• Merganlar - O'zbek Tilida
  • Zulmatdan Ovoz - O'zbek Tilida
  • Hevenhyorst - O'zbek Tilida
  • Yitqichni Izlab - O'zbek Tilida
  • Bo'rilar Jasorati - O'zbek Tilida
  • Yalmog'iz Dunyoni Qutqaradi - O'zbek Tilida
  • Ilonli Botqoq - O'zbek Tilida
  • Begona - O'zbek Tilida
  • Vahshiy Ona - O'zbek Tilida
  • Uddalab Bo'lmas Topshiriq 7 - O'zbek Tilida
  • Kompaniya - O'zbek Tilida
  • Hech Kimga Aytma - O'zbek Tilida
  • Najot Tongi - O'zbek Tilida
  • Stoun Yuragi - O'zbek Tilida
  • Avlod - O'zbek Tilida
  • Berkin - O'zbek Tilida
  • Solomon Keyn - O'zbek Tilida
  • Raketachilar Klubi - O'zbek Tilida
  • Enaga - O'zbek Tilida
  • Meg 2 - O'zbek Tilida
Наш опрос
SAYTGA QAYSI QURILMADAN KIRDINGIZ?
Всего ответов: 1969
Статистика


Яндекс.Метрика


Сейчас онлайн: 13
Гостей: 13
Пользователи 0

faxriddin
Tre
Submarine
Sher80
Tohirjon
hbahodir1980
Umida4008
17797
Nodirjon
Yagshisaxet
Главная » 2021 » Noyabr » 9 » Litva hukumati Belarus bilan chegarada favqulodda holat joriy etilishini ma’qulladi
21:08
Litva hukumati Belarus bilan chegarada favqulodda holat joriy etilishini ma’qulladi

Litva Vazirlar Mahkamasi Ichki ishlar vazirligining Belarus bilan chegaraga yaqin hududlarda favqulodda holat e’lon qilish haqidagi taklifini ma’qulladi. Endi qaror mamlakat parlamentida tasdiqdan o‘tishi kerak, deb yozadi Delfi.

Favqulodda holatni 10-noyabr yarim tundan boshlab bir oy muddatga joriy etish taklif qilingan. Rejim Litva-Belarus chegarasining butun uzunligi bo‘ylab 5 kilometr chiziqda, shuningdek, ro‘yxatga olish punktlarida, Kibartay, Medininkay, Pabrada, Rukla, Vilnyusdagi muhojirlar joylashtiriladigan punktlarda va ular atrofidagi 200 metr masofada amal qiladi.

Favqulodda holat vaqtida Litvaga kirib kelgan va bu yerga o‘rnashgan muhojirlar yozishmalar, telefon orqali so‘zlashuvlar va boshqa aloqa vositalaridan foydalanish va ma’lumot olish huquqidan mahrum etiladi, davlat idoralari va muassasalariga murojaat qilish imkoniyati bundan mustasno. Shuningdek, favqulodda holat davrida davlat zaxiralari mablag‘laridan migrantlar oqimi tufayli kelib chiqadigan jamoat tinchligiga tahdidni bartaraf etish maqsadida foydalanish mumkin.

Avvalroq Litva chegarasini qo‘riqlashda kuchaytirilgan rejim joriy qilingan edi.

8-noyabr kuni ertalab Belarus va Yevropa Ittifoqi davlatlari chegarasida vaziyat keskinlashdi. Bu paytda Belarus ommaviy axborot vositalari mamlakatning Polsha bilan chegarasi tomonga harakatlanayotgan muhojirlar karvoni aks etgan videolarni e’lon qildi. Belarus chegara xizmati qochqinlarning bunday qadamiga "Polsha rasmiylarining befarqligi va g‘ayriinsoniy munosabati” sabab bo‘lganini aytdi. Shu bilan birga, Minsk bu odamlar qayerdan kelgani, bu yerga qanday yetib kelganini izohlamagan.

Belarusning "BelTA” davlat agentligi xabar berishicha, muhojirlar Polsha orqali Germaniyaga o‘tib olishni maqsad qilgan. Qochqinlardan birining nashrga aytishicha, guruhda 1,5 mingga yaqin odam bo‘lib, ularning aksariyati kurdlar. "Biz bilan bolalar, homilador ayollar bor, ularning ba’zilari homiladorlikning sakkizinchi yoki to‘qqizinchi oyida, suv, ovqat, issiq kiyim yo‘q. Ammo bizga Polsha chegarasini kesib o‘tishga ruxsat berilmayapti”, — deydi ular. Ayrimlar bir necha bor chegaradan o‘tishga uringan, ammo Polsha harbiylari ularni qaytarib yuborgan, deya qayd etadi "BelTA”.

Keyinroq Belarus davlat chegara qo‘mitasi vakili Anton Bichkovskiy chegarada qochqinlarning to‘planishi Polsha tomonining provokatsiyalariga olib kelishi mumkinligini aytdi. Uning ta’kidlashicha, qochqinlar "atay yig‘ilgan va xalqaro hamjamiyat e’tiborini Polshaning inson huquqlariga rioya qilmaslik borasidagi harakatlariga qaratishga qaror qilgan”. Belarus hukumati qochqinlarning chegarani buzib o‘tishga urinishida Polsha harbiylarini aybladi, polshaliklar esa ruhiy bosim o‘tkazish uchun samolyotlardan foydalangan. Bundan tashqari, Polsha harbiylari olomonga qarshi ko‘zni yoshlatuvchi gaz ishlatgan.
Категория: Har-Hil | Просмотров:406 | Добавил: moderator | Теги: yangilik | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]
Профил
Время:18:47
Добро Пожаловать, Mexmon
Поиск
Калькулятор
Календарь
«  Noyabr 2021  »
ПнВтСрЧтПтСбВс
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
2930