• Merganlar - O'zbek Tilida
  • Zulmatdan Ovoz - O'zbek Tilida
  • Hevenhyorst - O'zbek Tilida
  • Yitqichni Izlab - O'zbek Tilida
  • Bo'rilar Jasorati - O'zbek Tilida
  • Yalmog'iz Dunyoni Qutqaradi - O'zbek Tilida
  • Ilonli Botqoq - O'zbek Tilida
  • Begona - O'zbek Tilida
  • Vahshiy Ona - O'zbek Tilida
  • Uddalab Bo'lmas Topshiriq 7 - O'zbek Tilida
  • Kompaniya - O'zbek Tilida
  • Hech Kimga Aytma - O'zbek Tilida
  • Najot Tongi - O'zbek Tilida
  • Stoun Yuragi - O'zbek Tilida
  • Avlod - O'zbek Tilida
  • Berkin - O'zbek Tilida
  • Solomon Keyn - O'zbek Tilida
  • Raketachilar Klubi - O'zbek Tilida
  • Enaga - O'zbek Tilida
  • Meg 2 - O'zbek Tilida
Наш опрос
YOSHINGIZ?
Всего ответов: 1362
Статистика


Яндекс.Метрика


Сейчас онлайн: 30
Гостей: 30
Пользователи 0

faxriddin
Tre
Submarine
Sher80
Tohirjon
hbahodir1980
Umida4008
17797
Nodirjon
Yagshisaxet
Главная » 2020 » Mart » 24 » Koronavirusga qarshi kurash davrida xodimning ish haqi, ta’tili va boshqa huquqlari qanday?
19:58
Koronavirusga qarshi kurash davrida xodimning ish haqi, ta’tili va boshqa huquqlari qanday?

Joriy yilning 20 mart kuni Prezident Shavkat Mirziyoyevning "Koronavirus pandemiyasi va global inqiroz holatlarining iqtisodiyot tarmoqlariga salbiy ta’sirini yumshatish bo‘yicha birinchi navbatdagi chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi  farmoni qabul qilindi. Prezident iqtisodiyot tarmoqlarga koronavirus pandemiyasi va global inqiroz holatlarining salbiy ta’sirlarini kamaytirish bo‘yicha chora-tadbirlarni belgiladi. Farmonning to‘rtinchi qismida aholini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash vazifalari ko‘rsatildi.
Koronavirus vaqtida xodim nimalarni bilishi kerak?

Virusga qarshi kurashish tadbirlari vaqtida koronavirus infeksiyasi bilan zararlanishi yoki zararlangan deb gumon qilinishi munosabati bilan karantinga joylashtirilgan ota-onalar (ular o‘rnini bosuvchi shaxslar, vasiylar, homiylar), shuningdek, ularning 14 yoshgacha bo‘lgan bolasini parvarish qilayotgan shaxslarga o‘rtacha oylik ish haqining 100%i miqdorida vaqtincha mehnatga qobiliyatsizlik nafaqasi to‘lanadi. 

Koronavirus infeksiyasi bilan zararlangan yoki karantinga joylashtirilgan, shuningdek, 14 yoshga to‘lmagan bolaning ota-onasi (uning o‘rnini bosuvchi shaxslar, vasiylar, homiylar) bo‘lgan xodimlar bilan mehnat shartnomalarini ish beruvchining tashabbusi bilan bekor qilish taqiqlanadi.

Virusga qarshi kurashish tadbirlari vaqtida tibbiyot, sanitariya-epidemiologik va boshqa xodimlar koronavirus infeksiyasi tarqalishiga qarshi kurashish tadbirlariga jalb qilinadigan davrda ularning oylik lavozim maoshiga 6% miqdorida har kunlik qo‘shimcha to‘lovlar joriy qilinadi.

Davlat byudjetidan moliyalashtiriladigan va o‘z faoliyatini to‘xtatgan maktabgacha, umumiy o‘rta, o‘rta maxsus va oliy ta’lim muassasalari, sport va madaniyat muassasalari xodimlarining ish haqларiнi o‘z vaqtida to‘lab berilishi ta’minlanadi. Aholiga vaqtincha mehnatga qobiliyatsizlik to‘g‘risidagi hujjatlarni taqdim etishning soddalashtirilgan tizimi joriy etiladi.

Virusga qarshi kurashish tadbirlari vaqtida maktabgacha ta’lim tashkilotlari va umumta’lim maktablarning faoliyati to‘xtatilgan davrda maktabgacha ta’lim tashkilotlari tarbiyalanuvchilari va umumta’lim maktablari boshlang‘ich sinflari o‘quvchilarining ota-onalariga (ular o‘rnini bosuvchi shaxslarga, vasiylarga, homiylarga) yillik ta’tildan foydalanish grafigidan qat’i nazar (shu jumladan, 6 oydan kam ishlaganlarga) yillik ta’til taqdim etiladi.

Ish beruvchilar xodimlarni, ayniqsa, homilador ayollar, keksalar, imkoniyati cheklangan hamda surunkali kasallikka chalingan shaxslarni, ularning roziligi bilan, masofadan turib ishlash usuliga, qulay ish grafigiga yoki uydan turib ishlashga o‘tkazishlari mumkin.

