• Merganlar - O'zbek Tilida
  • Zulmatdan Ovoz - O'zbek Tilida
  • Hevenhyorst - O'zbek Tilida
  • Yitqichni Izlab - O'zbek Tilida
  • Bo'rilar Jasorati - O'zbek Tilida
  • Yalmog'iz Dunyoni Qutqaradi - O'zbek Tilida
  • Ilonli Botqoq - O'zbek Tilida
  • Begona - O'zbek Tilida
  • Vahshiy Ona - O'zbek Tilida
  • Uddalab Bo'lmas Topshiriq 7 - O'zbek Tilida
  • Kompaniya - O'zbek Tilida
  • Hech Kimga Aytma - O'zbek Tilida
  • Najot Tongi - O'zbek Tilida
  • Stoun Yuragi - O'zbek Tilida
  • Avlod - O'zbek Tilida
  • Berkin - O'zbek Tilida
  • Solomon Keyn - O'zbek Tilida
  • Raketachilar Klubi - O'zbek Tilida
  • Enaga - O'zbek Tilida
  • Meg 2 - O'zbek Tilida
Наш опрос
SAYTNI QAYERDAN TOPDINGIZ?
Всего ответов: 705
Статистика


Яндекс.Метрика


Сейчас онлайн: 6
Гостей: 6
Пользователи 0

faxriddin
Tre
Submarine
Sher80
Tohirjon
hbahodir1980
Umida4008
17797
Nodirjon
Yagshisaxet
Главная » 2020 » Aprel » 1 » “Lamborghini” tibbiy niqoblar ishlab chiqaradi
12:55
“Lamborghini” tibbiy niqoblar ishlab chiqaradi

Italiyaning "Automobili Lamborghini" kompaniyasi Boloniya yaqinidagi zavodini qayta jihozlab, mahalliy shifoxonalar uchun tibbiy niqoblar ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yadi. Bu haqda kecha, 31 mart kuni kompaniya saytida ma’lum qilindi.

Ta’kidlanishicha, kompaniya kuniga mingtagacha niqob ishlab chiqarishni rejalashtirmoqda. Ishlab chiqarish Boloniya shahri yaqinidagi zavodda yo‘lga qo‘yiladi. Hozirda Italiyadagi koronavirus bilan bog‘liq eng og‘ir vaziyat ushbu shaharda kuzatilmoqda.

"Biz ushbu kurashda o‘z hissamizni qo‘shishni zarur, deb bilamiz. Pandemiya ustidan g‘alabaga bu kurashda oldingi safda turganlarni qo‘llab-quvvatlash va birgalikdagi mehnat natijasida erishiladi” deydi kompaniya vakili.

Ta’kidlanishicha, ishlab chiqarilgan himoya vositalari Boloniya shahridagi "Sant'Orsola-Malpigi” kasalxonasiga yetkaziladi. U yerda yuzlab shifokorlar koronavirus pandemiyasiga qarshi kurashmoqda. Shuningdek, kuniga yana 200 dona tibbiy uskuna 3D printerlar yordamida ishlab chiqariladi.

O‘tgan hafta Italiyaning "Armani” modalar uyi tibbiyot mutaxassislari uchun bir martalik xalatlar tikishni boshlashini e’lon qildi. Shuningdek, FCA (Fiat Chrysler Automobiles) konserni kelgusi haftalarda tibbiy niqoblar ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yishni rejalashtirmoqda.

Italiya koronavirus tufayli vafot etganlar soni bo‘yicha dunyoda birinchi o‘rinda turibdi. So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, mamlakatda 105 792 nafar odamda koronavirus infeksiyasi qayd etilgan. 12 428 nafar odam allaqachon vafot etgan. Mamlakatda joriy yilning 10 mart kunidan boshlab karantin va aholining harakatiga qattiq cheklovlar amal qilmoqda.
Категория: Har-Hil | Просмотров:515 | Добавил: moderator | Теги: yangilik | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]
Профил
Время:07:05
Добро Пожаловать, Mexmon
Поиск
Калькулятор
Календарь