• Merganlar - O'zbek Tilida
  • Zulmatdan Ovoz - O'zbek Tilida
  • Hevenhyorst - O'zbek Tilida
  • Yitqichni Izlab - O'zbek Tilida
  • Bo'rilar Jasorati - O'zbek Tilida
  • Yalmog'iz Dunyoni Qutqaradi - O'zbek Tilida
  • Ilonli Botqoq - O'zbek Tilida
  • Begona - O'zbek Tilida
  • Vahshiy Ona - O'zbek Tilida
  • Uddalab Bo'lmas Topshiriq 7 - O'zbek Tilida
  • Kompaniya - O'zbek Tilida
  • Hech Kimga Aytma - O'zbek Tilida
  • Najot Tongi - O'zbek Tilida
  • Stoun Yuragi - O'zbek Tilida
  • Avlod - O'zbek Tilida
  • Berkin - O'zbek Tilida
  • Solomon Keyn - O'zbek Tilida
  • Raketachilar Klubi - O'zbek Tilida
  • Enaga - O'zbek Tilida
  • Meg 2 - O'zbek Tilida
Наш опрос
Bizning Saytga Yana Qanday Loyihalar Kiritish Lozim?
Всего ответов: 231
Статистика


Яндекс.Метрика


Сейчас онлайн: 23
Гостей: 23
Пользователи 0

faxriddin
Tre
Submarine
Sher80
Tohirjon
hbahodir1980
Umida4008
17797
Nodirjon
Yagshisaxet
Главная » 2020 » Fevral » 1 » Kosondagi maktabda o‘quvchilarning obunaga majburlangani rad etildi
19:35
Kosondagi maktabda o‘quvchilarning obunaga majburlangani rad etildi

, Koson tumanidagi maktablarda o‘quvchilar 4 nomdagi jurnalga obuna bo‘lishga majburlanayotgani, Qozoqli qishlog‘idagi 14-maktabda ushbu holat yuz bergani haqida xabar bergandik.

Koson tuman hokimligi axborot xizmati mazkur xabarni rad etdi.
— Mazkur ta’lim dargohiga borib vaziyat o‘rganilganda murojaatchining vajlari o‘z isbotini topmadi, — deyiladi hokimlik axborot xizmati ma’lumotida.
"Ota-onalarga tanishib chiqish maqsadida berilgan taklif qog‘oziga nazar tashlaydigan bo‘lsak, ‘Dono’ nashriyotining 4 nomdagi jurnallari keltirilgan va ularga 1 yillik obuna uchun to‘lov miqdori tanishtirib o‘tilgan. Lekin ma’lumotnomaning mazmun-mohiyati majburiy obuna bo‘lish degan tushunchani anglatmaydi. Ota-onalarga ixtiyoriy ravishda mazkur jurnallarga obuna bo‘lish yoki sotib olish mumkinligi aytilgan.

‘Dono’ nashriyoti xodimlari dars soatlariga xalaqit qilmagan holda Qashqadaryo viloyatida joylashgan maktab o‘quvchilari o‘rtasida targ‘ibot tadbirlarini olib borgan. Jurnal faoliyati bilan tanishtirgan. Biroq hali Koson tumanidagi maktablar mazkur jurnallarga obuna bo‘lmagan va hech kimdan pul yig‘ib olinmagan.

Bizning maktabga nashriyot xodimlari 2019-yilning dekabr oyida kelishgan edi. Ular ixtiyoriy ravishda ota-onalar o‘rtasida so‘rovnoma o‘tkazishini, ma’lumot sifatida to‘ldirilgan maxsus varaqa berishini aytishdi. Men ularga ota-onalar bilan bemalol suhbatlashib, jurnalning faoliyati bilan tanishtirishlarini aytdim. Lekin majburiy obunaga yo‘l qo‘yilmasligini, buni o‘zim jiddiy nazorat qilishimni ham tushuntirdim. Xodimlar o‘quvchilar va ota-onalar o‘rtasida jurnal faoliyatini targ‘ib qilishganini eslayman. Ammo hali bizning maktabda hech kimdan obuna uchun pul yig‘ilmadi va obuna bo‘lasan deb ham aytilmadi”,— deydi 14-maktab direktori Zarif Tilovov.

— Majburiy va ixtiyoriy degan tushunchalarning bir-biridan farqi bor, — deydi "Dono” nashriyoti vakili Sardor Qo‘shaqov. Jurnallarimizning respublikada o‘z o‘rni bor, minglab o‘quvchilarimiz sevib o‘qishadi. Lekin hali biz biror marta ota-onalardan majburlab obunaga pul yig‘maganmiz. Targ‘ibot ishlarini olib borganmiz. Buning nimasi yomon? Bolalar jurnallarni o‘zlari xohlab o‘qisa, she’rlari yoki rasmlari chop etilsa yaxshi-ku. Kimdir jurnal sotib olishga yoki obuna bo‘lishga puli yetmaydimi, demak, sotib olmasin.

— Mahallamizga nashriyot xodimlari kelganini yaxshi eslayman, ular 4 ta jurnal faoliyati bilan tanishtirishdi. O‘sha suhbatda o‘zim ham qatnashgan edim. Targ‘ibot qilishdi, tushuntirishdi. Agar xohish bo‘lsa, obuna bo‘lishimizni va buning uchun o‘qituvchi yoki maktab direktoriga emas, nashriyotning o‘ziga murojaat etishimizni aytishdi. Nashriyot obuna bo‘lganlarga jurnallarni o‘z vaqtida yetkazib berish xizmatini ham zimmasiga oldi. Obuna bo‘lishga ulgurganim yo‘q-ku, ammo o‘sha paytda jurnallardan sotib olgan edim, — deydi Normurod Allayorov.

Tarqalgan xabarlar yuzasidan 14 maktabda ota-onalar va mas’ullar ishtirokida yig‘ilish o‘tkazildi. Unda nashriyot xodimlari ham qatnashdi. Muhokamalar jarayonida ota-onalar hali jurnallarga obuna bo‘lmaganini va majburiy obuna qilish holatlari kuzatilmaganini ma’lum qildi.

Tuman xalq ta’limi bo‘limi vakillari esa majburiy obunaga yo‘l qo‘yilmasligini va bu bo‘lim tomonidan nazoratda ekanini aytdi.

"Gazeta yoki jurnallarni targ‘ib qilish, aholini tanishtirish, ma’lumot berish bu majburiy obuna hisoblanmaydi. Qolaversa, hech kimdan majburiy obuna uchun pul yig‘ilmaganini inobatga olsak, ‘Daryo.uz’ga murojaat bilan chiqqan fuqaroning havotirlari o‘rinsiz ekani ayon bo‘ladi”, deyiladi Koson tuman hokimligi axborot xizmati xabarida.
Категория: Har-Hil | Просмотров:532 | Добавил: moderator | Теги: yangilik | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]
Профил
Время:10:40
Добро Пожаловать, Mexmon
Поиск
Калькулятор
Календарь
«  Fevral 2020  »
ПнВтСрЧтПтСбВс
     12
3456789
10111213141516
17181920212223
242526272829