• Merganlar - O'zbek Tilida
  • Zulmatdan Ovoz - O'zbek Tilida
  • Hevenhyorst - O'zbek Tilida
  • Yitqichni Izlab - O'zbek Tilida
  • Bo'rilar Jasorati - O'zbek Tilida
  • Yalmog'iz Dunyoni Qutqaradi - O'zbek Tilida
  • Ilonli Botqoq - O'zbek Tilida
  • Begona - O'zbek Tilida
  • Vahshiy Ona - O'zbek Tilida
  • Uddalab Bo'lmas Topshiriq 7 - O'zbek Tilida
  • Kompaniya - O'zbek Tilida
  • Hech Kimga Aytma - O'zbek Tilida
  • Najot Tongi - O'zbek Tilida
  • Stoun Yuragi - O'zbek Tilida
  • Avlod - O'zbek Tilida
  • Berkin - O'zbek Tilida
  • Solomon Keyn - O'zbek Tilida
  • Raketachilar Klubi - O'zbek Tilida
  • Enaga - O'zbek Tilida
  • Meg 2 - O'zbek Tilida
Наш опрос
Bizning Saytga Yana Qanday Loyihalar Kiritish Lozim?
Всего ответов: 231
Статистика


Яндекс.Метрика


Сейчас онлайн: 12
Гостей: 12
Пользователи 0

faxriddin
Tre
Submarine
Sher80
Tohirjon
hbahodir1980
Umida4008
17797
Nodirjon
Yagshisaxet
Главная » 2020 » Mart » 15 » Koronavirusga chalinganlar bilan muloqot qilganini yashirgan o‘zbekistonliklar jinoiy javobgarlikka tortilishi mumkin
19:57
Koronavirusga chalinganlar bilan muloqot qilganini yashirgan o‘zbekistonliklar jinoiy javobgarlikka tortilishi mumkin

O‘zbekistonda 15-mart, yakshanba kuni, koronavirus bilan kasallanish holati qayd etildi. Koronavirus bilan kasallangani O‘zbekistonda aniqlangan ilk bemor — ayol kishi, Toshkent shahridan.Manbasining ma’lum qilishicha, u Fransiyada bir haftadan ortiq bo‘lib, so‘ng Vatanga qaytgan. Ayol qaytgan reysda, birlamchi ma’lumotlarga ko‘ra, 48 yo‘lovchi, shuningdek, ekipaj a’zolari bo‘lgan. Bemor ayol tufayli 150 kishi izolyatsiyaga olindi. Ularning to‘qqiz nafari ayolning oila a’zolari.

O‘zbekistonda koronavirus qayd etilishi munosabati bilan respublikada ba’zi karantin va cheklov tabdirlari o‘tkazilmoqda. Xususan Navro‘z bayrami bekor qilindi, barcha ta’lim muassasalari ta’tilga chiqdi. Koronavirus tarqalishining oldini olish maqsadida 16-martdan boshlab xorijiy davlatlar bilan barcha aviareyslar bekor qilinadi, avtotransport vositasida O‘zbekistonga kirish-chiqish to‘xtatiladi.

Bosh prokuratura matbuot xizmati karantin va cheklov tadbirlarini buzganlik va kasallik o‘chog‘iga borganlik hamda bemorlar bilan muloqotda bo‘lganlik haqidagi ma’lumotlarni yashirganlik uchun jinoiy javobgarlik mavjudligini eslatib o‘tdi.

O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining Sanitariyaga oid qonun hujjatlarini yoki epidemiyaga qarshi kurash qoidalarini buzish, ya’ni 257-1-moddasida qayd etilgan jinoyatni sodir etganlik uchun bazaviy hisoblash miqdorining ellik baravaridan yuz baravarigacha miqdorda jarima solish yoki besh yildan sakkiz yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosini qo‘llash nazarda tutilgan.

Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining Epidemiyalarga qarshi kurash qoidalarini buzish, ya’ni 54-moddasida qayd etilgan huquqbuzarlikni sodir etganlik holati bo‘yicha fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining uch baravaridan besh baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa o‘n baravaridan o‘n besh baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘lishi ko‘rsatilgan.

Eslatib o‘tamiz, 15-mart holatiga ko‘ra, dunyo bo‘yicha 156 mingdan ortiq koronavirus bilan kasallanish holati aniqlangan. Shu kungacha bemorlarning 5833 nafari vafot etgan, salkam 74 ming sog‘aygan. Bugungi kunda koronavirusning asosiy o‘choqlari Xitoy emas, balki Italiya, Eron, Janubiy Koreya, Ispaniya, Germaniya va Fransiya bo‘lib turibdi.
Категория: Har-Hil | Просмотров:582 | Добавил: moderator | Теги: yangilik | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]
Профил
Время:10:00
Добро Пожаловать, Mexmon
Поиск
Калькулятор
Календарь
«  Mart 2020  »
ПнВтСрЧтПтСбВс
      1
2345678
9101112131415
16171819202122
23242526272829
3031