Bundan tashqari, xodimlar qonunlarda belgilangan quyidagi huquqlari bilan ham tanishib olsa maqsadga muvofiq bo‘lardi. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va boshqa qonunlariga muvofiq har bir shaxs mehnat qilish, erkin kasb tanlash, adolatli mehnat sharoitida ishlash, "Aholini ish bilan ta’minlash to‘g‘risida”gi va boshqa normativ-huquqiy hujjatlarda belgilanganidek ishsizlikdan himoyalanish huquqiga ega hisoblanadi. Quyida bu haqda batafsil ma’lumot berishga harakat qilganmiz.

Xodimlarning asosiy mehnat huquqlari nimalardan iborat?

Har bir xodim mehnatga haq to‘lash eng kam miqdoridan kam bo‘lmagan miqdorda ish haqi olish huquqiga ega. Bu hozirda 67 9330so'mni yohud taxminan hozirgi kursdagi (24.03.2020) 70 dollar-u 21 sent tashkil qilmoqda. Muddatlari chegarasi belgilangan ish vaqtini o‘rnatish, bir qator kasblar va ishlar uchun ish kunini qisqartirish, har haftalik dam olish kunlari, bayram kunlari, shuningdek haq to‘lanadigan yillik ta’tillar berish orqali ta’minlanadigan dam olish huquqiga ega.

Barcha tashkilotlarda xavfsizlik va gigiyena talablariga javob beradigan sharoit bo‘lishi kerak. Bunday sharoitlarni yaratib berish ish beruvchining majburiyati hisoblanadi. Ish o‘rni qonun talablariga javob beradigan bo‘lishi kerak. Xodim ish beruvchidan mehnat sharoitlari to‘g‘risida, shu jumladan kasb kasalliklari va boshqa kasalliklarga chalinish ehtimoli mavjudligi, shu munosabat bilan o‘ziga berilishi lozim bo‘lgan imtiyozlar va kompensatsiyalar, shuningdek shaxsiy himoya vositalari va jamoaviy himoya vositalari haqida axborot olish huquqiga ega.

Xodim ishlab chiqarishdagi baxtsiz hodisalar va kasb kasalliklaridan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda davlat tomonidan majburiy ijtimoiy sug‘urta qilinish mumkin. Mehnatni muhofaza qilishga oid talablar buzilganligi oqibatida o‘z hayoti va sog‘lig‘i uchun xavf yuzaga kelgan taqdirda, ishlarni bajarishni bunday xavf bartaraf etilguniga qadar rad etish huquqiga ega.  O‘z ish o‘rnidagi mehnat sharoitlari hamda mehnatni muhofaza qilishga oid talablarga rioya etilishi ustidan davlat nazorati va tekshiruvini amalga oshiruvchi organga tekshirishdan o‘tkazilishi uchun so‘rovnoma bersa bo‘ladi.

Xodim ish vaqtida mayib bo‘lib qolsa zararni kim to‘laydi?

Shuningdek, xodim qonunlarda berilishi nazarda tutilgan kompensatsiya va imtiyozlardan foydalanish huquqiga ega. O‘z mehnat vazifalarini bajarishi bilan bog‘liq holda mehnatda mayib bo‘lishi, kasb kasalligiga chalinishi yoki sog‘lig‘iga boshqacha tarzda shikast yetishi munosabati bilan hayotiga yoki sog‘lig‘iga yetkazilgan zararning o‘rnini ish beruvchidan undirishi mumkin. Bunda albatta kerakli hujjatlarni tayyorlab, tegishli tashkilotlar yoki fuqarolik sudiga murojaat qilishi kerak bo‘ladi.

O‘z ish o‘rnida mehnat qilish uchun xavfsiz sharoitlar ta’minlanishi bilan bog‘liq masalalar ko‘rib chiqilayotganda va o‘zi bilan sodir bo‘lgan baxtsiz hodisa yoki uning kasb kasalligi tekshirilayotganda shaxsan o‘zi ishtirok etish yoki o‘z vakillari orqali ishtirok etishi mumkin. Tibbiy tavsiyalarga muvofiq navbatdan tashqari tibbiy ko‘rikdan o‘tish, ushbu tibbiy ko‘rikdan o‘tish vaqtida uning ish joyi (lavozimi) va ish haqi saqlanishi lozim. Xodimlar kasaba uyushmalariga hamda xodimlar va mehnat jamoalarining manfaatlarini ifoda etuvchi boshqa tashkilotlarga birlashish, qariganda, mehnat qobiliyatini yo‘qotganda, boquvchisidan mahrum bo‘lganda va qonunda nazarda tutilgan boshqa hollarda ijtimoiy ta’minot olish huquqiga ega hisoblanadi.
Категория: Har-Hil | Просмотров:545 | Добавил: moderator | Теги: yangilik | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]
Профил
Время:03:48
Добро Пожаловать, Mexmon
Поиск
Калькулятор
Календарь
«  Mart 2020  »
ПнВтСрЧтПтСбВс
      1
2345678
9101112131415
16171819202122
23242526272829
3031