• Merganlar - O'zbek Tilida
  • Zulmatdan Ovoz - O'zbek Tilida
  • Hevenhyorst - O'zbek Tilida
  • Yitqichni Izlab - O'zbek Tilida
  • Bo'rilar Jasorati - O'zbek Tilida
  • Yalmog'iz Dunyoni Qutqaradi - O'zbek Tilida
  • Ilonli Botqoq - O'zbek Tilida
  • Begona - O'zbek Tilida
  • Vahshiy Ona - O'zbek Tilida
  • Uddalab Bo'lmas Topshiriq 7 - O'zbek Tilida
  • Kompaniya - O'zbek Tilida
  • Hech Kimga Aytma - O'zbek Tilida
  • Najot Tongi - O'zbek Tilida
  • Stoun Yuragi - O'zbek Tilida
  • Avlod - O'zbek Tilida
  • Berkin - O'zbek Tilida
  • Solomon Keyn - O'zbek Tilida
  • Raketachilar Klubi - O'zbek Tilida
  • Enaga - O'zbek Tilida
  • Meg 2 - O'zbek Tilida
Наш опрос
SAYTGA QAYSI QURILMADAN KIRDINGIZ?
Всего ответов: 1969
Статистика


Яндекс.Метрика


Сейчас онлайн: 16
Гостей: 16
Пользователи 0

faxriddin
Tre
Submarine
Sher80
Tohirjon
hbahodir1980
Umida4008
17797
Nodirjon
Yagshisaxet
Главная » 2020 » Iyun » 21 » KXDR Janubiy Koreyaga qarshi “agitatsion urush”ga tayyorgarlik ko‘rmoqda
09:13
KXDR Janubiy Koreyaga qarshi “agitatsion urush”ga tayyorgarlik ko‘rmoqda

KXDR ikki mamlakat o‘rtasidagi munosabatlar yomonlashayotgan bir paytda Janubiy Koreyada tarqatiladigan tashviqot varaqalarini chiqara boshladi. Bu haqda 20-iyun kuni Koreya Markaziy telegraf agentligi xabar berdi.

"Nashriyot uylari Janubiy Koreya rasmiylariga tartibsiz zarbalar beruvchi varaqalarni chop etmoqda... Mamlakat bo‘ylab g‘azablangan odamlar Janubiy Koreyada hatto oddiy axloqdan mahrum bo‘lgan odamlarga sochish uchun varaqalarni ommaviy tarqatishga faol tayyorgarlik ko‘rmoqda”, — deb ta’kidlangan xabarda.

Agentlikning qayd etishicha, "universitet talabalari tegishli tartibda shimol va janubning chegara hududlariga kirish ochilishi bilanoq varaqalar tarqatishni boshlaydi”. Chunki amaldgi kelishuvga ko‘ra, aynan talabalarga chegara hududlariga kirish huquqi berilgan. Shuningdek, "Gunohlar uchun qasos muqarrardir”, — deya qo‘shimcha qilingan.

Eslatib o‘tamiz, Shimoliy va Janubiy Koreya munosabatlari so‘nggi ikki hafta davomida yomonlashib bormoqda. Dastlab KXDR Janubiy Koreyaning qo‘ng‘iroqlariga javob bermadi. 9-iyun kuni esa KXDR 2018-yildan beri ilk bor Janubiy Koreya bilan aloqalarni to‘xtatdi. KXDR Seul bilan barcha aloqa liniyalarini Pxenyanga qarshi yuborilgan tashviqot varaqalari sabab bloklagan. Uzoq yillar davomida ishlamagan aloqa liniyalari 2018-yilda qayta tiklangan, shundan buyon mamlakatlar kuniga ikki marotaba o‘zaro qo‘ng‘iroqlashib turgandi.

14-iyun kuni Janubiy Koreya hukumati Shimoliy Koreya bilan bog‘liq har qanday vaziyat yuzasidan javob berishga tayyorligini ta’kidlab, KXDRni ikki mamlakat o‘rtasidagi harbiy bitim bo‘yicha kelishuvlarini amalga oshirishga chaqirdi. 16-iyun kuni esa Shimoliy Koreya harbiylari Keson shahrida joylashgan Koreyalararo aloqa ofisini portlatib yubordi.

Endilikda KXDR Janubiy Koreya bilan chegaradosh qurolsizlantirilgan hududlarga o‘z qo‘shinlarini qaytarmoqchi. Shu maqsadda o‘z qo‘shinlarini Kimgansan turistik zonasi va Keson sanoat kompleksiga joylashtirishga tayyorlanmoqda.
Категория: Har-Hil | Просмотров:469 | Добавил: moderator | Теги: yangilik | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]
Профил
Время:16:06
Добро Пожаловать, Mexmon
Поиск
Калькулятор
Календарь