O‘zbekiston yoshlarining yozib qoldirayotgan tilaklari, Prezident sha'niga bitilgani she'rlarini o‘qigan kishining qalbi g‘urur va iftixorga to‘ladi. Prezident Islom Karimovning sog‘ayib, oyoqqa turishini kutayotgan millionlab keksayu yosh sahardan qo‘lini duoga ocharkan, yurtga tinchlik, yurtboshiga omonlik tilamoqda. Chin dildan qilingan niyatlar esa albatta, ijobat bo‘ladi!

Категория: Har-Hil | Просмотров:2818 | Добавил: Admin | Теги: Lola Karimova-Tillyayeva: “Samimiy | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]
Профил
Время:05:53
Добро Пожаловать, Mexmon
Поиск
Калькулятор
Календарь