• Merganlar - O'zbek Tilida
  • Zulmatdan Ovoz - O'zbek Tilida
  • Hevenhyorst - O'zbek Tilida
  • Yitqichni Izlab - O'zbek Tilida
  • Bo'rilar Jasorati - O'zbek Tilida
  • Yalmog'iz Dunyoni Qutqaradi - O'zbek Tilida
  • Ilonli Botqoq - O'zbek Tilida
  • Begona - O'zbek Tilida
  • Vahshiy Ona - O'zbek Tilida
  • Uddalab Bo'lmas Topshiriq 7 - O'zbek Tilida
  • Kompaniya - O'zbek Tilida
  • Hech Kimga Aytma - O'zbek Tilida
  • Najot Tongi - O'zbek Tilida
  • Stoun Yuragi - O'zbek Tilida
  • Avlod - O'zbek Tilida
  • Berkin - O'zbek Tilida
  • Solomon Keyn - O'zbek Tilida
  • Raketachilar Klubi - O'zbek Tilida
  • Enaga - O'zbek Tilida
  • Meg 2 - O'zbek Tilida
Наш опрос
QAYERDANSIZ
Всего ответов: 1765
Статистика


Яндекс.Метрика


Сейчас онлайн: 6
Гостей: 6
Пользователи 0

faxriddin
Tre
Submarine
Sher80
Tohirjon
hbahodir1980
Umida4008
17797
Nodirjon
Yagshisaxet
Главная » 2020 » May » 30 » Koronavirusning dunyoga foydasi ma’lum qilindi
12:30
Koronavirusning dunyoga foydasi ma’lum qilindi

Koronavirus pandemiyasining iqtisodiy oqibatlari fonida 2020-2021 yillarda jahonda qurol uchun mablag‘ sarflash kamayadi. Uning o‘rniga ta’lim, fan va sog‘liqni saqlash tizimi moliyalashtiriladi. Bu haqda Stokgolm Xalqaro Tinchlik Tadqiqot Instituti (SIPRI) direktori Dan Smit aytib o‘tdi.

Shu bilan birga, harbiy xarajatlar keskin kamayishi bilan xalqaro hamjihatlik va o‘zaro hamkorlik aloqalari kuchayadi. Ayniqsa, sog‘liqni saqlash bo‘ycha davlatlar birgalikda harakat qilishni boshlaydi. Mutaxassisning fikricha, hukumatlar boshqa davlatdagi kam rivojlangan sog‘liqni saqlash tizimi ularning mamlakatiga ham ta’sir etishini tushunishmoqda.

"2019 yilda qurol uchun 1,9 trln. dollar pul sarflangan. Bu rekord ko‘rsatkich. Bu eng yuqori cho‘qqiga aylanadi va 2020-2021 yillarda biz xarajatlarning pasayishini kutishimiz mumkin. Ushbu pasayish qanchalik keskin bo‘lishini hozir oldindan aytish qiyin. Bu nafaqat pandemiya keltirib chiqargan inqiroz bilan bog‘liq iqtisodiy omillarga, balki hukumatlar tomonidan amalga oshiriladigan uzoq muddatli ijtimoiy va siyosiy tanlovlarga ham bog‘liq", deydi Dan Smit.

Umuman olganda global xavfsizlik siyosatidagi mumkin bo‘lgan o‘zgarishlar haqidagi savolga javoban Smit, pandemiya davlatlar inqirozli vaziyatda samarali hamkorlik qilishi mumkinligini ko‘rsatdi. Shuningdek, u ushbu inqiroz xalqaro hamkorlikning mustahkamlanishiga turtki bo‘lishi kerakligini qo‘shimcha qildi.

Yangi tadqiqotga ko‘ra, 2019 yilda dunyodagi harbiy xarajatlar eng yuqori darajaga yetdi va 2010 yildagi harbiy xarajatlarga nisbatan 7,2 foizga oshdi. SIPRI ma’lumotlariga ko‘ra, harbiy xarajatlar umuman olganda YAIMning 2,2 foizini tashkil etdi. 2019 yilda dunyoda eng katta harbiy xarajatlarga ega bo‘lgan besh mamlakat qatoriga AQSH, Xitoy, Hindiston, Rossiya va Saudiya Arabistoni kirdi. Ular dunyo harbiy xarajatlarining 62 foizini amalga oshirgan.
Категория: Har-Hil | Просмотров:691 | Добавил: moderator | Теги: yangilik | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]
Профил
Время:01:38
Добро Пожаловать, Mexmon
Поиск
Калькулятор
Календарь