• Merganlar - O'zbek Tilida
  • Zulmatdan Ovoz - O'zbek Tilida
  • Hevenhyorst - O'zbek Tilida
  • Yitqichni Izlab - O'zbek Tilida
  • Bo'rilar Jasorati - O'zbek Tilida
  • Yalmog'iz Dunyoni Qutqaradi - O'zbek Tilida
  • Ilonli Botqoq - O'zbek Tilida
  • Begona - O'zbek Tilida
  • Vahshiy Ona - O'zbek Tilida
  • Uddalab Bo'lmas Topshiriq 7 - O'zbek Tilida
  • Kompaniya - O'zbek Tilida
  • Hech Kimga Aytma - O'zbek Tilida
  • Najot Tongi - O'zbek Tilida
  • Stoun Yuragi - O'zbek Tilida
  • Avlod - O'zbek Tilida
  • Berkin - O'zbek Tilida
  • Solomon Keyn - O'zbek Tilida
  • Raketachilar Klubi - O'zbek Tilida
  • Enaga - O'zbek Tilida
  • Meg 2 - O'zbek Tilida
Наш опрос
SAYTNI QAYERDAN TOPDINGIZ?
Всего ответов: 705
Статистика


Яндекс.Метрика


Сейчас онлайн: 9
Гостей: 9
Пользователи 0

faxriddin
Tre
Submarine
Sher80
Tohirjon
hbahodir1980
Umida4008
17797
Nodirjon
Yagshisaxet
Главная » 2020 » Iyun » 11 » Koronavirusga qarshi birinchi dori – Avifavir Rossiya bo‘ylab tarqatildi
16:55
Koronavirusga qarshi birinchi dori – Avifavir Rossiya bo‘ylab tarqatildi

Avvalroq, Rossiyada koronavirusga qarshi birinchi dori ro‘yxatga olingani haqida xabar bergan edik. "Interfaks" nashrining aniqlik kiritishicha, preparatning birinchi partiyalari Moskva, Leningrad, Novgorod, Kirov, Nijniy Novgorod viloyatlari, Tatariston va Yekaterinburgdagi klinikalarga yetkazilgan.

"Iyun oyida 60 mingta "Avifavir" kurslari Rossiya shifoxonalariga yetkaziladi", deyiladi xabarda.

Dori ishlab chiqaruvchisining ta’kidlashicha, kerak bo‘lsa ishlab chiqarishni yiliga ikki million kursgacha oshirish mumkin. Ma’lum qilinishicha, ushbu dori vositasi koronavirusga chalingan bemorlarda 3 kun ichida natija ko‘rsatadi, o‘rtacha 6 kunda esa organizm butunlay koronavirusdan xalos bo‘ladi.

Ma’lumot uchun, 29 mayda "Avifavir" Rossiya sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan ro‘yxatga olingan. Dori davolanish uchun vazirlikning ko‘rsatmalariga kiritilgan va Favipiravir asosida koronavirusni davolash uchun tasdiqlangan dunyodagi birinchi dori bo‘ldi. Ishlab chiqaruvchilar ushbu dori yaxshi o‘rganilganligini ta’kidladilar. U Yaponiyada 2014 yildan beri grippning og‘ir shakllariga qarshi ishlatilgan.

Davolashning dastlabki to‘rt kunidagi natijalarga ko‘ra, "Avifavir"ni qabul qilgan 40 bemorning 65 foizining koronavirusga topshirgan testi manfiy chiqqan. 10 kundan so‘ng, ushbu 40 nafar bemorning 90 foizida test natijalari organizmda koronavirus yo‘qligini qayd etdi. "Avifavir"ni qabul qilgan bemorlarning 68 foizida, uchinchi kuni tana harorati normal holatga qaytgan.

Hozirgi vaqtda preparatni klinik sinovlarining yakuniy bosqichi o‘tkazilmoqda, unda 330 bemor Moskva, Sankt-Peterburg, Tver, Nijniy Novgorod, Smolensk, Ryazan, Qozon, Ufa, Dog‘istonda qatnashmoqda.

Dori shifoxonalarga bepul yetkazib beriladi, u sotuvga chiqarilmaydi. Chunki tadqiqotlarga ko‘ra, agar u homilador ayol tomonidan qabul qilinsa, bu bolada deformatsiyaga olib kelishi mumkin. Preparatni qabul qilganidan so‘ng, olimlar uch oy davomida ayollarga ham farzand ko‘rishni tavsiya etmaydilar.
Категория: Har-Hil | Просмотров:529 | Добавил: moderator | Теги: yangilik | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]
Профил
Время:16:33
Добро Пожаловать, Mexmon
Поиск
Калькулятор
Календарь